Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika o`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro, 2020


Taqsimot logistika sohasidagi o'rganish ob'ekti



Yüklə 376,66 Kb.
səhifə19/96
tarix27.12.2023
ölçüsü376,66 Kb.
#163634
növüУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

Taqsimot logistika sohasidagi o'rganish ob'ekti - bu material
yetkazib beruvchidan iste'molchiga o'tish bosqichidagi material oqimi.
O'rganish predmeti - iste'molchiga tovarlarni jismoniy harakat
qilishning oqilona jarayonini tashkil qilish.
Distribyutor logistikaning asosiy funktsiyalari quyidagilardan 
iborat: 
1. iste'molchilar talabini aniqlash va uni qondirishni tashkil etish;
2. tovarlarni yetkazib berish, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish uchun
iqtisodiy aloqalarni o'rnatish;
3. taqsimot kanallarining tashkiliy tuzilishini yaratish;
4. tayyor mahsulot zaxiralarini to'plash, saralash va taqsimlash;
5. tayyor mahsulotlar, qaytariladigan konteynerlar va chiqindilarni
tashish;
6. inventarizatsiya qilish, konsolidatsiya qilish va tovarlarni taqsimot;
7. tovarlarni taqsimlash va savdoni tashkil etishning oqilona
shakllarini tanlash;
8. tayyor mahsulotlar va logistika xizmatlari sifat standartlarini
ta'minlash;
9. taqsimot monitoringi va axborot ta'minoti.
Ushbu funktsiyalarni quyidagi bloklarga bo'lish mumkin:

almashish funktsiyalari

jismoniy taqsimot

qo'llab-quvvatlovchi.
Distribyutor logistika vazifalarining tarkibi ikki darajaga bo'linadi -
ichki va tashqi taqsimot logistika vazifalari.
Korxona darajasida ichki taqsimot logistikasi quyidagi vazifalarni
hal qiladi:
a) buyurtmani qabul qilish va qayta ishlashni tashkil etish;
b) amalga oshirish jarayonini rejalashtirish;


31
v) qadoqlash turini tanlash, qadoqlash to'g'risida qaror qabul qilish,


shuningdek jo'natishdan oldin boshqa operatsiyalarni bajarilishini
tashkil etish;
d) mahsulotlarni jo'natishni tashkil etish;
e) yetkazib berishni tashkil etish va tashishni boshqarish;
f) sotishdan keyingi xizmatlarni tashkil qilish.

Yüklə 376,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə