Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim sohasida elektron ta’lim trenajyorlari, gadjetlardan



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə11/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim sohasida elektron ta’lim trenajyorlari, gadjetlardan
foydalanishdagi dolzarb jixatlari

O‘zbekistan Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoev o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zlaganda «Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok yitib, munosib hissa qo‘shadilar», deb ta’kidlab o‘tgan edi.


Dars jarayonida zamonaviy pedagagik texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy axborot texiologiyalaridan foydalaiish ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buniig uchun fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydananish ijobiy natijalarga erishishga imkon bermoqda. Bunday vositalarni tafsivlovchi atamalar va tushunchalarni kiritishga turli yondashuvlar mavjud. Ko‘pincha ilmiy va o‘quv-metodik manbalarda ular pedagogik dasturiy vositalar, kompyuterli o‘quv vositalari, o‘quv kompyuterli dasturlar, o‘quv maqsadli pedagogik vositalar deb nomlanadi. Ushbu atamalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Biz kompyuter va telekommunikatsiya texnikalaridan foydalanib ishlaydigan va bevosita ta’lim oluvchilarni o‘qitishda qo‘llaniladigan vositalarni nomlash uchun o‘qitishning elektron vositalar» atamasidan foydalanamiz.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish o‘qitishni takomillashtirish, ya’ni yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng targ‘ib qilish, kompyuterli avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimini ta’limda qo‘llash, yangi texnikaviy va didaktik vositalar hamda multimedia imkoniyatlaridan foydalanish, masofaviy ta’limni joriy qilish orqali bajariladi.
Mutaxassislar o‘qitish texnologiyasi tushunchasi va uning rivojlanishini uch bosqichga bo‘lib o‘rganish lozim deb hisoblaydilar. Birinchi bosqich - o‘qitish jarayonini faqat o‘qituvchining o‘zi olib borar edi. Ta’kidlaganidek, inson tajribasi o‘qitish texnologiyasi funktsiyasini bajargan.
Ikkinchi bosqich - darslik va qo‘llanmalar chop etila boshlagandan so‘ng o‘qitish texnologiyasi mazmunida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘qituvchiga yordam beruvchi turli didaktik materiallar vujudga keldi.
Uchinchi bosqich - o‘qitish texnologiyasi mazmunan yanada boyidi. O‘qituvchi va talabalar uchun yuqoridagilar qatoriga audio-video texnik vositalari, o‘rgatuvchi mashinalar ham qo‘shildi. O‘tgan asrning 60 yillarida ta’lim texnik vositalarining rivojlanishi axborot sig‘imi va axborot o‘tkazish tarmoqlarini kengaytirdi. Axborot saqlashning yangi usullari - magnit, ramqali optik yozuvlar va ular asosida yaratilgan magnit disklari, disketalar, kompakt disklar, CD-ROM, flesh kart, hard kabilarning paydo bo‘lishi axborot saqlashnish kompyuterlashtirilgan tizimi, lazerli aloqa tarmog‘i, mikroelektron qurilmalar va boshqa axborot vositalaridan o‘quv jarayonida foydalanishga yo‘l ochdi. Natijada o‘qitish takomillashdi, -Kompyuter texnologiyasi‖ va -yangi axborot texnologiyasi‖ kabi tushunchalar vujudga keldi. Bu texnologiyalar pedagogik texnologiyani amalga oshirishda zamonaviy texnik Asrlar davomida odamzodning madaniy taraqqiyoti texnik ixtirolar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Richag, gildirak, blok ibtidoiy odamlarga og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishga imkon berdi. Bu, o‘z navbatida, qo‘l hunarmandchiligiga yo‘l ochdi. Qo‘l hunarmandchiligi asosida dehqonchilik, quruvchilik, dengizda suzish kasblari rivojlandi. Amaliy kunikmalarning to‘planib borishi sekin-asta nazariy bilimlarga yo‘l ochib berdi. Lekin qo‘l kuchiga asoslangan turmush jarayonida maxsulot ishlab chiqarish chegaralangan edi. Hunarmand o‘stalarning kasb mahorati individual bo‘lib, keng ommaga yoyilgan. Ular kasb sirlarini o‘rnak sifatida shaxsiy mehnatlari orqali shogirdlariga o‘rgatganlar. Taraqqiyot, ijtimoiy va madaniy rivojlanish sust bo‘lgan.
XVI asrga kelib ixtiro qilingan mexanik qurilmalar muskul kuchini chegaralay boshladi. XVIII asrdagi ilmiy izlanishlar ishlab chiqarish sohasidagi revol yutsiyaga turtki berdi. Par mashinasining ixtiro qilinishi natijasida hamma muskul kuchi bilan ishlaydigan dastgohlar par mashinasi yordamida xarakatlanadigan dastgohlarga almashtirildi. Ixtirochilik, bilimga bulgan chanqoqlik ushbu davrda avj oldi. Ilmdagi va ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarga qaramay, kelajak avlodni o‘qitish usullari unchalik o‘zgarmadi. Asrlar davomida kitob ilm olishda asosiy yordamchi bo‘lib qolaverdi. Albatta, o‘qituvchilar chyot, doska, globus kabilardan avvallari ham foydalanganlar. Lekin auditoriyalarini xaqiqiy mexanizatsiyalash XX asrning ikkinchi yarmidan amalga osha boshladi.
Bu davrda elektron texnika, hisoblash texnikasi, yadro energetikasi, kosmos, kibernetika sohasida katta kashfiyotlar qilindi, ular asosida yangi texnika va texnologiyalar yaratildi, avtomatlashtirilgan zavodlar barpo qilindi.
Fan va texnika sohasidagi bu ulkan o‘zgarishlar shu sohada ishlovchi kadrlar sonining, chop qilinayotgan maqolalar sonining va iqtisodiy xarajatlarning eksponentsial o‘sishiga olib keldi.
Birinchidan, informatsiya bitmas-tuganmas bo‘lib, oson va tez nusxalanadi, tejamli, ekologik toza, saqlash vaqtiga bog‘liq emas. Aholi sonining o‘sib borishi bilan bir qatorda u borgan sari -yosharib‖ ham bordi. O‘suvchilar sonining uzluksiz o‘sishi va ularning zamonaviy ta’lim olishlari uchun zarur bo‘lgan ilm miqdori, ya’ni informatsiya miqdorining ko‘payib borishi maorif sohasida qiyin muammolarni vujudga keltirdi. Ma’lumki, o‘quv rejalarini va o‘qitish soatlarini cheksiz oshirish mo‘mkin emas. Shu sababli o‘qitish jarayonining ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, ya’ni uni jadallashtirish, optimallashtirish zaruriyati tug‘ildi.
O‘qitish jarayonini jadallashtirish va optimallashtirish deganda o‘quvchi va pedagogning mehnat samaradorligini oshiruvchi, vaqt birligi ichida o‘quv informatsiyasi miqdorini o‘quvchilarga yitkazishni ko‘paytiruvchi va uni yaxshi o‘zlashtirishga imkon beruvchi tadbirlar nazarda tutiladi. Pedagogik texnologiyada o‘qitish jarayonini jadallashtirish va optimallashtirish tadbirlaridan biri o‘quv mazmunini bayon qilishda kurgazmalilik tamoyilini targ‘ib qilinishi, zamonaviy kompyuterli audio-video, multimedia imkoniyatlaridan keng foydalaniщdir.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə