Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika o`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro, 2020


Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi



Yüklə 376,66 Kb.
səhifə15/96
tarix27.12.2023
ölçüsü376,66 Kb.
#163634
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

2.3. Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi 
Iqtisodiy rivojlanishning G’arbdagi andozalariga ko’ra,
"logistika" "marketing" va "menejment"dan ajralib chiqib, alohida
ilmiy yo’nalish olishi uchun qariyb yarim asr talab etilgan edi.
Logistika tizimi boshqarish vazifalari bilan uzviy bog’liq. Lekin
logistika tizimiga eng katta ta’sir ko’rsatadigan vazifalardan biri -
marketing siyosati va taktikasi. Logistika tizimining servis
chegaralarini marketing talablari aniqlaydi.
Marketing
taktikasi
bevosita
logistikaning
xarajat
ko’rsatgichlariga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarishning assortiment
bo’yicha ixtisoslashishi marketing yordamida sezilarli darajada
rivojlanadi.
Mahsulot assortimenti qancha ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning
har bir doirasi, buyurtmalar bilan ishlash, zahiralarni nazorat qilish va
boshqarish vazifalari murakkablashib ketadi. Mahsulotlar assortimenti
taqsimlash muammolarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan,
mahsulotning asosiy modelini texnologik davr qo’shimcha xarajatlari
hisobiga kamaytirish jarayonida o’zgartirish mumkin. Bu holda ishlab
chiqarish uchun kerakli bo’lgan xom ashyo, materiallar va
komplektasiya qismlari assortimenti kamayadi.
Lekin, ko’pincha mahsulotlar faqat marketing talablariga
asoslanib ishlab chiqariladi. Unda ko’p hollarda tabiiy taqsimlanish
bahosiga qanday ta’sir qilinishi hisobga olinmay, mahsulotlar
o’zgarishiga olib keladi.


25
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishga joriy qilish,


odatda, tabiiy taqsimlanish jarayonida kutilmagan xarajatlarga olib
kelishi mumkin. Masalan, avval ishlatilmagan yangi xomashyo
turlariga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin. Hattoki, faqat o’rami
o’zgargan mahsulot ta’minot doirasi uchun yangi assortiment birligi
deb hisoblanadi. Lekin, shuni aytib o’tish kerakki, xar bir
assortimentning o’zgarishi xarajatlarning o’sishiga olib kelavermaydi.
Ayrim hollarda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi
ortishi, mehnatni tashkil qilishining yaxshilanishi mumkin, bular
orqali anchagina mablag’ va mehnat tejalishi mumkin.
Assortimentning kengayishini rejalashtirish, zahiralarni boshqarish,
xarajatlarni kamaytirish doiralarida korxonalar oldiga qo’yilgan
vazifalarni murakkablashtiradi.
Amerika va yapon kompaniyalarining assortiment siyosatini
solishtirsak, ancha farq qilishini ko’ramiz. Yapon kompaniyalari
modellarni cheklangan miqdorda ishlab chiqaradilar. Ayrim
komplekt
qiluvchi
mahsulotlar,
masalan,
avtomashinalarga
o’rnatiladigan kondisionerlar, (namunaviy o’lchovda bo’ladi),
avtomashinalarga sotishdan oldin dilerlar tamonidan o’rnatiladi.
Amerikalik ishlab chiqaruvchilar esa iste’molchilarni har bir
modelning turli xillari bilan ta’minlaydilar, hattoki, maxsus
buyurtmalarni ham bajaradilar. Bunday assortiment siyosati
xarajatlarning ortishiga olib keladi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil
qilishni, rejalashtirish va nazorat qilishni murakkablashtiradi.
Marketing vazifalaridan yana biri - tabiiy taqsimlanishning
servis xizmati doirasida aniq chegaralarini belgilaydi. Uning sifatiga
yuk yetkazish tezligi, yuk yetkazish muddatlarining bajarilishi va
logistika tizimi talablarini zudlik bilan qondirish qobiliyalari ta’sir
qiladi. O’z tomonidan logistika marketingning sotish usullariga juda
katta ta’sir qiladi. Agar firma maxsus taklif taktikasi asosida ish olib
borsa, ya’ni oldindan belgilangan rejalarsiz sotishlar tashkil qilsa,
tabiiy taqsimlanish tizimi: transport, omborlar, buyurtmalarni
rasmiylashtirish - sotish jarayonining tezlashishiga tayyor bo’lishi
kerak.
Logistika tizimining holati taqsimlanish kanalini tanlashda katta
ahamiyatga ega. Logistika qiymatiga oid tahlil ko’pincha xarajatlarni
kamaytirish yo’llarini topish uchun qilinadi; bu tahlil ta’sirida ro’y
bergan o’zgarishlar marketingga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan,


26
omborlar sonini kamaytirish, zahiralar miqdorini kamaytirish,


transportning
arzonroq turlariga o’tish hisobiga xarajatlarni
kamaytirish xizmat ko’rsatish sifati o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Logistika tizimini tahlil qilish asosida marketing xizmati
taqsimlanish jarayonining maqsad va vazifalarini aniqroq belgilaydi.
Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli bo’lib, xizmat ko’rsatish
andozalarini o’rnatadi. Rasmdan ko’rinadiki, tadbirkorlik logistikasi
menejment va marketing strategiyalaridagi tamoyillarning amaliyligini
ta’minlashda muhim zaruriy to’ldiruvchi vositadir.
G’arb namoyondalarining tahlillariga ko’ra, moddiy ne’matlar
harakatini yaxlit oqim sifatida boshqarish aylanma mablag’lar
aylanuvchanligini tezlashtiradi; moddiy zahiralarning 30 – 50%
gacha tejalishiga olib keladi, moddiy ne’matlarning boshlang’ich
manbadan pirovard iste’molchiga yetkazish vaqtini 25-45% ga
qisqartiradi
4
.
Marketing va logistika mahsulot assortimentini tanlashda
to’qnashadi. Chunonchi, marketing strategiyasida aniqlangan mahsulot
assortimenti logistik zanjir tuzilishining o’zgarishiga olib keladi.


Yüklə 376,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə