Standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishning asosiy tamoyillari



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə6/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

2.3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari

Standartlashtirishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritiladi:


– me’yoriy hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muofiqligi;
– ob’ektlarga quyiladigan talablarni kelishib olish va me’yoriy hujjatlarni amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo‘li bilan metrologik ta’minlashni qo‘shib hisoblab o‘zarobog‘langan ob’ektlarni standartlashtirishning kompleksligi;
– me’yoriy hujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg‘or tajribaga, qonun hujjatlariga muofiqligini ta’minlash;
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me’yoriy hujjatlarni o‘zaro bog‘liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog‘onalarida ularni o‘xshash ob’ektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi;
– amaldagi me’yoriy hujjatlar, standartlashtirish bo‘yicha dasturlar va ish rejalari to‘g‘risidagi axborotlarni oshkoraliligi;
– ko‘pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash;
– me’yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi;
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni qo‘llash va hakozo.
Standartlashtirishning umumiy tamoyillari deb quyidagilarni ham keltirish mumkin:
1) Tomonlar qiziqishini balanslashtirish. Standartlashtirish barcha qiziquvchi tomonlar ya’ni mahsulotni iste’molga tayyorlovchilar, ishlab chiquvchilarning o‘zaro intilishiga va fikrlariga, har bir tomon uchun mahsulotni ko‘p qirrali boshqarish bo‘yicha uning sifati, iqtisodiy ko‘rsatkichi, qo‘llanuvchanligi, o‘rin bosishi va o‘zaroalmashinuvchanligi, uning atrof-muhit, jamiyat hayoti va sog‘lig‘ uchun xavfsizligi va boshqa masalalar bilan o‘zaro kelishilgan va asoslangan bo‘lishi lozim.

2) Tizimli tamoyil. Tizim deganda yuqori samaradorlilik va kam xarajatlilik bilan qo‘yilgan maqsadni bajarishga olib boriladigan ishlar va o‘zarobog‘liq elementlar majmui tushuniladi. Tizim elementlari aloqalari miqdori aniqlanilgan yoki tasodifiy bo‘lishi mumkin. Tizimga kiradigan turli darajada elementlarining o‘zarobog‘liqligi va ularning majmui ierarxik bog‘liqlikda tuzulmani hosil qiladi.
Standart talablarini optimallashtirish odatda standartlashtiri ob’ektlarini parametrik optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə