Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’limning uzviyligi



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə17/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’limning uzviyligi
ta’lim klasterning tashkil etishning dolzarb jihatlari

Insoniyat keyingi yillarda davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, sanoat va innovatsion rivojlanishda tub islohatlarni amalga oshirish lozimligini anglab etdi. Bunda moddiy va iqtisodiy resurslar emas, aynan zamonaviy ta’lim asosida shakllantirilgan kadrlar – inson kapitali muhim ahamiyat kasb etishi allaqon anglab etilgan haqiqat bo‘lib qoldi. Demak, ta’lim sohasini uzluksiz rivojlantirib borish, milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalangan va shu asnoda eng so‘nggi bilimlarni istifoda eta oladigan yosh avlodni etishtirish bugungi ta’limning bosh mezoniga aylandi. Shu vazifadan kelib chiqib ta’lim turlari, yo‘nalishlar vasohalar bo‘yicha integratsiyani kuchaytirish, o‘zaro hamkorlikda ish olib borish, uzluksiz ta’limni shakllantirishda tegishli vazirlik va mutasaddi idoralar o‘rtasidagi hammaslaklikni yo‘lga qo‘yish zarurati maydonga keldi. Demak, o‘z-o‘zidan klaster modelini ta’limga tadbiq etish bugunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. “Klaster” tushunchasi iqtisodiyot va sanoatda samarali natija bergan model bo‘lib, uni ta’limga joriy etish qaysidir ma’noda maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim o‘rtasidagi juz`iy tarqoqlikka barham beradi. Modomiki, barkamol avlodni tarbiyalash pirovard maqsadga aylanishi uchun ham hamkorlikdagi harakat rejasi albatta zarur hisoblanadi.


Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, jumladan hududlarda pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni jalb etish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda31. Buni amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmuni va sifatini oshirish, raqobatbardosh, yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlashda samarador bo‘lgan pedagogik ta’lim innovatsion klasterlarini joriy qilish” mexanizmlari yanada takomillashtirilmoqda. Bu esa, umumta’lim maktablarida klaster yondashuvi asosida ta’lim mazmuni va turlararo integratsiyani ta’minlash, o‘quvchining qobiliyati, iqtidori, kreativ kompetentliligini shakllantirish hamda shu asosida kasbga yo‘naltirish samaradorligini oshirish muammosi chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur faoliyat bilan bog‘liq boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi32.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta’lim tizimida ham jahonning rivojlangan davlatlari ta’lim sohasidagi innovatsiyalar qo‘llanilayotganligi, ta’limning dunyo standartiga moslashuvi sababli o‘ta muhim o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. Bu esa yangi turdagi ta’limni shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni hal etishni taqozo etadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy innovatsion usullarni umumiy o‘rta ta’lim tizimi, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, ta’lim tizimi davlat boshqaruv tashkilotlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, institutsional sarmoyadorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymasdan turib rivojlangan tizimni qurish mumkin emas.
Oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tizimi va o‘rtasidagi uyg‘unlik barcha sohalar uchun salohiyatli mutaxassislar tayyorlash vazifasi ijrosini ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki o‘rta ta’lim va oliy ta’lim eng avvalo umumiy o‘rta ta’lim tizimi boshqaruv organari ta’lim muassalari (maktablar) o‘rtasidagi integratsiyani yo‘lga muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan pedagogik ta’limda klaster usulini joriy etishga yo‘l ochadi.
Ta’lim klasteri aniq muammolarni yichish va aniq natijalarga erishish maqsadada innovatsion ta’lim faoliyati doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ob`ektlarni (ta’lim muassasalari, tashkilotlar, ilmiy maktablar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari, xususiy tormoq v.b.) o‘z ichiga olgan moslashuvchan tizimdir33.
Oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslari, tamoyillari asosida o‘qitish jarayonini klasterlash, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari fan o‘qituvchilari oliy ta’lim muassaslari xodimlari tomonidan yaratilgan ilmiy va uslubiy asarlar tahlil etilishi lozimdir. Ta’lim tizimida oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim hamkorligi klaster usuli qo‘llashda taklif etilayotgan klaster usuli butun ta’lim tizimining umumiy maqsadlariga zid kelmaydigan integratsiya aloqalarini, muassasalarning hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish va bir xil darajada rivojlantirish asosiy maqsaddir va ijtimoiy istiqbolni oshiradigan va sifatli umumiy ta’lim olish uchun to‘siqlarni kamaytiradigan yangi ta’lim dasturi bo‘lib qoladi.
Oliy ta’lim va umumiy o‘rta har bir ta’lim muassasasi ixtisoslashgan klaster tashkiloti, klaster rivojlanishini uslubiy, tashkiliy, ekspert-tahliliy va axborot bilan ta’minlash, klasterni rivojlantirish dasturi, klaster infiratuzilmasi, klaster a’zolari, klaster loyihasi, klaster tashabbuslari, klaster funktsional xaritasi va klasterni tashkil qilish sxemasi kabi talablar ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Insoniyat keyingi yillarda davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, sanoat va innovatsion rivojlanishda tub islohatlarni amalga oshirish lozimligini anglab etdi. Bunda moddiy va iqtisodiy resurslar emas, aynan zamonaviy ta’lim asosida shakllantirilgan kadrlar – inson kapitali muhim ahamiyat kasb etishi allaqon anglab etilgan haqiqat bo‘lib qoldi. Demak, ta’lim sohasini uzluksiz rivojlantirib borish, milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalangan va shu asnoda eng so‘nggi bilimlarni istifoda eta oladigan yosh avlodni etishtirish bugungi ta’limning bosh mezoniga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tizimida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohalar bo‘yicha integratsiyani kuchaytirish borasida klaster usuli samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu usul oliy ta’lim va o‘rta maktablarni o‘zaro yaqinlashtirish, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga zamonaviy ilm-fan va amaliyotda zarur bo‘ladigan ilmiy-amaliy bazalar, maktab faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalar amalga oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə