Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika o`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro, 2020



Yüklə 376,66 Kb.
səhifə17/96
tarix27.12.2023
ölçüsü376,66 Kb.
#163634
növüУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

Takrorlash uchun savollar: 
1. Logistik tizimning asosiy tamoyillari.
2. Logistikaning konsepsiyasi.
3. Logistika qaysi aspektlarni ko’rib chiqadi?
4. Logistika o’zining faoliyatida qaysi bo’limlar bilan bog’liq.
5.Logistik tizimni tuzishda qaysi elementlarga e’tibor beriladi?

28
3-mavzu. LOGISTIKADA MATERIALLARNI 


BOSHQARISH VA TAQSIMOTNI TASHKIL QILISH 
3. 1. Moddiy (material) oqim tushunchasi
3.2. Moddiy oqimining turlari
3.3. Taqsimot logistikasi ob'ekti, predmeti, funktsiyalari
3.4. Taqsimot logistikaga asoslanadigan logistik tamoyillar va
xususiyatlar
3.5. Tayyor mahsulot taqsimotning asosiy shakllari
3.6. Logistika vositachilarining turlari
3.7. Taqsimotni boshqarish tizimlari

3. 1. Moddiy (material) oqim tushunchasi 
Moddiy oqim logistikada asosiy hal qiluvchilardan hisoblanadi.
Moddiy oqim transportda tashish, omborlarga to’plash va boshqa
xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar hamda
boshqa moddiy jarayonlarni, ya’ni xomashyoning boshlang’ich
manbalaridan oxirgi istemolchiga qadar bo’lgan jarayonlarda vujudga
keladi.
Moddiy oqim turli korxonalar o’rtasida yoki bir korxonaning
ichida ro’yobga chiqishi mumkin. Moddiy oqimini aniqlashni
shakllantirishdan oldin ulgurji savdo korxonasining ombori ichida
vujudga keladigan moddiy vositalar oqimining misolni olib ko’raylik.
Ish vaqtida keltirilgan tovar tushirilgandan keyin bevosita saqlash
uchun yo’naltirilishi mumkin yoki dastavval qabul qilib olingandan
so’ng saqlanadigan joyga tushishi mumkin. Dam olish kunlari olib
kelingan yuklar qabul qilish joylariga tushiriladi, u yerdan birinchi ish
kunining o’zidayoq omborlarga tarqatiladi. Kelib tushgan tovarlarning
barchasi saqlash joylarida to’planadi.
Yukning harakati yo’lida ular bilan turli xildagi jarayonlar
bajariladi: tushirish, poddonlarga o’rnashtirish, siljitish, bog’lamlardan
ochish, saqlashga qo’yish va h.k. Bular logistik jarayonlar hisoblanadi.
Ayrim jarayonlar bo’yicha hajmi ma’lum davrga mo’ljallangan bo’lib,
oy, yil ushbu jarayon bo’yicha moddiy vositalar oqimini tashkil etadi.
Moddiy oqim deb, yuklar, qismlar, tovar-moddiy vositalar qiymatlari
hisoblanib, turli xildagi logistik jarayonlar natijasida ta’sir ko’rsatilib
ularning vaqt birligi nisbatiga aytiladi. Ayrim logistik jarayonlarni


29
amalga oshirganda moddiy vositalar oqimi, belgilangan vaqt holati


bo’yicha ko’rib chiqilishi ham mumkin. Bunday holatlarda ular
moddiy vositalar zaxirasiga aylanadi. Masalan, yuklarni temir yo’l
transporti orqali olib yurish jarayonlarini olaylik. Yukning yo’lda
yurish davridagi holatida u moddiy vositalar zaxirasi hisoblanadn,
ya’ni «yo’ldagi zaxira» deb ataladi.

Yüklə 376,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə