Standartlashtirish asoslari


«O‘zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə9/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

«O‘zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi.

O‘zbekiston Respublikasida texnik qumitalar (TQ) mutaxassislari – davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbirkorlik sub’ektlarining vakolatli vakillari, iste’molchilar, kasaba uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va boshqalarning shakllanishi bo‘lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar bazasida ta’sis etuvchilar va «O‘zstandart» agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqo‘m, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi) qo‘shma buyrug‘i bilan tuziladi.


Texnik qumitaning asosiy vazifasi – xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, davlat va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyat - O’z DSt 1.0, RMG 01 bo‘yicha, shartnomali ishlar.
O’z RH 51-013:1993 O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini standartlashtirish bo‘yicha Texnik qumitalar bevosita ishtirok etishadi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan texnik qumiralar.

O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‘yicha texnik qumitalari


t/r

Nomlanishi

Vazirlik va mahkamalarning nomlanishi


«O‘zbekneftegazmahsulot»

«O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi


«Paxta» Assotsiatsiyasi

«O‘zpaxtasanoat» Assotsiatsiyasi


«Donmahsulotlari»

«O‘zdonmaxsulot» Kompaniyasi


«Yog‘moytamakisanoat»

«Yog‘moytamakisanoat» Assotsiatsiyasi


«Ipakchilik mahsulotlari»

«O‘zbek ipagi» Assotsiatsiyasi


«Oziqovqatsanoat»

«Oziq-ovqatsanoat» Assotsiatsiyasi


«O‘zmevasabzavotuzum-sanoat»

«O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding» Kompaniyasi


«Aloqa va informatika»

O‘zbekiston aloqa va ma’lumotlashtirish agentligi


«Navurug‘nazorat»

Respublika qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi va birinchi urug‘shunoslik stansiyasi


«O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» Assotsiatsiyasi


«Go‘sht va sut»

«O‘zgo‘shtsutsanoat» Assotsiatsiyasi


«Davarxitekqurilish»

Davlat arxitektura va qurilish bo‘yicha qumitasi


«O‘zbektelekom»

«O‘zbektelekom» Aksionerlik kompaniyasi


«Kimyosanoat»

«O‘zkimyosanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi


«O‘zbekengilsanoat»

«O‘zbekengilsanoat» Aksionerlik kompaniyasi


«O‘zbekcharmpoyabzali»

«O‘zbekcharmpoyabzali» Assotsiatsiyasi


«Shoyi»

«O‘zbek ipagi» Assotsiatsiyasi



Xulosa
Men bu kurs ishini yozib shuni xulosa qildimki insoniyat taraqqiyotining Homo habilis (tadbirkor odam) darajasidan homo Sapiens (farosatli odam) darajasiga uning faoliyati turlari ichida ko‘zga tashlanganlaridan biri bu biz haqli ravishda atashimiz mumkin bo‘lgan standartlashtirishdir. Qadim zamon odamlari, o‘ta qiyin tabiiy sharoitlarda hayot kechirish, ya‘ni yemoq uchun xayvonlarni ovlash, o‘simliklarni iste‘mol qilish va boshqa tabiat in‘omlaridan foydalanishga majbur edilar. Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib takomillashib borish bilan birga, qabiladan-qabilaga, avloddan-avlodga me‘yoriy - «standart» lar tarzida o‘tib keldi. Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabhalarida ham kuzatila boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan hodisalardan yashirinish joylarini qidirish, qurish va mustaxkamlash, hayvon mo‘ynalaridan xayotda foydalanish, po‘stin va cho‘qay tikish kabi ishlarni amalga oshira borish standart talablarining dastlabki ko‘rinishlari sifatida ijtimoiy xayot talablari ekanligini e‘tirof etish mumkin. 9 Qadimgi Misrda, Fraunlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr tarixiy piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam kuch bilan katta yukni joyidan siljitish uchun avvalo chanasimon sirpanish vositalari, keyinchalik esa g‘o‘lasimon vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og‘ir yukni yengil ko‘zg‘alishini ta‘minlovchi aylanma xarakat orqali istalgan ilgarilanish masofasiga eltish vositasi G‘ildirak paydo bo‘ldi. Doimiy o‘zgarmas o‘lchovlarga (60x60x120 sm) ga ega bo‘lgan qurilish materiallari qo‘llanilib ularning o‘lchami nazorat qilib turiladigan bo‘ldi. Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jaroxatlangan o‘q otish vositalarining elementlari o‘zaroalmashinuvchan bo‘lishi ta‘minlangan edi. Shuningdek Imperiya shaxar xududi suv ta‘minotida bir xil diametrli boshlang‘ich diametri taxminan 95 mm, tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o‘lchamlari ta‘qiqlangan edi. Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va juda ko‘p buyum va vositalar o‘zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi. Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya xunarmadnchiligida yuz bergan ba‘zi bir tartiblashtirilgan, masalan maxsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni, ish usullari va shu kabilarni belgilab qo‘yish amalga oshirildi. To‘qimachilik sanoatida 1298-yillarda sifat va o‘lcham uchun me‘yorlar o‘rnatildi. 1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol aslaxa elementlari aniq bir xil na‘munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan. 1785- yili Fransuz muxandisi Leblan 50 dona qurol – aslaxa qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol – aslaxalar uchun ishlovsiz tushar edi. 1846-yilda esa Germaniyada temir yo‘llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash ilashmasini unifikasiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart na‘munalar to‘plami chikdi. 1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida Standart g‘ishtlar chiqarila boshladi. 1891- yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida Standart burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‘p mamlakatli Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan narsalar soni juda ko‘payib, F. Engel‘s ta‘biri bilan aytganda o‘lchash va tarozilashning turlari 10 shunchalik ko‘pki, hatto bir yillik kunlar soniga tengdir. Chunki buning o‘ziga xos sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar ro‘yobga chiqmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan Genrix-I ma‘lum uzunlikka teng o‘lcham "lokot" nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o‘lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan yuritilgandi. 1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilov maxkamasi uzunlik birligi sifatida "metr"ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy texnik taraqqiyotning muhim xodisalaridan biri bo‘ldi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. Bu mamlakatlarning ba‘zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‘ldi. Standartlashtirish qo‘mitasi barpo bo‘lgan mamlakatlar orasida Angliya binchi bo‘ldi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini, ashyo–mahsulot, harbiy texnika, buyumlariga standartlar ishlab chiqish va uni joriy etish hisobiga amalga oshirishni ko‘zlashdan iborat edi. Standartlashtirish tarixiy jarayoni tahlili shuni ko‘rsatadiki, Davlatlarning hukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi. Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya Avstriya, Vengriya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar tuzilgan edi. 1905 yilda Avstraliyada meva mahsulotlari uchun 1-chi standart qabul qilingan. Ular mamlakatdan chiqarilayotgan mevalar sifatini aniqlab bergan. Maxsus qarorga ko‘ra olma va noklar faqat standart talablariga muvofiq saralanib, qadoqlangandan keyingina sotilishi mumkin bo‗lgan. Rossiyada standartlashtirish bo‘yicha birinchi ishlar 1907 yilda boshlangan. Sang-Peterburgda meva, choy va vino birjasi yonida ―Doimiy texnik komissiya tuzilgan. Bu komissiya mevalarni hamma navlarini tovarlik qiymatiga ko‘ra 3 guruhga bo‘lingan:
1. Juda qimmat mevalar.
2. O‘rtacha qimmat mevalar.
3. Arzon mevalar.
11 Komissiya tomonidan ―Mevalarni saralash va qadoqlash qoidalari ishlab chiqildi. Mevalar quyidagi belgilariga ko‘ra saralanishi kerak bo‘lgan:- massasi,tozaligi,shaklining to‘g‘riligi. 1930 yilda Butunittifoq standartlashtirish komiteti qabul qilindi. Shu yili olma uchun standart OST-558 qabul qilindi. Bu standartlar savdoga chiqariladigan olmaga qo‗yiladigan talablar yig‘indisidan iborat. OST quyidagi bo‘limlarni o‘z tarkibiga olgan:
1. Aniqlash.
2. Sinfga ajratish.
3. Saralash.
4. Qadoqlash
5. Markalash.
6. Qabul qilish qoidalari.
7. Tashish.
8. Saqlash.
1931 yilda yangi meva va sabzavotlardan 80 turdagi navlariga standartlar joriy etilgan. 1940 yilda Oliy kengash Prezidiumining qaroriga ko‘ra standartlar Davlat standarti (qisqacha GOST) deb yuritila boshlangan. 1970-1980 yillarda standartlashtirishning rejasiga binoan respublika texnik shartlari o‘rniga, ko‘plab meva va sabzavotlarning muhim navlariga GOST ishlab chiqilgan. Xalq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha, mavjud standartlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar hozirgi kunda ham olib boriliyapti. Bunga vazirliklarning yetakchi ilmiy tekshirish institutlari jalb etilgan.


Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə