Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika o`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro, 2020


 Logistik tizim faoliyat yuritishini baholash



Yüklə 376,66 Kb.
səhifə14/96
tarix27.12.2023
ölçüsü376,66 Kb.
#163634
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

2.2. Logistik tizim faoliyat yuritishini baholash. 
Boshqarishning muhim omillaridan biri - materiallarni o’z
vaqtida yetkazib berish. Buning uchun kerakli operatsiya bajarilishiga
(masalan, yuk ortish, yukni eltish va boshqa) qancha vaqt ketishini va
operatsiyani boshlash uchun qancha vaqt kerakligini aniqlash zarur.
Buyurtmalarni bajarish muddati resurslarga bo’lgan ehtiyoj
miqdoriga, ta’minot jarayonining ishonchliligiga ta’sir qiladi,
buyurtmalarni bajarish muddati uzoq bo’lsa, u mintakaviy
omborlardagi katta nomenklaturali zaxiralar miqdorining ortib
ketishiga
olib
keladi.
Lekin
boshqa
tomondan
qaraganda,
buyurtmalarning shoshilinch, qisqa vaqtda bajarilishi har xil xatolarga
olib kelishi mumkin. Masalan, olingan resurslar miqdori yanglish
bo’lishi, sifati to’g’ri kelmasligi, yoki umuman kerak bo’lmagan
mahsulot yetkazishi mumkin. Masalan, AQShda taqsimlash doirasida
buyurtmalarning eng kam bajarilish muddati (ishlab chiqarish vaqti
ham hisobga olinadi) - 7 kun, eng ko’p muddati - 72 kun.
Buyurtmaning
bajarilishiga
ketadigan
vaqt
taqsimlash
kanallarining holati va rivojlanishiga bog’lik. Bu taqsimlash kanallari
mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni bog’laydigan vositaga
aylanayapti va xilma-xil bir-biri bilan bog’lik vazifalarni bajarayapti.
Unga: sotish, marketing, kredit berish va boshqa xizmat turlari kiradi.
Firmalarning ko’pchiligi taqsimlash jarayonini faqat qisman nazorat
qiladi, demak, ularning butun tabiiy taqsimlash tizimiga qiladigan
ta’siri ham qismandir.
Logistika texnologiyasining o’zgarishi, mahsulot va xizmatlar
sifati ahamiyatining o’sishi, taqsimlash kanallarining tuzilishi va
vazifalarining
o’zgarishiga
olib
keladi,
texnologiyani
takomillashtirishga intilish tug’diradi.
Logistika tizimi samarasining ortishi: taqsimlash doirasining
asosiy kapitaliga quyiladigan sarmoyalar mikdori ortishiga olib keladi,
logistika tizimi tuzilishi va obyektlari joylashishining o’zgarishiga
olib keladi. Hozirgi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilarni farqlash juda ham qiyin. Logistika tizimi qismlari


24
vazifalarining o’zgarishi katta qiyinchiliklar bilan o’tayapti.


Integrasiya ayrim xo’jalik turlarining ahamiyati ortayapti,
boshqalarining ahamiyati pasayib yoki umuman yo’q bo’lib ketayapti.
Bu jarayonlarga yana xalq xo’jaligining holati, davlatning iqtisodiy
siyosati ham ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faqat
ulgurji savdo jarayonini nazorat qilibgina qolmay, bevosita
iste’molchiga sotish jarayonini ham o’z nazoratiga olayapti.
Iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri yuk yuborishga moslashtirilgan
qo’shimcha omborlar qurilayapti. Ko’p kompaniyalar taqsimlash
kanallari, zaxiralar miqdori va sotish hajmidan xabardor bo’lish
maqsadida ulgurji savdo tizimi bilan bevosita aloqa o’rnatgan.


Yüklə 376,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə