Standartlashtirish asoslari


O‘zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

1.2. O‘zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari

Markaziy Osiyo mamlakatlarining, xususan O‘zbekistonda standartlashtirishning boshlanishi haqida aniq bir raqamli vaqt va makonni keltirish avvalgi bo‘limning ba’zi bir holatlariga takror bo‘lishi tabiiy. Alloma donishmandlarimizning tarixiy asarlariga nazar solsangiz bunga hech shubha qolmaydi. Qadimdan Yeron va Turon Zaminida ishlab chiqarish munosabatlari, jarayonlari savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnik ishlari o‘zaro yaqin va chambarchas holatda olib borilgan. Shu munosabat bilan Eron mutaffakkiri Kaykovusning XI asrda yozilgan «Qobusnoma» asaridan bir parcha eslash kifoya: «Xozirgi men yashayotgan zamonda inson qo‘l urgan har qanday ish bo‘lmasin ularni tartibsiz qoldirib bo‘lmas, har narsada tartibni anglash zarur». Har qanday sohada merosni (anana, odat, tarbiya) tartibli (standart) holatda qoldirilishini aniq tasdiqlagan Kaykovus vaqti kelganda ko‘p ishga ulgurishni nazarda tutgan edi. Asarda sanat, haykaltaroshlik, musiqa va boshqa sohalarda inson faoliyati xulq atvoriga qo‘yilgan talablar shu kunlarda ham o‘z ifoda va mazmuniga ega. Qadimgi allomalarimiz asarlaridagi va ota-bobolarimizning « …etti o‘lchab, bir kes, ...o‘ylamasdan so‘zlama» kabi hikmatli o‘gitlari standartlashtirtish jarayonlarining elementlaridir.


Standartlashtirish elementlari Turon zaminidagi mamlakatlar, xususan O‘zbekiston mintaqasida bunyod etilgan noyob arxitektura boyliklarida, standart g‘ishtlarni rango-rang bezaklar bilan uyg‘unlashgan o‘lchovlarda qo‘llanilishi insonni mahliyo qiladigan: Go‘ri amir, Bibixonim, Paxlavon Mahmud, Xiva tashqi va ichki qalalari, Ulug‘bek madrasasi, Kalon minorasi, Ko‘kaldosh madrasasi va boshqalarda mujassamlashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va O‘zbekistonda qadimdan: qadoq (400 g atrofida), chaksa (6 kg), pud (16 kg), botmon (160 kg) kabi massa birliklari; enlik (panja eni, 2 sm atrofida) so‘yam (bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq o‘lchovi – 18 sm atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o‘lchovi-23 sm), qadam (ikki oyoqni yurishdagi o‘rtacha oralig‘i-0,75 m atrofida), quloch (ikki qo‘lning elka sathida cho‘zilishdagi uzunlik-1,5 m atrofida), bir tosh (taxminan 0,75 km), bir chaqirim (taxminan 3 tosh) kabi uzunlik birliklari; tanob (100 m kv atrofida) sirt birliklari standart birliklar sifatida keng qo‘llanilib kelingan. Kirpich so‘zining-qirbich, kolbasaning – qo‘lbos, utyug (dazmol)ning – o‘t yuk kabi protiplarining turkiy tilda mavjudligi, algebraning al-jabr, medisinaning – madadi sino kabi tushunchalar bilan uyg‘unligi ham Markaziy Osiyo mamlakatlarida Standartlashtirish ob’ekt va jarayonlari tarixining yetarlicha chuqur va mazmunliligidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda standartlashtirishning rasmiy bosqichi 1923 yil Toshkent shahrida «O‘lchov va tarozilar mahkamasi Turkiston markazi tashkil» etilishdan boshlandi. Bu markazning Qo‘qon, Samarkand, Ashxobod, Olma-Ota shaharlarida shahobchalari tuzildi.
1926-yilda O‘zbekiston ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissariati huzurida standartlashtirish mahkamasi bunyod etildi. U davrlarda standart uch xil turda tasdiqlanar edi: sinaladigan, tavsiya etiladigan, majburiy qo‘llanadigan.
O‘zbekistonda standartlashtirish ishlari Markazqo‘m tasdiqlagan, sohalar tahliliga ko‘ra tuzilgan yillik rejalar asosida olib borilar edi.
1932- yil mart oyida “O‘zbekiston mintaqalarini 2 xil vaqt kamariga o‘tkazish to‘g‘risida” Sovnarkom qarori qabul qilindi: 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga + 2 soat) va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat).

O‘zbekistonda standartlashtirishning zamonaviy bosqichi 1973 yili O‘zbekiston Respublikasi davlat Standart boshqarmasi (O‘zdavstandart) tashkil etilganidan boshlanadi.


O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, ya’ni 1992 yil mart oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning “O‘zbekiston respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida” gi 93-qarori qabul qilingandan buyon, standartlashtirishning yangi davri boshlandi.
1993-1998 va 2000-2003 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirishni jadallashtirish borasida bir qator o‘ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora-tadbirlar belgilandi. 2002 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 342-qaroriga binoan “O‘zdavstandart” – “O‘zstandart” agentligi nomi bilan yangicha bosqichda faoliyat olib bormoqda. Standartlashtirishni rivojlantirishning xalqaro standartlashtirish jarayoni bilan uyg‘unlashgan asosiy yo‘nalishlari belgilanib, sohalar standartlari, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va kuzatib borish bo‘yicha idora va tashkilotlar belgilandi.


Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə