Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


Zilzila paytida quyidagilarni bajarish kerak



Yüklə 162,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix24.12.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#160384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-MAVZU

Zilzila paytida quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Vahimaga tushmasdan o‘zini osoyishta tutish va boshqalarga o‘rnak 
ko‘rsatish, yordam berishni rejalashtirish. 
2. Bir qavatli bino ichidan chiqishni chaqqonlik bilan, atrofdagi xavf-xatarni 
hisobga olgan holda bajarish lozim. 
3. Ko‘p qavatli binolardan tashqariga yugurib chiqishga intilmaslik lozim. 
YUqoridan tushayotgan buyumlar xavfli hisoblanadi (
8, 9, 10-rasmlar
). Zilzila 
to‘xtaguncha bino ichida xavfsiz joyni egallash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
4. Ko‘p qavatli binoda zinalarga yugurib chiqmaslik va liftga kirmaslik kerak.
5. Elektr o‘chib qolishi, yong‘in xavfsizligi signallari, qo‘riqlash 
qo‘ng‘iroqlarining ovozi, sinayotgan idish tovushlari, yog‘och g‘ichirlashi, 
yiqilayotgan turli buyumlar tovushlaridan vahimaga tushmaslik uchun ruxiy tayyor 
bo‘lish kerak. 
6. Tashqarida turgan paytda, tezlikda bino va elektr simlaridan holi bo‘lgan 
ochiq joyga chiqib olish lozim. 
7. Mashinada bo‘lganda, bino va elektr simlari, ko‘prik, turli quvurlardan 
chetroqqa chiqib, mashinani to‘xtatib, zilzila to‘xtashini kutib turish lozim.
8-rasm 
Bino ichida o‘zini muhofazalash 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-rasm 
Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash


14 
 
10-rasm 
Mumkin bo‘lmagan holatlar
4-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan keyin harakat 
qilishga tayyorlash. 
Er silkinishi so‘nayotganda yana silkinish boshlanishi mumkin. Bu bitta 
zilzila o‘chog‘idan ketma-ket kelayotgan har xil turdagi seysmik to‘lqinlardir. 
Masalan, Hindukush zilzilalaridan Toshkentga keladigan bo‘ylama (R) va 
ko‘ndalang (S) to‘lqin orasida 55-60 soniya vaqt o‘tishi mumkin. Ba’zan asosiy 
zilziladan keyin uning ko‘p sonli aftershoklari bo‘lishi mumkin. Ular bir necha 
daqiqadan bir necha soatgacha, hatto bir necha kundan bir necha oygacha davom 
etishi mumkin. Masalan, 1966 yil 26 aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila 
aftershoklari uch yilgacha davom etib, ularning umumiy soni 1102 tagacha yetgan. 
Odatda, aftershoklarning kuchi asosiy zilzila kuchidan pastroq bo‘lgani uchun 
ulardan qo‘rqmaslik lozim. 

Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə