Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Tovar-moddiy zaxiralar”

ga muvofiq, 

tovarlar, ishlab chiqarish zaxiralari, xom-ashyolar, tugallanmagan ishlab chiqarish va 

tayyor mahsulotlar kabi tasniflarga ajratiladi; 

(g) 

zaxiralar (rezervlar) xodimlarga haq to’lash bo’yicha zaxiralar va boshqa 



moddalarga ajratiladi; va   

(d) 


aktsiyadorlik  kapitali  va  zaxiralar  (rezervlar)  to’langan  kapital, 

qo’shilgan kapital va zaxiralar kabi har xil turkumlarga ajratiladi. 

Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki kapitaldagi 

o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni oshkor etishi lozim: 

(a) 

aktsiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo’yicha: 



-  chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori; 

-  chiqarilgan  va  to’liq  to’langan  aktsiyalar  soni  hamda  chiqarilgan  ammo 

to’liq to’lanmagan aktsiyalar soni; 

-  har  bir  aktsiyaning  nominal  qiymati,  yoki  aktsiyalar  nominal  qiymatga  ega 

emasligi; 

-  muomaladagi aktsiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi; 

-  ushbu  turkumga  biriktiriladigan  huquqlar,  imtiyozlar  va  cheklovlar, 

jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarish bo’yicha cheklovlar,   

-  xo’jalik  sub’ekti  yoki  uning  shu’ba  yoki  qaram  xo’jalik  jamiyatlari  egalik 

qilayotgan xo’jalik sub’ektidagi hissalari; va 

-  optsionlar  va  aktsiyalarni  sotish  shartnomalari  bo’yicha  chiqarish  uchun 

saqlanayotgan aktsiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari; va 

(b) 

kapitaldagi har bir zahira xususiyati va maqsadining tavsifi. 



Aktsiyadorlik kapitaliga ega bo’lmagan xo’jalik sub’ekti, masalan shirkat yoki 

trast,  talab  etilgan  ekvivalent  bo’lgan  ma’lumotlarni  oshkor  etishi  lozim,  bunda 

aktsiyadorlik  ulushining  har  bir  toifasidagi  davr  mobaynidagi  o’zgarishlarni  va 

aktsiyadorlik  ulushining  har  bir  toifasiga  biriktiriladigan  huquqlar,  imtiyozlar  va 

cheklovlarni aks ettirgan holda.   

Agarda xo’jalik sub’ekti: 

(a) 

ulushli  instrument  sifatida  tasniflangan  qayta  sotiladigan  moliyaviy 



instrumentni, yoki 


 

 

35 



 

(b) 


faqat  likvidatsiya  jarayonida  xo’jalik  sub’ektiga  uning  sof  aktivlaridagi 

proportsional  ulushni  boshqa  tomonga  yetkazib  berish  majburiyatini  yuklaydigan  va 

ulushli  instrument  sifatida  tasniflanadigan  instrumentnimoliyaviy  majburiyatlardan 

kapitalga  yoki    kapitaldan  moliyaviy  majburiyatlarga  qayta  tasniflaganida,  u  bir 

toifadan  boshqa  toifaga  qayta  tasniflangan  summani  (moliyaviy  majburiyatlardan 

kapitalga  yoki  kapitaldan  moliyaviy  majburiyatlarga)  hamda  ushbu  qayta 

tasniflashning vaqtini va sababini oshkor etishi lozim. 

Foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlar  to’g’risidagi  hisobot 

(umumlashgan  daromadlar  to’g’risidagi  hisobot),  foyda  yoki  zarar  va  boshqa 

umumlashgan  daromadlar  boblariga  qo’shimcha  tarzda,  quyidagilarni  taqdim  etishi 

lozim: 

(a) 


foyda yoki zarar; 

(b) 


jami boshqa umumlashgan daromadlar; 

(v) 


jami  foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlarni  qamrab 

olgan holda, davr uchun umumlashgan daromadlar. 

Agar  xo’jalik  sub’ekti  alohida  foyda  yoki  zarar  to’g’risidagi  hisobotni  taqdim 

etsa,  u  umumlashgan  daromadlarni  aks  ettiradigan  hisobotda  foyda  yoki  zarar 

bo’limini taqdim etmaydi. 

Xo’jalik  sub’ekti,  foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlar 

BOBlariga  qo’shimcha  tarzda,  davr  foydasi  yoki  zarari  va  boshqa  umumlashgan 

daromadlarining taqsimlanishi sifatida quyidagi moddalarni oshkor etishi lozim: 

(a)  quyidagilarga tegishli bo’lgan davr foydasi yoki zarari: 

nazorat huquqini bermaydigan ulushlar, va 



bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari. 

(b)  davr uchun quyidagilarga tegishli bo’lgan umumlashgan daromadlar: 

nazorat huquqini bermaydigan ulushlar; 



bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalari. 

Agarda xo’jalik sub’ekti foyda yoki zararni alohida hisobotda taqdim etsa, u (a) 

ni ushbu hisobotda taqdim etishi lozim. 

Boshqa  MHXSlarda  talab  etilgan  moddalarga  qo’shimcha  tarzda,  foyda  yoki 

zarar  bo’limi  yoki  foyda  yoki  zarar  to’g’risidagi  hisobot  davr  uchun  quyidagi 

summalarni  aks  ettiradigan,  satrlarda  ko’rsatiladigan  moddalarini  o’z  ichiga  olishi 

lozim: 


(a) 

asosiy faoliyatdan olinadigan daromad; 

(b) 

amortizatsiyalangan  qiymat  bo’yicha  hisobga  olinadigan  moliyaviy 



aktivlarni tan olishni to’xtatishdan yuzaga keladigan foyda va zararlar; 

(v) 


moliyaviy xarajatlar; 

(g) 


ulushli  ishtirok  usuli  bo’yicha  hisobga  olingan  qaram  xo’jalik 

jamiyatlarining va qo’shma korxonalarining foyda yoki zararidagi ulushi; 

(d) 

agar  moliyaviy  aktiv  qayta  tasniflanib,  haqqoniy  qiymat  bo’yicha 



hisobga  olinadigan  bo’lsa,  oldingi  balans  qiymati  bilan  uning  qayta  tasniflash 

sanasidagi  haqqoniy  qiymati  o’rtasidagi  farqdan  yuzaga  keladigan  har  qanday  foyda 

yoki zarar (MHXS 9 da ta’riflanganidek); 

(e) 


soliq xarajati; 


 

 

36 



 

(j) 


jami  tugatilgan  faoliyatlar  bo’yicha  yagona  summa  (MHXS  5  ga 

qarang). 

Boshqa  umumlashgan  daromadlar  bo’limi  davr  uchun  boshqa  umumlashgan 

daromadlarning  satrlarda  ko’rsatiladigan  moddlarini  taqdim  etishi  lozim,  bunda  ular 

xususiyati  bo’yicha  tasniflangan  (jumladan,  ulushli  ishtirok  etish  usuli  bo’yicha 

hisobga  olingan  qaram  xo’jalik  jamiyatlarining  va  qo’shma  korxonalarning  boshqa 

umumlashgan  daromadlaridagi  ulushi)  va  shunday  guruhlarga  guruhlangan  bo’lishi 

kerakki, ular boshqa MHXSlarga muvofiq:           

(a) 

keyinchalik foyda yoki zararg sifatida qayta tasniflanmaydi; va 



(b) 

muayyan  shartlar  bajarilgandan  keyin  foyda  yoki  zarar  sifatida  qayta 

tasniflanadi.  

Xo’jalik  sub’ekti  foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlarni  aks 

ettiradigan  hisobot(lar)da  qo’shimcha  satrlarda  ko’rsatiladigan  moddalarini, 

sarlavhalarni  va  jamilarni  taqdim  etishi  lozim,  qachonki  bunday  taqdimot  xo’jalik 

sub’ektining moliyaviy natijalarini tushunishda o’rinli bo’lsa. 

Xo’jalik  sub’ekti  foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlarni  aks 

ettiradigan  hisobot(lar)da  yoki  izohlarda  daromad  yoki  xarajatning  har  qanday 

moddalarini favqulodda moddalar sifatida aks ettirmasligi lozim.     

MHXS boshqa hollarda talab etilmaguncha yoki ruxsat berilmaguncha, xo’jalik 

sub’ekti  davr  uchun  daromad  va  xarajatning  barcha  moddalarini  foyda  yoki  zararda 

tan olishi lozim.     

Xo’jalik  sub’ekti  boshqa  umumlashgan  daromadlarning  har  bir  moddasiga 

tegishli daromad solig’i  miqdorini, jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini, 

foyda  yoki  zarar  va  boshqa  umumlashgan  daromadlar  to’g’risidagi  hisobotda  yoki 

izohlarda oshkor etishi lozim.   

Xo’jalik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadlarning moddalarini: 

(a) 

tegishli soliq ta’sirlarini chegirgan holda, yoki  



(b) 

ushbu moddalarning ularga tegishli daromad solig’i solinguncha bo’lgan 

qiymatini  alohida  va  umumiy  daromad  solig’ining  yagona  summasini  alohida 

ko’rsatgan holda  taqdim etishi mumkin. 

Agar  xo’jalik  sub’ekti  (b)  muqobilini  tanlasa,  u  soliq  summasini  foyda  yoki 

zarar  bo’limiga  keyinchalik  qayta  tasniflanishi  mumkin  bo’lgan  moddalar  va  foyda 

yoki  zarar  bo’limiga  keyinchalik  qayta  tasniflanmaydigan  moddalar  o’rtasida 

taqsimlashi lozim. 

Xo’jalik  sub’ekti  boshqa  umumlashgan  daromadlarning  tarkibiy  qismlariga 

tegishli bo’lgan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarni oshkor etishi lozim. 

Daromad  yoki  xarajat  moddalari  ahamiyatli  bo’lsa,  xo’jalik  sub’ekti  ularning 

xususiyatini va summasini alohida oshkor etishi lozim.  

Daromad  va  xarajat  moddalarining  alohida  oshkor  etilishini  talab  etishi 

mumkin bo’lgan holatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

(a) 

tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatigacha  yoki asosiy  vositalarni 



qoplanadigan  summasigacha  kamaytirish  hamda  bunday  kamaytirishlarning  qayta 

tiklanishi holati; 

(b) 

xo’jalik  sub’ekti  faoliyati  restrukturizatsiyasi  va  restrukturizatsiya  x 




 

 

37 



 

xarajatlari bo’yicha qilingan har qanday zaxiralarning tiklanishi; 

(v) 

asosiy vositalar moddalarining hisobdan chiqarilishi; 



(g) 

investitsiyalarning hisobdan chiqarilishi; 

(d) 

tugallangan faoliyatlar; 



(e) 

sud jarayonidagi hisob-kitoblar; va 

(j) qilingan zaxiralarning boshqa  qayta tiklanishi. 

Xo’jalik  sub’ekti  foyda  yoki  zararda  tan  olingan  xarajatlar  tahlilini  ularning 

xususiyatiga  yoki  xo’jalik  sub’ektidagi  vazifasidan  kelib  chiqqan  tasniflashdan 

foydalangan  holda,  bunda  qaysi  biri  ishonchli  va  o’rinliroq  ma’lumotlarni 

ta’minlashiga qarab, taqdim etishi lozim. 

Xarajatlar,  moliyaviy  natijalarning  tarkibiy  qismlarini  ajratib  ko’rsatish 

maqsadida,  tez-tez  takrorlanishi,  foyda  yoki  zarar  keltirish  potentsiali  va  ularni 

oldindan  bilish  mumkinligiga  qarab  farqlanishi  mumkin  bo’lgan  ikkilamchi 

turkumlarga tasniflanadi. Bunday tahlil ikkita shakldan birida ta’minlanadi. 

Tahlilning birinchi shakli «xarajatning xususiyati» bo’yicha tasniflash usulidir. 

Xo’jalik  sub’ekti  xarajatlarni  foyda  yoki  zararda  ularning  xususiyatiga  (masalan, 

eskirish,  xom-ashyolar  xaridi,  transport  xarajatlari,  xodimlarga  haq  to’lash  va 

reklama  xarajatlari)  qarab  birlashtiradi  va  ularni  xo’jalik  sub’ektidagi  funktsiyalar 

bo’yicha  qayta  taqsimlamaydi.  Ushbu  usul  qo’llash  uchun  oddiy  bo’lishi  mumkin, 

chunki  xarajatlarni  funktsional  turkumlarga    taqsimlash  zaruriyati  yo’q.  Xarajatning 

xususiyati  bo’yicha  tasniflash  usulini  qo’llagan  holda  tasniflashga  misol  quyida 

keltirilgan: 

 

Tahlilning  ikkinchi  shakli  «xarajatning  funktsiyasi»  yoki  «sotish  tannarxi» 



usuli  bo’lib,  u  xarajatlarni  sotish  tannarxining  tarkibiy  qismi  sifatida  ularning 

vazifasiga  qarab  tasniflaydi,  masalan,  sotish  yoki  ma’muriy  xarajatlari.  Xo’jalik 

sub’ekti ushbu usulda kamida o’zining sotish tannarxini boshqa xarajatlardan alohida 

oshkor  etadi.  Ushbu  usul  foydalanuvchilarga  xarajatlarning  xususiyati  bo’yicha 

tasniflanishiga  nisbatan  o’rinliroq  ma’lumotlarni  ta’minlashi  mumkin,  ammo 

xarajatlarni  vazifalarga  qarab  taqsimlash  ixtiyoriy  taqsimlashlarni  va  ancha  hukm 

chiqarishni  talab  etishi  mumkin.  Xarajatning  funktsiyasi  bo’yicha  tasniflash  usulini 

qo’llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan: 

 

 

Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar 



 

Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar 



 

Boshqa daromadlar 



 

Tayyor  mahsulotlar  zaxiralaridagi  va  tugallanmagan 



ishlab chiqarishdagi o’zgarishlar 

 



Foydalanilgan xom-ashyolar va materiallar 

 



Xodimlarga haq to’lash xarajatlari 

 



Eskirish va amortizatsiya xarajatlari 

 



Boshqa xarajatlar 

 



Jami xarajatlar 

 

(X) 



Soliqqacha bo’lgan foyda 

 




 

 

38 



 

 

Sotish tannarxi  



(X) 

 

 



Yalpi foyda 

 



 

Boshqa daromadlar 

 

 



Sotish xarajatlari 

(X) 


 

 

Ma’muriy xarajatlar 



(X) 

 

 



Boshqa xarajatlar  

(X) 


 

 

Soliqqacha bo’lgan foyda 



 

 



Xarajatlarni funktsiyasi bo’yicha tasniflaydigan xo’jalik sub’ekti xarajatlarning 

xususiyati,  jumladan  eskirish  va  amortizatsiya  xarajatlari  va  xodimlarga  haq  to’lash 

xarajatlari, bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etishi lozim. 

Kapitaldagi  o’zgarishlar  to’g’risidagi  hisobot  quyidagi  ma’lumotlarni  o’z 

ichiga oladi: 

(a) 


davr  uchun  jami  umumlashgan  daromad,  bunda  uning  bosh  xo’jalik 

sub’ekti  egalariga  va  nazorat  huquqini  bermaydigan  ulushlar  egalariga  tegishli  jami 

miqdorlarni alohida ko’rsatgan holda; 

(b) 


kapitalning  har  bir  qismi  uchun,  MHXS  8  ga  muvofiq  tan  olingan 

retrospektiv qo’llashning yoki retrospektiv qayta hisoblashningta’sirlari; va 

(v) 

kapitalning  har  bir  qismi  uchun,  davr  boshidagi  va  oxiridagi  balans 



qiymati 

o’rtasidagi  solishtirma,  bunda  quyidagilardan  yuzaga  keladigan 

o’zgarishlarni alohida oshkor etgan holda: 

foyda yoki zarar; 



boshqa umumlashgan daromadlar; va 

mulk  egalari  bilan  ularning  mulk  egalari  sifatida  amal  qilishidagi 



operatsiyalar,  bunda  mulk  egalari  tomonidan  qilingan  qo’yilmalarni  va  ularga 

taqsimlanga  summalarni  hamda  nazoratni  yo’qotishga  olib  kelmaydigan  sho’’ba 

xo’jalik jamiyatlaridagi egalik ulushidagi o’zgarishlarni alohida ko’rsatgan holda. 

Kapitalning  har  bir  qismi  bo’yicha  xo’jalik  sub’ekti  yoki  kapitaldagi 

o’zgarishlar  to’g’risidagi  hisobotda  yoki  izohlarda,  boshqa  umumlashgan 

daromadlarni moddama-modda tahlilini taqdim etishi lozim. 

Xo’jalik  sub’ekti  yoki  kapitaldagi  o’zgarishlar  to’g’risidagi  hisobotda  yoki 

izohlarda, davr mobaynida mulk egalariga taqsimotlar sifatida tan olingan dividendlar 

summasini  va  bitta  aktsiyaga  to’g’ri  keladigan  dividendlar  summasini  taqdim  etishi 

lozim. 


Pul 

oqimlari 

to’g’risidagi 

ma’lumotlar, 

moliyaviy 

hisobotlardan 

foydalanuvchilar  xo’jalik  sub’ektining  pul  mablag’lari  va  ularning  ekvivalentlarini 

hosil  qilish  qobiliyatini  hamda  xo’jalik  sub’ektining  ushbu  pul  oqimlaridan 

foydalanish  ehtiyojini  baholashi  uchun  asos  yaratadilar.  BHXS  7  pul  oqimlari 

to’g’risidagi ma’lumotlarini taqdim etish va oshkor etish uchun talablarni belgilaydi.     

Foydalanuvchilar  moliyaviy  hisobotlarni  tushunishi  va  ularni  boshqa  xo’jalik 

sub’ektlarining  moliyaviy  hisobotlari  bilan  taqqoslashi  oson  bo’lishi  uchun,  xo’jalik 

sub’ekti odatda izohlarni quyidagi tartibda taqdim etadi: 

(a) 


MHXSlarga muvofiqliq to’g’risida birdirish; 

(b) 


qo’llanilgan muhim hisob siyosatlarining qisqa bayoni; 


 

 

39 



 

(v) 


moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotlarda,  foyda  yoki  zarar  va  boshqa 

umumlashgan  daromadlar  to’g’risidagi  hisobot(lar)da,  kapitaldagi  o’zgarishlar 

to’g’risidagi  hisobotlarda  va  pul  oqimlari  to’g’risidagi  hisobotlarda  taqdim  etilgan 

moddalar bo’yicha  yordamchi  ma’lumotlar, bunda  ularning tartibi  har bir  hisobot  va 

har bir modda taqdim etiladigan tartibda bo’ladi; va 

(g) 


boshqa oshkor etiladigan ma’lumotlar, jumladan: 

shartli  majburiyatlar (MHXS 37 ga qarang) va tan olinmagan shartnoma 



majburiyatlari, va 

nomoliyaviy  oshkor  etishlar,  masalan  xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy 



xatarni boshqarish maqsadlari va siyosatlar (MHXS 7 ga qarang). 

Xo’jalik  sub’ekti  muhim  hisob  siyosatlarining  qisqa  bayonida  quyidagilarni 

oshkor etishi lozim: 

(a) 


moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan baholash asoslari va 

(b) 


moliyaviy  hisobotlarni  tushunishda  o’rinli  bo’lgan  qo’llanilgan  boshqa 

hisob siyosatlari. 

Xo’jalik sub’ekti izohlarda quyidagilarni oshkor etishi lozim: 

(a) 


moliyaviy  hisobotlarni  chop  etishga  ruxsat  etilishidan  oldin  taklif 

qilingan  yoki  e’lon  qilingan,  ammo  davr  davomida  mulk  egalariga  taqsimot  sifatida 

tan  olinmagan  dividendlar  summasi  hamda  bunday  dividendlarning  bitta  aktsiyaga 

to’g’ri keladigan summasi; va 

(b) 

tan olinmagan har qanday kumulyativ imtiyozli dividendlar summasi. 



Xo’jalik  sub’ekti  quyidagilarni  oshkor  etishi  lozim,  agarda  moliyaviy 

hisobotlar bilan chop etilgan biror ma’lumotlarda oshkor etilmagan bo’lsa: 

(a) 

xo’jalik  sub’ektining  doimiy  yuridik  adresi  va  uning  yuridik  shakli, 



uning  tashkil  etilgan  mamlakati,  uning  ro’yxatdan  o’tgan  ofisning  manzili  (yoki 

biznesning asosiy joyi, agarda ro’yxatdan o’tgan ofisining adresidan farq qilsa); 

(b) 

xo’jalik sub’ekti operatsiyalari va asosiy faoliyati xususiyatining tavsifi; 



(v) 

guruhning  bosh  xo’jalik  sub’ekti  va  yakuniy  bosh  xo’jalik  sub’ektining 

nomi; va 

(g) 


agar  xo’jalik  sub’ektining  faoliyati  muddati  cheklangan  bo’lsa,  uning 

faoliyatining muddati to’g’risidagi ma’lumotlar. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə