16
uddaladingizmi? Ofarin. Endi katta doshqozon og’zidek aylana chizing. Bu ham juda
oson – shunday emasmi? Endi uchala aylanaga qarang – diqqat bilan qarang.
Sizning bilimlaringiz xuddi aylanadek cheksiz katta dunyoning bir bo’lagini
ajratib beradi. Bilimingiz qancha ko’p bo’lsa – qog’ozdagi aylanangiz shuncha katta
demak. Lekin siz o’z aylanangizni chizib, uning hoshiyalarini qalinlashtirib
mustahkamlab qo’ysangiz – aylanangiz o’sishdan to’xtaydi.
Anglab turganingizdek, aylana qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Biroq men
sizga bilim aylanangizni iloji boricha kattaroq chizishni emas – uni o’sishdan
to’xtatmaslikni taklif qilmoqchiman. Axir, tinimsiz o’sib borgan aylana bir kun kelib
futbol maydonidan ham kattaroq bo’lib ketishi mumkin…
Biz bilishimiz mumkin bo’lgan haqiqatlar cheksiz ko’p. Uning bir qisminigina
ajratib oladigan va shu bilan cheklanadigan odamlar – o’z manfaatlariga zid ish
qiladilar. Ular odatda “Men bilgan narsalarim – haqiqat. Undan boshqa narsalar –
safsata va men bu safsataga qiziqmayman” kabi tamoyilda yashaydilar.
Chinor navdasini gultuvakka ekib qo’ysangiz, uning ildizlari tuvak sopoliga
qadalishi bilan, u o’sishdan to’xtaydi va tez orada qurib qoladi. Vaholanki, uning o’sish
muhiti tuvak bilan cheklanmaganda – u ulkan va barhayot daraxt bo’lib yetishar edi.
Siz – ulug’likka atalgan bekam qalb egasisiz. Shunday ekan, shaxsiyatingiz
daraxtini o’sishdan tiyib turgan aql cheklovlaridan xalos bo’ling. Bunga erishish oson
emas. Ammo natija – barcha urinishlaringizni oqlaydi.
Aql qamalida qolgan shaxsiyat shahrini tashqaridan kelgan kuchlar ozod eta
olmaydi. Ya’ni men sizning shaxsiyatingizni cheklanishlardan xalos qila olmayman.
Men sizga buni qanday qilish mumkinligini aytolaman, xolos. Bunday qahramonlikka
zolim shohning gapiga ishonib yashayotgan shaharliklargina qodir. So’nggi qaror
qalbingizdan…
Olamshumul zarra
“Hayot – spektakl, odamlar esa – uning
aktyorlaridir”
(Uilliam Shekspir)
Endi kitob avvalida sizga bergan savolimni takrorlayman: siz kimsiz?
Biz bu dunyoda atigi bir zarracha ekanimizni tasdiqlovchilar haqiqat – faqat bu
zarrachaning qudrati haqidagi haqiqatni ular e’tiborsiz qoldirishgan.
Har bir odam, hayvon yoki o’simlik – bu dunyoda bor-yo’g’i bir zarra. Ammo ana
shu milliardlab zarralar xohishiga qarab dunyo o’zgarib boradi. Ana shu zarralarga
dunyoni o’zgartirish qudrati berilgan. Eng mayda viruslardan tortib, ummondagi ulkan
kitlargacha dunyo shakllanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Har bir jonzotning o’z ahdi bor. Har bir organizmning o’z maqsadi bor. Yegulik
topish, himoyalanish, nasl qoldirish va boshqa ko’plab maqsadlarni ko’zlab tabiat
farzandlari atrof-dunyoni o’zgartiradilar.
Biz o’simliklarni har qanday hissiyot va ichki kechinmalardan mahrum mavjudot
deb hisoblashga ko’nikkanmiz. To’g’ri-da – ular meva yoki don tugib bizni boqish,
poyalari chorvamizga yem bo’lishi, tanalari bizga issiqlik yoqilg’isi bo’lib xizmat qilish
17
uchun yaratilgan. Gulzordagi gullar, o’rmondagi daraxtlar, daladagi ekinlar, bog’dagi
mevalar – ular nimani ham his qilishi mumkin. Ularda qandaydir tuyg’ular bo’lishi
mumkinligi haqidagi gap juda kulgili eshitiladi.
Uni qarangki, o’simliklar ham qo’rquv, hayajon, sevinish kabi tuyg’ularni his etar
ekan. Ular hatto sevishga qodir desam nima deysiz? Ishonish qiyin-a? Ammo buning
ilmiy isbotlari bor.
Amerikalik olimlar oddiy tajribada o’simliklar haqida ko’p narsalarni kashf
etishdi. Ular makkajo’xori tanasiga juda kuchsiz elektromagnit to’lqinlarni o’lchaydigan
asbobni ulab qo’yishgan. Bir hafta davomida o’simlik o’sayotgan xonaga navbat bilan
ikki yordamchi kiritilgan. Biri o’simlik bilan juda muloyim munosabatda bo’lgan,
mayin mato bilan uning barglarini tozalab turgan, unga suv quygan va shirin gaplar
bilan erkalatgan. Ikkinchisi har safar xonaga qaychi ko’tarib kirgan, o’simlik barglarini
qirqigan, unga qo’pol munosabatda bo’lgan, yoqimsiz gaplar gapirgan.
Tajriba so’nggida olingan natijalar hammani hayratga solgan.
Jo’xori o’sayotgan xonaga mehribon yordamchi kirganda, o’simlik tanasi xotirjam
nurlanish taratgan. Qarovchi uni erkalatganda esa, o’simlik taratayotgan elektromagnit
to’lqinlar bir maromga kelgan va yana-da tekislashgan.
Ammo xonaga qaychi ko’targan tajribachi kirganda, o’simlik uni darhol tanigan,
uning tanasi notinch elektromagnit to’lqin chiqara boshlagan. Qarovchi uning yoniga
qaychi bilan yaqinlashganda esa, jo’xori qichqiriqqa o’xshash kuchli tebranish bilan
munosabat bildirgan.
Juda ajoyib-a? O’simliklarning ham eslab qolish, munosabat bildirish, hadiksirash
va qo’rqish qobiliyatlari bor ekan. Bunga boshqa ko’plab ilmiy dalillar keltirish
mumkin.
Asl bog’bon yosh navniholni o’z farzandidek parvarish qiladi. Hech bog’idagi
mevali daraxtlar bilan gaplashib yurgan bog’bonni ko’rganmisiz? Men ko’rganman.
Uning bog’idagi daraxtlar har yili bexato hosil beradi va mevalari shirasi bilan tilni
yoradi.
Musulmonchilikda hayvon so’yishda duo aytilishi bekorga emas. Usta qassoblar
hech qachon qurbonlikka atalgan hayvonga pichoqni ko’rsatmaydilar. Ular hayvonni
tinchlantirib, erkalab yupatib – keyin pichoq tortadilar. Islomda qiynab o’ldirilgan
hayvon go’shtini harom deyilishi bejiz emas. Bunda ajoyib xislat bor. Gap shundaki,
agar hayvon o’limidan oldin qo’rqsa, uning qoniga katta miqdorda adrenalin qo’shiladi.
Qassoblar hayvon bo’g’ziga pichoq tortib, uning tomirlaridan hamma qonni chiqarib
tashlaydilar. Ammo mayda qon tomchilari et hujayralari orasida qolib ketadi. Agar bu
qon tomchilari adrenalinga to’yingan bo’lsa, u go’shting sifatini buzadi va uni
iste’molga yaroqsiz qilib qo’yadi.
Odamzod onggi o’sgani sayin ona tabiatdan uzoqlashib, unga begonalashib
bormoqda. Axir, bugun qay birimiz atrofimizdagi boshqa jonzotlarning maqsadlari va
tuyg’ulari bilan qiziqamiz? Yaratgan har bir mavjudotni ruh bilan yaratgan – har bir
jonzot his qilish va o’z maqsadlariga intilish qobiliyati bilan bunyod bo’lgan.
Keyingi safar sevimli insoningiz uchun sovg’a tarzida yashnab turgan gulni
uzmoqchi bo’lib, unga yaqinlashganingizda – bechora o’simlik qanday dahshatli