Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


Zilziladan keyin bajariladigan tadbirlar



Yüklə 162,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix24.12.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#160384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-MAVZU

 
Zilziladan keyin bajariladigan tadbirlar: 
1. Har bir kishi osoyishtalikni saqlagan holda, eng avvalo zilziladan 
shikastlanganlarga tez yordam ko‘rsatishi, qattiq qo‘rqqan, karaxt holatga tushib 
qolgan odamlarni tinchlantirishi, yong‘in xavfini bartaraf etishi, zilzila zararlarini 
aniqlashi va uni bartaraf etish ishlarini boshlashi kerak 
(11-rasm)

2. Gaz tarmog‘i, suv quvurlari, elektr simlarini diqqat bilan tekshirib chiqish 
kerak. Gazning ozgina bo‘lsa ham chiqayotgani sezilsa, tezlikda tashqaridan 
o‘chirish kerak. Gugurt yoqib yoki sham yordamida gazni tekshirishga urinish xavfli 
- portlab ketishi mumkin. Gaz chiqayotganligini hidiga qarab aniqlash mumkin. 
Elektr simlarining butunligiga shubha bo‘lganda, ta’minotni tezlikda o‘chirish 
lozim. Agar quvurlardan suv chiqayotganligi aniqlansa, uni ham tashqaridan 
o‘chirish lozim. Hamma avariya holatlari haqida kerakli gaz, suv, elektr tarmoqlari 
xizmatiga xabar qilish, telefonni ko‘p band qilmaslik talab etiladi. 
 
 
 
 


15 
11-rasm 
Zilziladan keyingi harakatlar 
 
3. Ko‘chadagi yoki shahardagi turli talafotlar bilan tanishishga shoshilmaslik,
ko‘chalarni band qilmaslik lozim. Agar shoshilinch yordamga muhtojlar bo‘lmasa 
xavfli imoratlar ichiga kirmaslik, hattoki yaqiniga ham bormaslik talab etiladi. 
YAngi silkinishlar ro‘y berishi mumkinligini unutmaslik lozim. Agar shunday 
imorat ichiga kirish zarur hollarda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Imoratning ayrim 
joylari to‘satdan ko‘chib tushishi, gaz chiqayotgan, ochiq elektr simlari ochilib 
qolgan, shisha siniq parchalari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
4. Chiqindi quvurlariga zarar yetmaganiga ishonch hosil qilmaguncha 
hojatxonalardan foydalanmaslik maqsadga muvofiq. 
5. Mustahkam, pishiq va butun oyoq kiyimlaridan foydalanish lozim. Aks 
holda shisha siniqlari, o‘tkir predmetlar oyoqni kesib yuborishi mumkin. 
6. Turli kimyoviy moddalar, benzin kabilar hidini sezganda, bu haqda kerakli 
xizmatlarga xabar berish lozim. 
7. Qo‘l telefonlariga jo‘natiladigan SMS xabarlar, radiodan zilzila haqidagi 
ma’lumotlarni hamda uning oqibatlarini bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmalarni 
tinglash va ularga rioya qilish lozim. 
8. YAna yangi yer silkinishlari (aftershoklar) ro‘y berishi mumkinligini esdan 
chiqarmaslik lozim. Birinchi yer silkinishida omonat bo‘lib qolgan binolar yoki 
ularning ayrim qismlari keyingi yer silkinishlarida qulab tushishi mumkin. 
9. Elektr uzilgan, muzlatgichlar ishlamay qolgan taqdirda, birinchi navbatda 
tez aynaydigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish lozim. Aynimaydigan oziq-ovqatlarni 
tejamkorlik bilan ishlatish maqsadga muvofiq. Kuchli zilzila bo‘lgan joylarda bir 
necha kun ta’minot tanqisligi bo‘lishi mumkin. 
10. Pechkalar, mo‘rilarga shikast yetmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. 
Agar yoriqlar bo‘lsa, ulardan foydalanmagan ma’qul. 
11. Og‘ir buyumlar qulab tushishi mumkinligini inobatga olgan holda eshik-
derazalar, mebellarning eshikchalarini ehtiyotkorlik bilan ochish lozim. 
12. Odamlarni qutqarayotgan, zilzila oqibatlarini bartaraf etayotgan militsiya 
xodimlari, yong‘in-qutqaruvchilar, sog‘liqni saqlash xizmatchilari va boshqalarga 
qo‘ldan kelgancha yordam berish, har xil mish-mishlar va ovozalarni tarqatmaslik 
lozim.
Zilziladan muxofazalash chora-tadbirlariga zilzila vaqtida va undan so‘ng 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ham kiradi. Quyida birinchi tibbiy yordash berish 
tartibi keltirilgan: 


16 
1.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish.
2.
Zilzilada malakali birinchi tibbiy yordamga qadar ko‘rsatilishi zarur 
bo‘lgan o‘zaro yoki o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish.
3.
SHikastlanganlarga ruhiy (psixologik) yordam ko‘rsatish. 
4.
SHikastlanganlarning hayotiy muhim ko‘rsatgichlarini aniqlash (pul’s va 
nafas olish harakatlari).
5.
SHikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini 
to‘xtatish, suyak sinishida harakatni cheklovchi bog‘lam qo‘yish). 
6.
Zilzila oqibatida vayronalar tagida qolgan kishilarga yordam ko‘rsatishda 
ishtirok etish. 

Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə