Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə13/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining
kamchiliklari va dolzarb muammolari

Ma’lumki, har bir mamlakatning yuksalishi, rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi o‘sha mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir. Hozirda yangilanayotgan jamiyat uchun hamda erkinlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar uchun, avvalo, shu sifatlarga mos tarzda faoliyat ko‘rsatishga qodir ta’lim tizimi zarur. Shuning uchun ham ta’lim tizimiga O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish deb yondashiladi. Mustaqillik yillarida davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi. Hozirgi vaqtda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirishni moliyalashtirish asosiy o‘rin tutadi.


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ta’lim tizimi uch asosiy sababga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. Bular:·

  • kishilarning qonunga amal qilish va demokratik jamiyatga asoslangan jamiyatni qurishda ishtirok etish huquqidan foydalanishlarida ta’lim asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi;· ta’lim iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi va kishilarga iqtisodiyotga moddiy hissa qo‘shish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni be radi;

  • · ta’lim ijtimoiy boylikning muhim qismi hisoblanib, u o‘zbek xalqining boy tafakkuri va milliy merosini tiklashda asos vazifasini o‘taydi.

Ta’lim inson omiliga sarflanuvchi sarmoyadir. Umuman, jamiyat bundan manfaatdor. Zero, ta’lim darajasi va sifatining yuksalishi iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarning oqilona yichimlarini topib, pirovard natijada mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini belgilaydi.
Kuchli xalqaro raqobat sharoitida mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish uchun aholining intellektual salohiyatidan to‘liq va unumli foydalanishni ta’minlash zarur.

  • Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bilimli bo‘lish va iste`dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish ekanligi va ta’lim hamda tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifga egaligi qilib belgilangan.

Bilim ta’lim sohasining mahsuli sifatida o‘ziga xos belgilarga ega:
-bebaho ijtimoiy ne`mat;
-cheklanmagan va foydalangan sari kamaymaydi;
-makonga bog‘liq emas;
-qaytarilmaydi;
-vujudga keltirgan qiymati keyinchalik undan foydalanish intensivligiga bog‘liq emas;
-vaqt bilan bog‘liq; tezda tarqaladi va eskiradi;
-bilimlarni olguncha ularni ob`ektiv baholashning imkoniyati yo‘q.
O‘zbekistonda bozor islohotlarining boshlanishi rejali iqtisodiyot sharoitida kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan hamda davlatning nafaqat kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojining mayda ikir-chikirlarini, balki ta’lim shakli, uslubi va g‘oyasini ham belgilab beradigan tizimni jiddiy qayta qurishni taqozo etdi. Yangi sharoitlar oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash tuzilmasi, ularning bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan talabni o‘zgartirdi. Endilikda yangi bilimlarni amalda qo‘llay oladigan, muayyan kasb sohasidagi innovatsion imkoniyatlar ko‘lamini tushuna oladigan kadrlarga talab yuqoridir. Bular nafaqat joriy xo‘jalik va ishlab chiqarish masalalarini malakali hal qiladigan, balki to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, tahliliy qobiliyatga ega, yuqori darajali mutaxassislar bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonning zamonaviy industrial dunyoga qo‘shilishga intilishi undan tez o‘zgarib turuvchi mehnat bozori ehtiyojlariga moslashishga qodir bo‘lgan oliy ta’lim tizimini yaratishni qat`iy talab qildi. Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish va ular tomonidan sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini rag‘batlantiruvchi raqobatni kuchaytirish zaruriyatga aylandi.
Jamiyatni rivojlantirishdagi zamonaviy tamoyillar yuqori sifatli kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishning tubdan yangi bosqichiga o‘tishni talab qildi. 1997 yilda ta’limning barcha sohalari, shu jumladan, oliy ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab bergan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
Biroq bugungi kunda oliy ta’limda ta’lim muassasalari orasida raqobatning sustligi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim potentsialini yaxshilashga yordam berishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan rag‘batlantirish vositalari va omillari yaratilishini jiddiy qiyinlashtirmoqda. Bularning barchasi o‘quv yurtlarining mehnat bozori ehtiyojlariga tezkor va moslashuvchan javob berishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, mamlakatimizning ta’lim tizimini isloh qilishga oid quyidagi tamoyil va yondashuvlar halqaro miqyosda ham tan olinmoqda:
1. XXI asr – intellektual tafakkur asrida inson kapitaliga investitsiya yo‘naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlargina yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin. Faqat shunday jamiyatgina zamonaviy tahdid va muammolarni engib o‘tishga qodir bo‘ladi.
2. Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozoridagi raqobatdoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligiga, balki, birinchi navbatda, zamonaviy, muntazam yangilanib turadigan texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir, yuksak bilimli va intizomli ishchi kuchini muntazam tayyor lab borilishiga ham bog‘liq. Bunday ishchi kuchisiz iqtisodiyotning yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tuzilmasini shakllantiradigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil yitib bo‘lmaydi.
3. Har qanday davlat o‘zining intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishdan manfaatdor bo‘lmog‘i kerak.
4. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni umumlashtirgan holda, zamonaviy bilim, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan odamlargina rivojlanishda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha oladi.
5. Jamiyatda bilimli, ma’lumotli va yuksak intellektga ega bo‘lgan odamlarning mavqeini oshirish ta’lim tizimini isloh etishning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi lozim.
6. Ta’lim sohasida, zamonaviy kadrlar talab qilinadigan tarmoqlar vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni muntazam rivojlantirish zarur.
Oliy ta’lim muassasasi layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichi uning jamiyatdagi o‘zgarishlarni oldindan ilg‘ab olish va faoliyatini shu asosda tashkil etishga qodirligidadir. Faqat shundagina uning ilmiy-ta’limiy faoliyati natijalariga to‘liq hajmda jamiyat tomonidan talab mavjud bo‘ladi. Ish beruvchilarning tanloviga oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy ahamiyati va nufuzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ta’limning sifatli bo‘lishidan jamiyat manfaatdor ekan, bu ishni amalga oshirish nafaqat davlat, balki jamiyatning barcha a’zolariga taalluqli bo‘lishi zarur.
Avvalo, ta’lim oluvchilar mavjud shartsharoitlardan to‘laqonli va samarali foydalanishlari kerak. Bugungi kunda talabada avvalgilariga qaraganda ko‘proq bilim olish imkoni mavjud. Yoshlarimiz ilm haqiqiy boylik ekanligini tushunib borishlari lozim.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə