Standartlashtirish asoslari



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə5/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

Standart bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar konsensusi (kelishuvi) asosida ishlab chiqilgan, ma’lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali, jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada tartiblashtirish maqsadida qoidalar o‘rnatish va qo‘llashdir.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim (8.1-rasm).
Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiati muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Demak, standartlashtirish ob’ekti – standartlashtiriladigan yoki unga yo‘naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
Standartlashtirish jihati – tanlangan standartlashtrish ob’ektini standartlashtirish yo‘nalishi bo‘lib, unga ko‘rsatilgan talablar turini aniqlaydi.
O‘z-o‘zidan standartlashtishrish jihati muayyan bir guruhdagi mahsulot yoki xizmatlar bo‘lib, unda: atama va ta’riflar, sinflanishi, asosiy parametriga talablar, saqlash, tashish va vosita hamda usullariga talablar, nazorat usullari va vositalari, metodlariga talablar va boshqalar hisoblanadi.





Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə