Standartlashtirish asoslari



Yüklə 160,09 Kb.
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü160,09 Kb.
#165990
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi 2

Mavzu: Standartlashtirishning tarixi va kelib chiqishi


Mundarija
Kirish


I BOB "Standartlashtirish asoslari” fanining iqtisodiyotdagi o‘rni.
1.1. Standartlashtirishning tarixi.
1.2. Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr boshlaridagi ahvoli.
1.3. Standartlashtirishning rivojlanish sabab va omillari.

II BOB Standartlashtirishning maqsad vazifalari va tamoyillari.
2.1. Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari.
2.2. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.

III BOB Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruvlari va bazaviy tashkilotlar
3.1. Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruvlari.
3.2. Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilot.

Kirish
Fanni o‘qitishdan maqsad: “Standartlashtirish asoslari” fanining maqsadi respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini oshirish masalalarini hal etish uchun va texnik me‘yoriy huquqiy aktlarni ishlab chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu fan talabalarga standartlashtirishning asos bo‘luvchi tamoyillarini, standartlashtirish bo‘yicha tan olingan xalqaro va hududiy standartlashtirish tashkilotlari hamda sanoanti rivojlangan mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy idoralari va umumiy tan olingan xalqaro tamoyillar va texnik jihatdan tartibga solishning tartib va qoidalari to‘g‘risida bilimlarni shakllantiradi.
“Sandartlashtirish asoslari” faning ahamiyati xalqaro savdo tizimiga O‘zbekiston Respublikasining ingeratsiyalashuvi bilan aloqador standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va metrologik ta‘minotning o‘sib borishi byicha bakalavrlarni tayyorlashda undagi ko‘riladigan masalalar bilan etiborlidir. Fan 5310900 – «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti» yo‘nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Standartlashtirish asoslari” fanini o‘zlashtirish natijasida talaba: bilishi lozim:
 Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, MEK) va Butunjahon savdo tashkiloti (BST) qoidalari va me‘yorlariga muvofiq standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solishning asosiy tamoyillarini;
 O‘bekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining qonuniy asoslarini;
 texnik me‘yoriy huquqiy aktlar (TMHA) (texnik reglamentlar, davlat standartlari, korxna standartlari, texnikaviy shartlar)ning turlari va ularga qo‘yilgan talablar;
 savdodagi texnik to‘siqlar (STT) va sanitar hamda fitosanitar tadbirlar bo‘yicha BST Kelishuvining asosiy qoidalarini;
 O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining elementlarini;
 standartlashtirishning asosiy usullari va ulardan mahsulotni yaratishdagi barcha bosqichlaridan foydalanishni;
 o‘zaro almashinuvchanlikni ta‘minlash tamoyillari va ularning turlarini; ko‘nikmaga ega bo‘ladi:
 korxona va tarmoqlarda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha ishlarning zamonaviy holatini tavsiflash va tahlil qilish;
 standartlashtirish usullarini amaliyotga qo‘llash;
 O‘zbekiston Respublikasining TMHAlaridan, mahsulotlarga majburiy talablarni o‘rnatishda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari standartlari, hududiy va xalqaro standartlardan samarali foydalanish; tasavvurga ega bo‘ladi:
 standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, hududiy va milliy tashkilotlarning tuzilmasi va faoliyatlari to‘g‘risida;
 O‘zbekiston Respublikasi TMHA va xalqaro standartlarni ishlab chiqish tartibari to‘g‘risida;
 o‘zaro o‘rin bosuvchi davlat standartlari va uyg‘unlashgan yevropa standartlari to‘g‘risida;
 barcha davlatlarda texnikaviy qonuniy aktlar me‘yorini uygunlashtirish to‘g‘risida. Fanni o‘qitishda mashg‘ulot turlarining bajarilish tartiblari mavzular ketmaketligini va mutanosibligini saqlagan holda amalga oshirilishiga alohida e‘tibor berilishi lozim. Nazariy materiallar o‘quv adabiyotlariga asoslanib olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlarini misollar yechish, hamda me‘yoriy hujjatlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi kabilar tashkil qiladi.


1.1. Standartlashtirishning qisqacha tarixi

Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni eramizdan 6 ming yil oldin Misr va Shumerda yozish va sanoq paydo bo‘lishi va bundagi belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarda va xatlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o‘sha davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. Sonlarni vavilonliklar eramizdan oldingi 4000 yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. O‘nlik sanoq tizimi ham aynan shu Vavilon (Bobil) davlatida yaratilgan. Nota yozuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gresiyada eramizdan oldin 200 yillarda paydo bo‘lishi aytishimiz mumkin.


Xitoyda eramizdan oldingi 206-220 yillarda xaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli belgilari bilan belgilanishi ham haqiqatdir.
Eramizdan oldingi 1700-1600 yillarda Feste saroyidagi disklar quymasini aynan bir xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir.
Xitoy imperatori Sin Shixuandi (taxminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarning bir xillashtirgan. U ierogliflarni birxillashtirib, kamon o‘qlari va ularning bir xil uzunligini ta’minlagan.
Qadimiy Misrda taxminan bundan 7 ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm ya’ni «shohlar tirsaki» uzunlik birlik qabul qilingan. Eramizdan oldingi XVIII asrda qirol Xammurapi standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Bunda og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishni ham oldini olish uchun hamma tomonlama qonuniy jazolar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi amali me’yoriy-qonunlar bilan muvofiqlashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekistonda hozirgi kundagi tarixiy yodgorliklar ya’ni bino va inshoatlarning qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirish ya’ni peshtoqladagi xandasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlarida standart andozalar qo‘llanilganligi standartlashtirishdan foydalanganligining yorqin misolidir.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol aslaha elementlari aniq bir xil na’munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan.
1785- yili Fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol – aslaha qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol – aslahalar uchun qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni o‘zaro almashinuvchan bo‘lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temir yo‘llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash ilashmasining unifikasiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart na’munalar to‘plami chikdi.
1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida “Standart” g‘ishtlar ishlab chiqarila boshladi.
1891- yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida standart, parametrlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib Yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‘p va mayda mamlakatlar asosida shakllangan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni juda ko‘payib ketgan. Chunki katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar shakllanmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan uzunlik, Genrix-II tirsakka teng o‘lcham «lokot» nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o‘lchamiga teng birlik «fut» nomi bilan yuritilgandi1.
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr» yaratilib, u yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida «metr»ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi.


Yüklə 160,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə