Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika o`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro, 2020



Yüklə 376,66 Kb.
səhifə12/96
tarix27.12.2023
ölçüsü376,66 Kb.
#163634
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

Takrorlash uchun savollar.
1."Logistika" atamasini aniqlang.
2.Qanday sharoitlarda logistika faoliyatining maqsadiga erishildi deb
hisoblanadi?
3.Logistika global maqsadini shakllantirish.
4.Logistikani o'rganish ob'ekti nima va u qanday parametrlar bilan
tavsiflanadi?
5.Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish o'rtasidagi farq nima?
6."Logistik
canna"
l,
"logistika
zanjiri",
"logistika
tizimi"
tushunchalari nima?
7.Logistikaning asosiy funktsional yo'nalishlari nimalardan iborat?
8.Davlat va xususiy sektorda qanday logistika muammolari yuzaga
keladi?

16
2 mavzu. LOGISTIK TIZIM KONSEPSIYASINING 


NAZARIY ASOSLARI 
2.1. Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari
2.2. Logistik tizim faoliyat yuritilishini baholash.
2.3. Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi

2.1. Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari 
Logistikaning maqsadi - eng kam mehnat va moddiy xarajatlar
bilan yuklarni aynan vaqtida yetkazib berish. Materiallar, xomashyo
va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy
tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi, korxonalar
omborlaridagi zahiralar miqdorini ancha kamaytirishga imkon beradi.
Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi. Shuning
uchun logistika doirasida taqsimot va sotish vazifalari faqat bir vaqtda
6 shart mavjudligida amalga oshadi. Bu shartlar - yuk, sifat, miqdor,
vaqt, xarajatlar va yetkazish joyi.
Bu ishlarning bir vaqtda mavjud bo’lishi uchun materiallar
oqimini qulaylashtirish kerak, tara va o’rashni ixchamlashtirish
bo’yicha, yuk birliklarini unifikatsiyalash bo’yicha (ya’ni yuk
tashishda
paket
va
konteynerlardan
foydalanish),
samarali
omborxonalar tizimini tuzish bo’yicha, buyurtmalar miqdorini va
zaxiralar darajasini qulaylashtirish bo’yicha, yuklarni tashishda eng
foydali marshrutlarni belgilash bo’yicha chora-tadbirlar amalga
oshirilishi kerak.
Logistik tizim- u yeki bu logistik funksiyalarini bajaruvchi teskari
aloqali adaptiv tizim. Qoida buyicha u bir necha quyi tizimlardan
iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega.
Logistik tizimni farqlovchi belgilariga
- oqimli jarayonini mavjudligi
- aniq tizimli yaxlitlik kiradi.
Logistik tizim 4 xususiyatga ega:
1 xususiyat: Logistik tizim- bir-biri bilan o’zaro aloqador
unsurlarni yaxlit birligi. Logistik tizimni quyidagi unsurlarini
ajratadilar:
a) xarid-material oqimini logistik tizimga kirishini ta’minlaydigan
quyi tizim.


17
b) omborlar- moddiy zaxiralarni vaqtincha saqlaydigan bino va


uskunalar. Omborlarda material oqimlar o’zgarishi ham mumkin.
v) zaxiralar- talab o’zgarishiga tez ta’sir ko’rsatishiga yordam
beradigan, transport ishini bir maromda borishini ta’minlaydigan
moddiy zaxiralari.
g) transport-bu unsur o’zi murakkab tizim bo’lib hisoblanadi. U
o’z ichiga moddiy-texnik bazani va infratuzilmani qamrab oladi.
Moddiy-texnik baza yordamida yuklar bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirilsa, infratuzilma shu moddiy texnik bazani vazifalarini
ta’minlaydi.
d) axborot-logistik tizimni boshqa unsurlari ichida axborot
aloqasini ta’minlaydigan quyi tizim. Bundan tashqari axborot logistik
jarayonlarni nazorat qilib turadigan quyi tizim bo’lib hisoblanadi.
Xodimlar-logistik jarayonlarni bajarish bilan band bo’lgan
ishchilar.
Sotuv-material oqimni logistik tizimdan chiqishini ta’minlaydigan
quyi tizim.
2 xususiyat: logistik tizim unsurlari ichida logistik tizimini
integrativ sifatini belgilovchi aniq aloqalar mavjud.
3 xususiyat: logistik unsurlari o’rtasidagi aloqalar tartibga
solingan.
4 xususiyat: logistik tizim shunday xususiyatlarga egaki, uning
bironta quyi tizimida bu xususiyatlar mavjud emas. Bu-kerakli tovarni,
o’z vaqtida, kerakli sifat va minimal xarajatlar bilan aynan kerak
bo’lgan joyga yetkazish va tashqi muhitni o’zgarishlariga moslashish
(ba’zi tovar va xizmatlarga talabni o’zgarishi, asbob-uskunalarni
bevaqt buzilishi). Logistik tizimining integrativ xususiyati unga o’z
maqsadga erishish uchun, xom ashyo materiallarini xarid qilib, ularni
o’z ishlab chiqarish quvvatlardan foydalangan holda boshqa material
oqimga aylantirib, tashqi muhitga chiqarishni taqozo etadi. Logistik
tizimni chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan
aniqlanadi.


18


Yüklə 376,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə