8
haqiqatlar bois shaxsiy kelishmovchiliklardan tortib, urush va inqiloblargacha kelib
chiqadi.
Dunyo shunchalar mukammal yaratilganki, u har kim uni qanday ko’rmoqchi
bo’lsa – aynan unga shunday namoyon bo’ladi. Nima – ishonmaysizmi? Mana sizga
isbot.
Kvant fizikasi degan fizikaning eng yosh bo’limi bor. Unda olimlar atomning
elementar zarrachalari bo’lgan elektron, neytron va protonlarni yanada maydaroq
zarracha – kvantlarga parchalab o’rganishadi. Ana o’sha eng mayda zarrachalarni
o’rganishda fiziklar ajoyib holatda duch kelishgan.
Ishonish qiyin, ammo kvantlar kuzatuvchi fikriga qarab o’z xususiyatlarini
o’zgartirar ekan. Ya’ni, aytaylik, siz fizik olimsiz va siz kvantni maxsus superuskunalar
bilan kuzatmoqchisiz. Agar siz kvant o’zini mayda zarracha sifatida namoyon qiladi deb
o’ylasangiz – kvant sizga mayda zarracha sifatida namoyon bo’ladi. Agar siz kvant
sizga to’lqin sifatida ko’rinishini kutsangiz – xuddi o’sha kvant sizga to’lqin tarzida
ko’rinadi.
Xo’sh, hali ham shubhalanyapsizmi? Mayli, mana sizga navbatdagi isbot.
Fiziologlar, ya’ni odam tanasi tuzilishi va xususiyatlarini o’rganuvchi olimlar,
juda qiziqarli tajriba o’tkazishgan. Bir ayolni odam miyasidagi jarayonlarni kuzatib
turadigan uskunaga joylashtirib qo’yishgan.
Shundan so’ng olimlar ayolga “Hozir biz sizning barmog’ingizni muzdek suvga
solamiz” deb aytishgan. Biroq ular aslida ayol barmog’ini xona haroratidagi suvga
solishgan, faqat bunda ayolning qo’liga sovutilgan metall parchasini yaqinlashtirishgan.
Keyin, ular ayolga “Endi biz sizning barmog’ingizni qaynoq suvga solamiz” deyishgan.
Biroq ular tag’in ayol barmog’ini xona haroratidagi suvga solishgan – faqat bu safar
ayol qo’liga qizdirilgan temir yaqin keltirilgan.
Birinchi holatda ayol miyasida sovuqlikni sezib, unga reaksiya beradigan
hujayralar kengaygan – ya’ni ayol rostdan ham yaxdek suvni sezgan. Ikkinchi holatda
esa ayol barmog’i suvga tegishi bilan uni tortib olgan – ayol og’riqni sezgan va
barmog’ini kuydirib olganiga ishongan…
Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ammo bularning bari
nimadan dalolat berishini anglash – hammasidan ham qiziqarli.
Siz – bu siz ishongan haqiqatlar jamlanmasi. Siz o’zingizni kim deb bilsangiz –
tanangizni tashkil qilgan har bir kvant shunga monand harakat qiladi. Siz ishingizni
bilib
qilishingizga ishonsangiz
– demak, siz ishbilarmonsiz. Siz uncha-muncha
kasalliklarga qarshi tura olishingizga ishonasizmi – demak, siz sog’lom va tetiksiz. Siz
o’z immunitetingizga uncha ishonmaysizmi – demak, siz mudom bemorsiz. Siz
omadning ortidan quvasizmi – demak, siz shundoq ham omadli ekaningizga
ishonmaysiz, omadni tutib olishim kerak deb o’ylaysiz va omadsiz hayot kechiraverasiz.
Siz to’g’ri maslahatlar bera olishingizga ishonasizmi – demak, sizga quloq tutadiganlar
talaygina. Va hokazo, va hokazo.
Siz – bu siz o’zingiz haqingizda tasavvur qilgan shaxs. Faqat siz bu
tasavvuringizni shubha-yu ishonchsizlik bilan bulg’ab qo’yasiz. Siz uchun hayajonli
holat bo’lganda hayajonlanishga, xafa bo’lish kerak bo’lgan holatda xafa bo’lishga
9
programmalashtirilgansiz. Buni tan olasizmi yo’qmi – siz jamiyat va o’zingiz siz uchun
tuzib bergan dasturlar jamlanmasidan boshqa narsa emassiz.
Ammo bu holatni o’zgartirish mumkin. Buning uchun bir oz ochiq fikrlilik va
sabr talab etiladi. Sabr sizga avvaliga kerak bo’ladi – keyinchalik o’zingiz haqingizda
yangi kashfiyotlar qilishga shu darajada qiziqib ketasizki, sizda bunga ishtiyoq paydo
bo’ladi. Ishtiyoq bor joyda esa sabrga hojat yo’q.
Egizak dunyolar
Men sizga avvalgi bo’limda keltirganim – sizning shaxsiyatingizga berilgan
yuzaki ta’rif edi, xolos. Keling, endi chuqurroq kirib ko’ramiz.
Har bir shaxsiyat bir-birini to’ldirib turadigan ikki dunyodan iborat. Ularning
ikkisi ham tashqi ko’rinishdan sizga juda o’xshaydi – bu ma’noda ular egizak. Ammo
ularni astoydil o’rgansangiz – ular bir-biridan tubdan farq qilishiga amin bo’lasiz.
Qanaqa mujmal narsalar haqida gapiryapti deb hayron bo’lyapsizmi? Biroz sabr
qiling – men sizga bu ikki egizak dunyoning yaralish tarixini aytib beraman. Shunda
hammasi oydek ravshan bo’ladi.
Juda ko’pchiligimiz bolalikdan eshitib kelgan bir hikoya bor. Bu, albatta, Tangri
insonni yaratgani haqidagi rivoyat. Men sizga aynan shu hikoyatni eslatmoqchiman –
faqat e’tibor bering.
Xudo yer-u osmon, oy-u quyosh, o’simlig-u hayvonlarni yaratgach dunyo
mukammalligi uchun yana bir mavjudotni yaratmoqni niyat qilibdi (hamma ezgu
amallar tagida ezgu niyat turishi ana shundan boshlangan). U tuproqdan Odamning
jismini yaratibdi va unga jon ato etish uchun o’z nafasidan ruh ya’ni qalb kiritibdi.
Shunda Tangri farishtalarni huzuriga chorlab, “Barchangiz Odam qarshisida
ta’zim qilingiz!” deb buyuribdi. Barcha farishtalar Yaratganning cheksiz qudrati mevasi
– Odam qarshisida bosh egibdilar. Birgina Iblis o’z mag’rurligi bois bundan bosh
tortibdi. “Men olovdan (nurdan) yaralganman, bu esa qora tuproqdan binoga kelgan.
Men o’zimdan quyi mavjudotga bo’yin egmayman” – debdi Iblis. Shunda Tangri “Ey
Iblis, sen neniki bilgan bo’lsang men senga bildirgan narsalarnigina bilasan. Uqqan
bo’lsang – men senga uqish imkonini bergan narsalarnigina uqqansan. Shunday ekan,
mening cheksiz marhamatim oldida bosh eg!” – deb buyuribdi. Ammo Iblis qaysarlikni
qo’ymabdi. Bu o’zbilarmonligiga jazo tariqasida Tangri shaytonni Jannatdan yer yuziga
surgun qilibdi.
Odamzodni esa Jannatga hokim qilibdi. U Jannat bog’idagi hech bir mahluqotdan
qo’rqmas ekan – chunki Xudoning amri bilan barcha jonzotlar bir-birlariga mehribon va
g’arazsiz ekanlar. Unga Behishtning barcha ne’matlaridan bahramand bo’lish erkinligi
berilibdi – faqat birgina mevani tanavvul qilish man etilibdi.
Odamga hamrohlik va dilkashlik qilishi uchun Tangri Havoni yaratibdi. Ikkisi
Jannatda baxtli yashayotganini ko’ra olmagan Iblis ilon qiyofasida Jannatga kirib,
Odam va Havoga yaqinlashibdi. “Sizga bu mevaga tegish nega man etilganini
bilasizmi?” – debdi u, - “Agar siz bu mevadan yeb ko’rsangiz, siz Xudo bilgan
narsalarni bilib olasiz, unikichalik qudratga ega bo’lasiz. Xudo buni istamaydi, shuning
uchun u sizlarga bu mevani man etgan. Ishonmaysizmi? Undan bir dona yeb ko’ring”.