Standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishning rivojlanish sabab va omillari



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə3/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

1.3. Standartlashtirishning rivojlanish sabab va omillari

XX asrdagi umumtexnikaviy rivojlanish, shu jumladan qurollanish poygalari standartlashtirishni rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan.


Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya Avstriya, Vengriya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar tuzilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ya’ni, 1946 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tuzilishiga asos solindi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqqiyotida jiddiy yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga e’tiborni kuchaytirdi. Bu mamlakatlarning ba’zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‘ldi.
Standartlashtirish qo‘mitasi barpo bo‘lgan mamlakatlar orasida Angliya birinchi bo‘ldi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini, ashyo-mahsulot, harbiy texnika va boshqa buyumlarga standartlar ishlab chiqish va uni joriy etish hisobiga amalga oshirishni ko‘zlashdan iborat edi.
O‘tgan asrning oxirlariga kelib standartlashtirish bo‘yicha AQSh, Yaponiya va Yevropa mamlakatlari yetakchilikka erishdilar. Bu mamlakatlarda iqtisod jadal rivojlanib bordi va ular jahon bozorida mustahkam o‘rnishib oldilar.
Shu tariqa jahon bozorida XXII asrning boshlariga kelib AQSh, Yaponiya va Yevropa mamlakatlari mahsulotlari erkin savdoda hukmronlik qila boshladi. Hozirgi kunda bularga buyuk Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya va Turkiya kabi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar ham qo‘shilib bormoqdalar.
Standartlashtirishning mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishi ularning xalqaro bozorda gegemonligini kuchaytirishga olib keldi. Hatto shu darajaga keldiki, sifatli mahsulot yaratgan ammo standartlashtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lmagan mamlakatlar jahon bozoriga erkin yo‘l topa olmay qoldilar.


Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə