Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Uzun tumani xalq ta’limi bo’limi


Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi



Yüklə 121,67 Kb.
səhifə10/12
tarix22.06.2023
ölçüsü121,67 Kb.
#118439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
fayz to`garak rejasi]

Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.
Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish
faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo`lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan ko'chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vositalardan (disketalar, CD - disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi. Ammo
bu ko'p vaqt va qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o'zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Oradan ko'p vaqt
o'tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.
Bunday tarmoqlar qo'shimcha qurilmalar talab qilsa-da (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahalliy)
tarmoqlar deb nomlanadi.
Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan, hamda o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to'xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, endi bitta xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlarni emas, balki uzoq masofada, hatto boshqa-boshqa
mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro bog'lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi.
M intaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi barcha foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tar-moqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi.
Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo'lga qo'yildi. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o'tkazadi va kompyuterga uzatadi.

Yüklə 121,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə