Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatiga javobgarlikni oshirish va



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə15/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatiga javobgarlikni oshirish va
nazorat qilishni takomillashtirishning ustuvor tamoyillari

Ta’lim sifati ta’lim tizimi va ta’lim muassasasi faoliyatining shaxsiy, ijtimoiy va me`yoriy talablarining real erishish mumkin bo‘lgan natijalari bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida sifat menejmentini tashkil etish murakkab jarayonlardan biri hisoblanib, oliy ta’lim muassasalarida o‘tilayotgan fanlarning nazariy yoki amaliy xususiyatga ega bo‘lishidan qat`i nazar, doimo o‘zgarish va yangilanishda bo‘ladi.


Ta’limda sifat menejmenti qat`iy nazoratga olinmasa, oliy ta’lim muassasasining o‘quv jarayonida ma’lum muammolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ta’limda sifat menejmentini tashkil etishda o‘quv jarayoni bilan bog‘liq omillarni e`tibordan chetda qoldirmaslik sifat menejmentining samarali ishlashini ta’minlaydi. Ta’lim muassasasida sifat menejmentini tashkil etish moslashgan boshqaruv va uzluksiz o‘quv tizimiga ega bo‘lish hamda boshqaruvni miqdordan sifat darajasiga o‘tishni talab etadi.
Ta’lim muassasasi sifat menejmenti ta’limni tashkil qilish, ta’minlash va boshqarish jarayonini qamrab olgan kompleks tizim bo‘lib, asosan o‘quv jarayonini nazarda tutadi23. Uning ichiga quyidagilar kiradi:
- professor-o‘qituvchilar, talabalar, o‘quv-yordamchi personal, ma’muriy xodimlar tarkibi;
- pedagogik texnologiyalar, tarbiyaviy jarayonlar, axborot ta’minoti, nazorat;
- moddiy-texnik ta’minot: binolar, dastgohlar, laboratoriya jihozlari, kantstovarlar, orgtexnika;
- me`yoriy-huquqiy va o‘quv-metodik ta’minot;
- motivatsiya.
Ta’lim sifati muammolarini hal qilishda tizimli yo‘nalishdan foydalanib, barcha omillarni birgalikda boshqarish zarur bo‘ladi. Bu zanjirdan biror-bir omilning tushib qolishi ta’lim sifatini boshqarish tizimining buzilishiga olib keladi. Ta’lim sifatini tahlil qilish va olingan ma’lumotlar asosida boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish ta’limning bir qator sifat tavsiflarini aniqlab olishni taqozo etadi. Ta’lim sifatining eng muhim tavsiflari quyidagilardan iborat.
Bilimlar hajmi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga muvofiq kelishi lozim. Bunda bilimlar miqdori olingan axborot miqdori emasligini tushunish kerak. Bilimlar tuzilishi turli tipdagi bilimlar bilan fan va faoliyatning turli sohalariga mansublik nisbatini ifodalaydi. Bilimlarning unumdorligi va amaliy qimmati ularning uyg‘unligiga bog‘liq bo‘ladi.
Professional fikrlash uslubi bilimlarni boshqarish qobiliyatini aks ettiradi. Ko‘pincha talabalar o‘z olgan bilimlarini amaliy faoliyat vazifalari bilan bog‘lay olmaydilar. Bu yerda fikrlash uslubi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Vaqt omili. Kasbiy muammolar va vazifalarni yichishda vaqtni taqsimlash va undan foydalanish ko‘nikmasi ta’limda vaqt omilini belgilaydi. Bunga ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlarni olib borishning texnologik xaritasini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Unga ko‘ra, mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi va talabalarga turli darajadagi rollar biriktiriladi. Ayniqsa, yangi pedagogik texnologiya larga asosan talaba mashg‘ulot davrida ustun mavqega ega. Uning mashg‘ulotdagi faol ishtiroki ko‘proq axborotlarni o‘zlashtirishga imkon yaratadi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə