14
Shu tariqa shahar aholisi qamal ostida ekaniga ishontirilibdi. Yillar o’tibdi hamki,
podshoh hiylasi bo’lgan “dushman” qamalni yechmabdi.
O’sib borayotgan shahar aholisiga turar joy va oziq-ovqat yetishmay qolibdi.
Ustiga-ustak, shaharda turli kasalliklar tarqay boshlabdi. Natijada aholi o’sishdan
to’xtabdi. Oziq-ovqat va yashash muhiti uchun raqobat kuchaygani sari, odamlar
vahshiylashib, tubanlashib boribdilar.
Atrof
dunyo
rivojlanishda
davom
etaveribdi.
Ammo
qamaldagi
shahar
buzg’unlikka duchor bo’libdi. O’ttiz yildan so’ng shahar aholisi ikki barobarga qisqarib
ketibdi. Yarim asrdan keyin esa shaharda zolim shoh va uning yaqin soqchilaridan
boshqa hech kim qolmabdi…
Ertakning oxiri ayanchli – uning yakunini o’ylab topishni sizga qoldiraman.
Ammo unda juda muhim saboq yashirin.
Kitobxon, men ochmoqchi bo’lgan navbatdagi sir sizga mutlaqo yoqmasligi
mumkin. Lekin ochiq qalb va ochiq fikrlilikni saqlay bilsangiz – men haq ekanimga
amin bo’lasiz.
Har birimizning dunyoyimizda ana shunday shahar mavjud. Bu – sizning
shaxsiyatingiz shahridir. Uni sizning aqlingiz qamal qilgan. Nega deb o’ylarsiz?
Xuddi ertakdagi zolim shoh kabi sizning shaxsiyatingiz ustidan to’liq hokimiyatga
erishish uchun. U sizning har bir qaroringiz va xatti-harakatingizni boshqarishga,
hayotingizni o’z xohishiga ko’ra qurishga intiladi.
Bilim – baxt kaliti. Ammo, afsuski, ko’pincha bilim – sizning shaxsiy
o’sishingizni to’xtatib qo’yadigan, ma’naviy yuksalishingizga qarshilik qiladigan “soxta
dushman”. U, albatta, sizning aqlingizga bo’ysunadi. Faqat u shu aql buyrug’iga ko’ra
dushman kiyimini kiyib olgan va sizning qalbingizni qamalda saqlaydi.
Ishonmaysizmi? Aynan sizning
xatti-harakatlaringiz bunga isbot. Siz biror
narsada xato qilsangiz, uni osongina tan olasizmi? Yo’q. Birov sizga to’g’ri maslahat
bersa-yu, u sizning aqlingiz intilgan narsalarga mos kelmasa – bu maslahatga quloq
solasizmi? Yo’q. Siz ko’pi bilan o’zingizni u odamning maslahatini olgandek qilib
ko’rsatasiz – ammo baribir o’z bilganingizdan qolmaysiz.
Bizning aqlimiz shu darajada ayyor va uddaburonki, u tamoman atrof-dunyoni
qanday ko’rishimizgacha ta’sir qiladi. Agar aqlingiz chiroyli kiyingan odam badavlat
bo’ladi deb qonun chiqargan bo’lsa, siz kiyinishi chiroyli bo’lgan odamni o’zingiz
bilmagan holda oliynasablar toifasiga qo’shaverasiz. Agar sizni, aytaylik, qora
ko’zoynak taqqan odam aldab, chuv tushirib ketgan bo’lsa, sizning aqlingiz qora
ko’zoynak taqqan boshqa har qanday odamga shubha bilan qarayveradi.
Bundan tashqari, har birimizda oila, maktab va jamiyat ta’sirida “yaxshi” va
“yomon” narsalar haqida tushuncha shakllanib qolgan. Aqlimiz bu tushunchalarni
qonun darajasiga ko’tarib, ular vositasida dunyoni boricha ko’rishimizga halal beradi.
Aytaylik,
bizga
yoshligimizdan
ichkilikbozlik
juda yomon ekanligi uqtirib
kelinadi. Natijada aqlimiz spirtli ichimlikni yomonlik belgisi deb qoida qilib qo’yadi.
Siz aroq do’koni oldida turgan odamni ko’rib qolsangiz, u haqida yaxshi xayolga
borishingiz qiyin. Agar u cho’ntagidan pul olib sanab qo’ysa – u g’irt aroqxo’r ekaniga
15
ishonasiz qo’yasiz. Vaholanki, u aroq do’koni oldida boshqa maqsadda turgan, pulni esa
kasal yotgan farzandiga dori olish uchun do’kon egasidan shoshilinchda olgan qarzini
to’lash uchun sanayotgan bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi kabi misollarni minglab keltirish mumkin. Xulosa esa aniq – dunyoni
aqlimiz o’rnatgan qoidalar asosida baholash, atrofingizda aslida kechayotgan
jarayonlarni ko’ra bilmaslik degani.
Ammo eng katta muammo bundamas hali.
Eng achinarlisi, aqlining gapiga ergashishda o’ta chuqurlashib ketgan odam
shaxsiy, ya’ni ma’naviy o’sishdan to’xtab qoladi. Buning eng yaqqol misoli – hamma
narsani bilishga da’vo qilgan odamdir. U o’z bilim va tushunchalariga shu qadar tobe
bo’lib qolganki, o’zgalar fikri va qadriyatlari uning uchun xato bo’lib ko’rinaveradi.
Albatta, siz bunday odam emassiz. Bu kitob unday odam qo’liga tushsa edi, u
ensasi qotib yoki masxaromuz kulib, kitobni yelkasidan oshirib tashlagan bo’lardi.
To’g’rida – u shundoq ham qanday yashash kerakligini biladi, bunda unga darslik kerak
emas.
Biroq har birimizda ana shunday o’zbilarmonlik illati ozmi-ko’pmi bor. Buni tan
olamizmi-yo’qmi, har birimiz o’zgalar fikrini har doim ikkinchi darajaga qo’yamiz.
Aqlingiz hozir “Nima unda boshqalarning fikriga qarab yashashim kerakmi?” deb
g’azablanayotganini sezib turibman. Unga qarshi men hech narsa demayman – chunki
aqlingiz har qanday gapimni inkor qilishda davom etaveradi.
Umuman, men sizning aqlingiz emas – qalbingiz bilan sirlashsam degandim.
Ammo, avval aytganimdek, aqlingiz qalbingizni yetti enli devor bilan o’rab, qamal qilib
olgan. Ko’nglingiz darvozalariga kalladek qulf osib, uning kalitini qaysar posbonga
topshirgan. Shu bois ko’nglingizga yo’l topish uchun men sizning aqlingiz bilan sulhga
bormasdan ilojim yo’q. Kalitdor posbonga aniq mantiqiy isbotlardan pora berib, uni
avrab darvozani ochib berishga ko’ndirishga urinib ko’raman. Agar aqlingiz toqatsizlik
qilib, meni quvib yubormasa – qalbim aytgan sirlar qalbingizga yetib borishiga
ishonaman.
Inson aqli u hayotida shu kungacha olgan bilimlardan foydalanib ish ko’radi.
Bolalikda bizning aqlimiz bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan bo’ladi. Shuning
uchun kattalarni turli-tuman savollar bilan qiynab qo’yamiz. Ba’zida kattalar yosh
bolaning savoliga javob bera olmay qoladi – bunda savolning javobi ular bilim doirasiga
kirmaydi.
Ulg’ayib borar ekanmiz, biz bilgan narsalar ko’payib boradi. Avval aytganimdek,
aqlimiz bilgan narsalarini qonun qilib o’rnatib qo’yadi. Borib-borib, bunday qonunlar
shu darajada ko’payib ketadiki, ular yangi bilimga intilish istagini yengib ketadi. Kishi
o’z hayotiy tajribasiga shubha qilmaydi va hayotni hozirgacha bilgan narsalari doirasida
tahlil qilib yashayveradi.
Ammo o’ylab ko’ring. Axir, dunyo – bu cheksiz haqiqatlar makoni.
Sathi futbol maydoniga teng oq qog’ozni tasavvur qiling. Mana siz uning ustida
yuribsiz. Qo’lingizda qalam. Qani, shu qalam bilan qog’ozga tangadek aylana chizing.
Bo’ldimi? Yaxshi. Endi uning yoniga koptokdek aylana chizing. Buni ham