Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’limda gender tenglik masalasi, samarali o‘qitishning



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə19/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’limda gender tenglik masalasi, samarali o‘qitishning
maxsus talablari

Mamlakatimizda o‘tgan asrning oxirlarigagina kelib ta’lim jarayonida gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olish haqidagi fikrlar ilgari surila boshlandi. Aslida gender feministik nazariyaning davomi sifatida vujudga kelgan yondashuvdir. YUNESKOning 1998 yil 9 oktyabrdagi anjumanida oliy ta’lim tizimining maqsadi zo‘ravonlik va zulmdan xoli bo‘lgan jamiyatni barpo etish ekanligi e`tirof etildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy usullarni qo‘llagan holda o‘quv dasturlarini qayta ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan. Yangidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida erkak va ayollar tengligi, qolaversa, barcha fanlarning gender omillari hisobga olingan. Jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki urinishlar BMTning «Taraqqiyot» dasturi, YUNESKO, «Ochiq jamiyat» «Ko‘mak» jamg‘armasi instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Natijada gender tadqiqotlari kursi Moskva davlat universiteti, Xarkov universiteti va MDH davlatlarining qator oliy ta’lim muassasalari dasturlariga joriy etildi.


BMT Bosh Assambleyasining 2000 yildagi «Xotin-qizlar – 2000: Gender tenglik, taraqqiyot va tinchlik» mavzusidagi maxsus sessiyasi materiallari, Jahon banki tomonidan tayyorlangan so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish bilan gender tenglik o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Mazkur muammoning jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini so‘nggi yillarda Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganligi misolida ham yaqqol kuzatish mumkin.
O‘zbekistonning ba’zi oliy ta’lim muassasalarida 2001 yildan boshlab, tashabbuskor o‘qituvchilar tomonidan maxsus kurslar shaklida gender tadqiqotlarining u yoki bu jihatlarini yorituvchi ma’ruzalar o‘qilmoqda. Bu boradagi tajribalar talabalarning gender tadqiqotlariga qiziqishi kuchli ekanligini ko‘rsatdi. Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishigagina emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz.
Gender farqlar hamda o‘xshashliklar ta’lim jarayonida qiz va o‘g‘il bolalar o‘quv faoliyatidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. U yoki bu jinsga mansublik o‘quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz va o‘g‘il bolalar orasidagi gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olishga qaratilgan tadqiqotlar amalda gender pedagogikasi hamda psixologiyasida bir qadar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya hamda bu jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo‘nalishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jinsga asoslangan ta’lim-tarbiya – o‘quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan ta’limiy-tarbiyaviy, ma’rifiy vositalar yig‘indisidir.
Bugungi kunda o‘quv-biluv jarayonida gender farqlar va o‘ziga xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida e`tirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas. O‘quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o‘ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, ta’lim natijasining samaradorligini ta’minlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo‘lmoqda. Ayniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
«Gender» atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim R.Stoller tomonidan ilmiy iste`molga kiritilgan bo‘lib, «jins» ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari hampsixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsada, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. «Gender tarixi», «Gender psixologiyasi», «Falsafaning gender tomonlari», «Gender antropologiyasi», «Gender sotsiologiyasi», keyinchalik esa «Gender pedagogikasi» kabi fan tarmoqlari shakllandi.
«Gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiypsixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Mazkur tushuncha yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bog‘liqdir. Gender konsepsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kategoriyasi sifatida MDH mintaqasida rivojlanmokda. Ayni paytda, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina va sobiq ittifoq hududidagi boshqa respublikalarda gender tadqiqotlari kursini oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga joriy etish borasida qator yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta’lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta’limni insonparvarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’lim tizimidagi gender tenglikni ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilgan. Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi o‘g‘il bolalar soni ham qiz bolalarga qaraganda ko‘proq. Buning sababi, oliy ma’lumotli ayol va qizlarning ishlash imkoniyatlari erkaklarnikiga qaraganda kamroq ekanligidadir. Chunki ota-onalar ularning o‘qishiga sarflanadigan mablag‘ kam samarali bo‘lib, oila byudjetiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblashlari taxmin qilinadi. O‘zbekistonda ta’limning yuqori bosqichlari, shu jumladan, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarida gender balansi muammolari mavjud. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardan boshlab O‘zbekiston hukumati tomonidan bu tendentsiyani bartaraf etish va barcha jabhalarda ayollar mavqeini ko‘tarish borasida sezilarli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarning jamiyat va oiladagi mavqelarini anglatish, ularni oila va jamiyat hayotiga to‘g‘ri tayyorlashga dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston hukumati 1995 yil 4-15 sentyabrda Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan xotin-qizlar ahvoli bo‘yicha to‘rtinchi umumjahon anjumanining yakuniy hujjatlarida qabul qilingan qarorlarga to‘la qo‘shiladi36. Chunonchi, mazkur qarorning 12-bandida: «Xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish va ahvolini yaxshilashga, jumladan, fikrlash, e`tiqod, din va qarashlariga, axloqiy, ma’naviy, ruhiy va intellektual talablarining individual tarzda yoki boshqalar bilan birga qondirilishiga, natijada jamiyatda o‘z hayotini o‘z orzu-istaklariga mos ravishda shakllantirishda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etilishini kafolatlashga qo‘shilishimizni tasdiqlaymiz» deyilgan. 27-bandida esa: «Xotin-qizlarga bazaviy ta’lim, uzluksiz ta’lim, xat-savodga o‘rgatish, kasb-hunarga tayyorlash va birlamchi – tibbiy insonparvarlik yordamini ko‘rsatish orqali to‘xtovsiz iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish» g‘oyalari bayon etilgan.
30-bandida: «Xotin-qizlar va erkaklar uchun ta’lim va tibbiy yordam olishga keng imkoniyatlar yaratish va ushbu sohalarda ularga teng munosabatni ta’minlash, xotin-qizlarning jinsiy va reproduktiv salomatligini yaxshilashga, shu-ningdek, ularning ma’lumot darajasini yaxshilashga erishish»37 haqida fikr yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’lim tizimidagi gender tenglikni ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilgan. 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida barcha ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi, kasb tanlovchi o‘g‘il va qiz bolalarning teng huquqliligi ta’minlangan. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 3.3.1-bandi – «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari» bandida «ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi»38 nazarda tutilgan.
Ta’lim tizimi jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma’naviy va iqtisodiy rivojlanishningmuhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mustaqil mamlakatimizda ta’lim sohasiga yil sayin katta e`tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa ta’lim tizimining barcha bosqichlari: maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy ta’limnings yuqori bosqichlarigacha bo‘lgan bo‘g‘inlar zimmasiga yuklatilgan. Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondashuvlar va nuqtai nazarlarning xilma-xilligiga qaramay, ikkita konsepsiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu konsepsiyalar quyidagilardan iborat: 1) genderning ijtimoiy tuzilishi nazariyasi; 2) gender tizimi nazariyasi. Genderga ijtimoiy jihatdan bo‘lgan yondashuv quyidagilardan iborat bo‘ladi: biologik nuqtai nazardan jins muayyan jamiyatda qaror topgan jinsga xos bo‘lgan vazifalar va o‘g‘il hamda qiz bolalarning o‘ziga xos xatti-harakatlari, o‘zaro hamkorligining ijtimoiy me`yorlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman ko‘rinishlari. O‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro hamkorligi tushunchasi R.Xof39 tomonidan kiritilgan bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalarning ma’naviy-madaniy qiyofalarini ifodalaydi. Ushbu yondashuvga muvofiq ravishda gender muayyan jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning o‘lchovi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta’lim tizimida talabalar tomonidan o‘rganilishi gender yondashuv asosida talabaqizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko‘mak beradi. Oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari, jamiyatshunoslik, madaniyatshunoslik, O‘zbekiston tarixi, pedagogika tarixi, dinshunoslik kabi fanlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga imkoniyat yaratib, jamiyatga adaptatsiya jarayonini mukammalashtiradi. Gender nazariyasi ta’lim jarayonida o‘g‘il bolalar va qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtai nazardan yondashadi. Bu yondashuvda jinslar o‘rtasidagi asosiy farqlar ijtimoiy o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me`yorlar va madaniy qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta’lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Hozirgi davrda oila, ta’lim, din, madaniyat kabi jamiyatdagi ijtimoiy insititutlarning o‘quvchi va talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi. Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta’lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta’limni gumanitarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud o‘quv dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qo‘llagan holda takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan o‘quv dasturlarida o‘g‘il va qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim jarayoni yangi o‘quv vositalari – metodik materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. O‘z navbatida, o‘quv-metodik materiallar nazorat vositalari bilan bog‘liq ravishda tanlanishi lozim. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olishida o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mana shunday o‘zgarishlar barcha jabhalarda bo‘lgani singari ta’limtarbiya tizimida ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, o‘quvchilar dunyoqarashida milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, ta’lim tizimini qayta qurish, har tomonlama etuk, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash bosh vazifa qilib qo‘yildi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-intellektual hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi kunda o‘quv jarayonini shaxsning gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Gender tenglik va farqlarni hisobga olgan holda taqdim etilgan o‘quv materiallari yordamida talabalarda kuzatuvchanlik, loyihalash, faraz qilish, taxminlash, bashorat qilish ko‘nikmalari izchil shakllanib boradi.
Zero, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamda o‘quv munosabatlarini tartibga solish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Chunki o‘quv jarayonlari orqali istiqbolda jamiyatning erkak hamda ayol a’zolari orasidagi ijtimoiy munosabatlar qaror topadi.
Ta’limda jarayonida androgogik talablar

O‘zbekiston ta’lim tizimini halqaro tajribalarga mos ravishda rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da muhim vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan birini “shaxsning bilim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi”ni to‘liq ta’minlashdir40. Shu jihatdan katta yoshlarning ta’limini yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligiga erishish mazkur vazifalardan hisoblanadi. Bu o‘rinda e`tiboringizni androgogik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari taxliliga e`tiboringizni tortamiz. “Androgogik ta’lim” tushunchasi mazmuni. “Androgogika” tushunchasi lotincha bo‘lib, “katta yoshlilar ta’limi” ma’nosini anglatadi41.


Androgogika Umumiy pedagogika fanining tarkibiy qismlaridan bo‘lib, o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab mustaqil fan sifatida tarkib topgan. Mazkur ta’limda quyidagilarga asosiy e`tibor beriladi:
- katta yoshlilarning o‘qish va o‘rganish jarayonidagi o‘ziga xosliklarini
hisobga olish;
- katta yoshlilarning kasbiy ehtiyoj va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish;
- katta yoshlilarning ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;
- katta yoshlilarning dunyoqarashini korrektsiyalash.
E`tibor berilsa, androgogik ta’limning bu xususiyatlari umumiy ta’limning asoslariga tayansa-da, lekin mazmun jihatidan farq qiladi. Bu farq va o‘ziga xoslik katta yoshlilarning aqliy, ruhiy va estetik imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli androgogik ta’lim umumiy ta’lim berishning murakkab va eng muhim yo‘nalishidan biri bo‘lib kelmoqda. Mazkur ta’limni amalga oshirish uchun pedagoglardan maxsus tayyorgarlik taqozo etiladi.
Androgogik ta’lim oluvchilar sub`ektlari. O‘zbekistonda androgogik ta’lim berish asosan mustaqillik yillarida yo‘lga qo‘yildi. Shu sababli bu borada androgogik ta’lim nazariyasi, metodologiyasi, texnologiyasi va amaliyoti asoslari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Biroq bu borada hozircha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan konseptual yondashuv taqdim etilganicha yo‘q. Shu jihatdan androgogik ta’lim oluvchilar sub`ektlarini belgilab olish bu boradagi asosiy yondashuvlardan biri bo‘lib turibdi.
Mamlakatimizda androgogik ta’lim oluvchilar sub`ektlarini belgilashda ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar, davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asos hisoblanadi. Bu o‘rinda e`tiboringizni O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020 yil 23 sentyabr) asosida androgogik ta’lim oluvchilar sub`ektlari tahliliga tortamiz.
a) androgogik ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati. O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida”gi Qonunida 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar deb belgilangan42. Shu jihatdan androgogik ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatini mamlakatimizda 31 yoshdan yuqori yoshdagi shaxslar deb belgilash mumkin. Demak, O‘zbekistonda 31 yoshdan yuqoridagi kishilar “katta yoshlilar” deb hisoblanadi va aynan mana shu yoshdagiga androgogik ta’lim oluvchilarning asosiy sub`ektlari deb qabul qilinadi;
b) androgogik ta’lim berish xususiyati. O‘zbekistonda aholining salkam 100 foizi o‘rta umumiy ma’lumotga ega. Androgogik ta’limda esa boshlang‘ich ta’limdan to oliy ta’limgacha bosqichlarda ta’lim berish nazarda utiladi. Shu jihatdan mamlakatimizda androgogik ta’lim berish ta’limning quyidagi turlariga asoslanishini ta’kidlab o‘tish joiz:
- katta yoshlar ehtiyojiga ko‘ra ularga o‘rta maxsus va professional ta’lim berish;
- murakkab texnologik yondashuvlar talab qilmaydigan va qisqa muddatga ega oliy ma’lumotli mutaxassislik bo‘yicha ta’lim berish;
- katta yoshlilarni zamonaviy va yangi, qulay va murakkab bo‘lmagan kasblar turlari bilan qurollantirish.
- e`tibor berilsa, mamlakatimizda androgogik ta’lim berish o‘ziga xos xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi;
- androgogik ta’lim oluvchilarning dunyoqarashini korrektsiyalash.
Jamiyatimizning hozirgi rivojlanish jarayonida zamonaviy yondashuvlar, yangicha fikrlar va texnologik omillar birlamchi hisoblanmoqda. Bunday sharoitda katta yoshlilarning jamiyat ehtiyojlariga moslashuvini amalga oshirish taqozo etiladi. SHu sababli qisqa muddatli o‘quv kurslari vositasida androgogik ta’lim oluvchilarning dunyoqarashi korrektsiyalab boriladi, ya’ni ularga bo‘layotgan yangiliklar, tushunchalar va yondashuvlar sharhlab beriladi.
Natijada katta yoshlilarning jamiyatga moslashuvi va uning faoliyatida ishtirok etishi kuchayadi. Androgogik ta’lim zaruriyati. Har bir jamiyatda, jumladan, O‘zbekistonda androgogik ta’lim vositasida katta yoshlilarni faollashtirib borish imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Shu jihatdan androgogik ta’lim zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
- jamiyatning katta yoshlilar faoliyati va faolligiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash;
- katta yoshlilarning bilim olish, kasb-hunar o‘rganish konstituttsiyaviy huquqlarini “Hayot davomida ta’lim” tamoyili asosida to‘liq ta’minlash;
- katta yoshlilarning hayotiy tajribalarini yoshlar tarbiyasi va jamiyat rivojida foydalanishga yo‘naltirish.
Bularning barchasi androgogik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini belgilaydi. Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy ta’lim dasturi”da “Hayot davomida ta’lim” tamoyili asosida mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish vazifalari belgilangan. Shu jihatdan katta yoshlilar ta’limini tashkil etishning o‘ziga xos mexanizmlarini ishlab chiqish va androgogik ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarini aniq belgilab qo‘yishga ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari, oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarga Androgogika asoslari bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka berish taqozo etiladi.
Shunday qilib androgogik ta’lim shaxs va jamiyatning yuksak ta’limga bo‘lgan ehtiyojini amalga oshiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, uning shakli mamlakatimizda milliy tajriba hamda yondashuvlardan kelib chiqib tarkib toptiriladi. Bu borada nazariy, metogdologik va amaliy tadqiqotlarni yaratish dolzarb bo‘lib turibdi.



Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə