Sud tizimi va uning turlari


partiya va sovet ijroiya organlariga karam edi



Yüklə 196,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü196,11 Kb.
#109429
1   2   3
3653-Article Text-7214-1-10-20220529 (1)


partiya va sovet ijroiya organlariga karam edi. 
Mustaqilikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda huquqiy davlat barpo etishning 
tarkibiy vazifasi sifatida sudhuquq islohoti oʻtkazilmoqda. Sud hokimiyati qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat 
birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va sud faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eʼtirof etildi (106-116 moddalar), 
yangi sud tizimi barpo qilindi, "Sudlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 
qonuni (1993-yil 2 sent., yangi tahriri 2000-yil 14 dek.) va bir qator qonunlar amalga 
kiritildi. Sud tomonidan chiqarilgan hujjatlar barcha davyaat organlari, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
uchun majburiy hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro 
etilishi shart. 
Qonuvda belgilangan hollardan tashqari sudlarda barcha ishlar oshkora yuritiladi 
(qarang Sudlovning oshkoraligi). Sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida va 
muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, 
sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har 
qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Sudning 
faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini 
taʼminlashga qaratilgandir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1838


“Sud” atamasi sud hokimiyati vakolatlarini amalga oshirish huquqiga ega 
boʻlmagan nodavlat tuzilmalarini nomlash uchun ham juda koʻp qoʻllaniladi (hakamlar 
sudi, Xalqaro tijorat arbitraj sudi va h.k.). 
O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, 
iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar, shuningdek hakamlik sudlari faoliyat ko‘rsatadi. 
Sudlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning huquqlari hamda manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qiladi. 
Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan 
huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi. 
Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin: 
birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) 
murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar; 
ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, 
da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar. 
Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni 
sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) 
tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan 
muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati 
uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. 
Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha 
sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, iqtisodiy sudlarda Iqtisodiy protsessual 
kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish va Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 
Sudning 
vazifalari

O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi 
xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun 
ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga 
qaratilgandir. 
Sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlari 

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda 
ish yuritadi. 

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil 
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l 
qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1839



Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi. 

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi 
mumkin emas. 

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok 
etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa 
biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 

Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudьyalik vazifasidan qonunda 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin. 

Yüklə 196,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə