So’z uslublari va undan foydalanish Reja: So‘zlashuv uslubi va undan foydalanish


Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari



Yüklə 98,96 Kb.
səhifə6/18
tarix13.12.2023
ölçüsü98,96 Kb.
#149126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-14

2. Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko’ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog’lanishlarning hosil bo’lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo’lganida harakatlarni yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.
Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida og’irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo’’tadilgacha, mashqlar va yondashuvlar o’rtasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.
Oxirgi kuchlanish bolalarning asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo’yadi. SHuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada ko’pi bilan 1-2 marta qo’llash lozim.
Takroriy kuchlanish uslubi taxminan to’rt va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.
Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin.
Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o’rtasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarbag’daq ga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.
Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o’sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham – 40-60 s.
Yolg’iz harakat, masalan, 5 marta sakrash yoki 5 marta cho’nqayib o’tirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab bo’lmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti ro’yxatga olinadi. So’ngra esa yolg’iz harakatlarning bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo’lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning yashirin vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy reaksiya oldindan ma’lum bo’lgan (to’satdan paydo bo’ladigan) signalga ilgaridan ma’lum bo’lgan harakat bilan javob berishdir. Bunda yugurishdagi start olish, suzishda to’pponchadan otib start berish va boshqalar misol bo’la oladi. Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir.
Murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning namoyon bo’lishi vaqtida o’quvchi ta’sir qiluvchiga qanday javob berishni bilmaydi – murakkab vazifaning oldida turib qoladi. Masalan: gandbolchi darvozaga hujum qilayotib, koptokni o’ng va chap, yuqori va quyi burchagiga tashlashi mumkin. Darvozabon koptok qaysi burchakka, qanday tezlik bilan va qaysi masofadan tashlanishini aniqlashi kerak; bularni hammasini hisobga olgan holda u harakatning optimal rejasini tanlaydi.
Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning yuqori darajasi sport o’yinlarida va yakkama-yakka kurashlarda yuqori natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir.
Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha uslublardan foydalaniladi. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’satdan paydo bo’ladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning o’zgarishiga javoban mumkin qadar tezroq reaksiya ko’rsatish uslubidir. Misollar: yugurishda past start olishni qayta bajarish, o’qituvchining signaliga binoan harakat yo’nalishini o’zgartirish, boksda raqibining avvaldan ma’lum bo’lgan hujum zarbiga javoban himoyalanish va hokazo. Bu uslub yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko’rsatadi.
Qisqa muddatli harakatlarni yuqori darajada bajarish layoqatini (berilgan vaqtda kim ko’p takrorlaydi) tarbiyalashning samarali vositalari o’qituvchining ovozli signallari (qarsaklar, xushtaklar va boshqalar) bilan, ritmik musiqa ostida bajariladigan umumrivojlantiruvchi va ixtisoslashtirilgan mashqlardir.
5-10-15 sekund (bosh ustida qo’llar bilan qarsak chalish, qo’llarni aylantirish, joyida yugurish vaqtida qadamlar soni, topshirilgan balandlikka joyidan sakrash, arg’amchi bilan sakrashlar, cho’nqayib o’tirib-turish, navbat bilan yoki bir vaqtning o’zida, qadoq toshlar, gantellar ko’tarish) davomida harakatlarni bajarish mumkin;

Harakat tarbiyasini amalga oshirishda maxsus mashqlardan foydalaniladi, unda o’quvchilar signalga imkon boricha tezroq javob berishga intiladilar. Bunday mashqlarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin:


Yüklə 98,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə