Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim texnologiyalarini qo‘llash muammolari



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə10/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim texnologiyalarini qo‘llash muammolari
va samarali takliflar

Mamlakatimiz ta’lim tizimining hozirgi taraqqiyoti bosqichi, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining illiy va tarixiy, mafkuraviy shart-sharoitlariga javob berishi, ta’limning an`anaviy modellari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida darslar tizimi, oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza, seminar kabi ta’lim metodlari hukmron bo‘lgan vaqtda shu davrga mos keluvchi texnologiyalarni qo‘llash ijobiy natija berishi shubhasiz.


Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi, chunonchi, AQSH, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Isroil, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinayotgan «hamkorlikda o‘qitish», «loyihalar metodi», «tabaqalashgan o‘qitish», «o‘qituvchi papkasi», «o‘qitishga individual va tabaqali yondashish» kabi texnologiyalardan foydalanishni lozim deb hisoblaymiz19. Bularni o‘z ish tajribasida qo‘llashda ixtiyoriylik printsipidan kelib chiqish bilan birga birdaniga sakrab o‘tish ma’muriy majbur qilishdan saqlanish lozim. Bunda ma’muriy aralashish faqat ular ni qo‘llash uchun tashkiliy-pedagogik, moddiy baza yaratish, o‘quv jarayoni va o‘quv xonalarini jihozlash jihatidan bo‘lishi mumkin. Ularning qaysi birini tanlashda pedagog o‘z imkoniyatidan kelib chiqishi zarur.
Rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilayotgan hamkorlikda o‘qitish, loyihalar metodi, tabaqalashgan o‘qitish, o‘quvchi papkasi kabi texnologiyalarni tanlashda yuqoridagi shart-sharoitlardan tashqari, mavjud ta’lim texnologiyalari: dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda hamda hozirgi ta’lim mazmunini inkor qilmagan holda, ishlab chiqilgan DTS, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish (reyting, test) shakllariga mos kelishi ham nazarda tutiladi.
Hozirgi o‘qitishda har bir ta’lim oluvchining faqat o‘zi bilimni o‘zlashtirishdan manfaatdorligi asosida unda shakllanuvchi raqobat, dimog‘dorlik, qo‘pollik, manmanlik, avtoritar xislatlardan xalos bo‘lishga zamin tayyorlaydi. Bu esa hozirgi ta’lim islohotining talablariga hamohang. Mazkur texnologiyalarning ta’limdagi asosiy mohiyati ta’lim oluvchi shaxs kamoloti, tanqidiy fikr lashi hamda o‘ziga xos individualligiga asoslanishi. Shu bilan birga o‘quvchilarning an`anaviy ta’limdagi faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni takrorlashga muqobil metod sifatida xizmat qilishi. Mazkur texnologiyalar metodik jihatdan «o‘zbek modeli»ning bosqichma-bosqich rivojlanish nazariyasiga mos kelib, ta’limni tadrijiy tarzda mazmun-mohiyati bilan zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ko‘rish imkoniyatini beradi.
Darhaqiqat, ta’lim texnologiyalarini yaxlitlikda ta’lim jarayoniga qo‘llash innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ular psixologik va pedagogik mohiyati bilan insonparvarlik tavsifiga ega bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya. Hamkorlikda o‘qitish, loyihalar metodi, tabaqali o‘qitish, «o‘quvchi papkasi» mazmun-mohiyati jihatdan o‘zaro bog‘liq holda bir-birini taqozo qiladi va o‘z navbatida yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi. Bular ta’lim oluvchilarni halollik, oshkoralik, boshqalarga g‘amxo‘rlik, saxovat, samimiylik, o‘zaro yordam ruhida tarbiyalaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarga e`tibor berish lozim20:
– ta’lim oluvchi tajribasi, bilimning tabaqaliligi, texnologiya ta’limi o‘quv faniga qiziqishi, bilim saviyasi;
– ta’lim oluvchining psixik xususiyati (xotira, idrok, tafakkur, o‘z hissiyotini boshqara olish);
– fe`l-atvorining xususiyati va mijozining xususiyati.
Demak, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos belgilari e`tibordan soqit qilinmasligi lozim.
Izlanish ob`ekti. O‘qitishda ta’lim texnologiyalari asosini kichik guruhlarda ta’lim berish tashkil qiladi. Uning g‘oyasi XX asrning 20 yillarida amerikalik faylasuf va pedagog (pragmatizm falsafasining asoschisi) Djon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ammo uning texnologik asoslari, ya’ni kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish ta’limning amaliy tomoni shaxsni kelajak hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash, ya’ni inson uchun o‘qitishning foydali tomoni XX asrning 70-80 yillarida Angliya, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil kabi mamlakatlarda turlicha shakllari paydo bo‘la boshladi. Uning nazariy-mafkuraviy asosi XX asrning 80-yillarida AQSHning Jon Xopkins universiteti professori R.Slavik, Minnesota universiteti professorlari Rojers Jonson va Devid Jokson, Kaliforniya universiteti olimlari guruhi D.J.Aronson boshchiligida hamda Isroilning Tel-Aviv universiteti olimlari guruhi tomonidan Sholomo Sharon rahbarligida ishlab chiqildi. Ta’lim texnologiyalarining mohiyatini
tushunish uchun pedagogik amaliyotda uchraydigan bitta faktga murojaat qilaylik. Bu ham bo‘lsa, o‘quvchining ta’lim jarayonida o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtira olmasligi yoki amaliy ishlarda xato qilishi. «Xato» - o‘quv materiali mazmun-mohiyatini noto‘g‘ri tushunish, noto‘g‘ri fikrlash, bilimnig to‘liqmasligi, diqqatini o‘qishga qarata olmaslik tarzida bo‘lishi. Buni tuzatish uchun qo‘shimcha mashq qilish, qo‘shimcha dars o‘tish lozim bo‘ladi. Bu xatolikni tahlil qilib, uni o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liqlik yoki o‘quvchilarning materialini o‘zlashtirishlari uchun yitarli vaqt ajrata olmaganligi aniqlandi.
Pedagog bu tashxis asosida o‘zining o‘qitish texnologiyasiga ma’lum metodik o‘zgarish kiritadi. Agar o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘zlashtirishga qo‘shimcha vaqt ajratish lozim bo‘lsa, ularning har bir guruhdagi hamkorlikdagi faoliyati orqali xatoni tuzatadi. Ammo o‘qituvi bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchiga yordam bera olmaydi. Shu bois bu mas`uliyatni guruh o‘z zimmasiga oladi. Chunki hamkorlik g‘oyasiga asosan o‘zlashtirishni baholash tarzida emas, balki butun guruh o‘quvchilariga birday baho qo‘yiladi, ya’ni ularning umumiy o‘zlashtirish darajasi muhim hisoblanadi.
O‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilar kuchli o‘quvchilar yordamida o‘quv materialini yitarli darajada o‘zlashtirishga erishadi. Ta’lim natijasida ayrim o‘quvchi emas, balki butun guruh manfaatdor bo‘ladi. O‘quvchining o‘qishdagi muvaffaqiyati butun guruh faoliyati mazmuniga bog‘liqlik mas`uliyatini sezishi birlashishga, hamkorlikka undab, o‘quvchilarni umumiy maqsad yo‘lida birlashtiradi.
Ta’lim texnologiyalari faqat ta’limiy jihatdan ahamiyatli bo‘lmasdan, balki tarbiyaviy tomondan ham o‘quvchilarning intellektual va ahamiyatli kamolotiga kuchli ta’sir qiladi. Hamkorlikda o‘qitishning muhim jihati jamoaviy faoliyat ko‘rsatish bo‘lib, bunda o‘quvchilar o‘zaro hamkorligi bir-biriga bog‘liqlik hissiyotlari o‘zaro harakatlari, faoliyatini muvofiqlashtirish munosabatlari shakllanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, o‘zaro muloqot ko‘nikma va malakalarining shakllanishi uchun muhim vosita hisoblanadi21.
O‘quvchilarga yoshligidan boshlab bir-biriga yordam hissiyotlarini rivojlantirib, darsda emas, balki yashash tarzida va butun hayoti davomida birovga yordamga kelish har qanday muammoni birgalikda hal qilishdan quvonish kabi shaxsiy sifatlarga aylanadi. Xo‘sh, hamkorikda o‘qitish texnologiyasining mohiyati yoki didaktik asoslari nimada? Bu usul o‘quvchilar harakatlarini ma’lum ketma-ketlik va izchillikda bajarishi bo‘lib, o‘qitishning u yoki bu metodlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Yoki metodlar majmuasi bo‘lib, ta’limga ma’lum yondashishni ta’minlaydigan didaktik tizim.
Qo‘llanilgan uslub. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishning turli metod va vositalari o‘qitishda ta’lim texnologiyalari printsiplarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu majmualar o‘z navbatida o‘qitishning texnologik asosini tashkil etadi. Faqat shunday asosda ko‘rilgan didaktik tizim pedagogik jarayonda sinalgan metod va vositalar texnologiyasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Didaktik tizimning asosini o‘qitish metodlari majmuasi tashkil yitib, ular ma’lum nazariy asos, printsiplarga va ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.
Tanlanadigan o‘qitishning metod va vositalari ta’lim texnologiyalari talablaridan kelib chiqishi lozim. Ta’lim texnologiyalari turli mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bunda uning hamma joyda bir xil qolipda emas, balki turli xilda qo‘llab boyitish, turli variantlar shakllanishi e`tiborga molik. Masalan, AQSHdagi Jon Xopkins universitetida komanda tarzida o‘qitish keng qo‘llaniladi. Bunda asosiy e`tibor ta’limning guruhi maqsadiga qaratilib, guruh muvafaqiyati uning har bir a’zosi mustaqil ishining natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
Guruhning har bir a’zosi boshqalar bilan doimiy o‘zaro hamkorlikda o‘rganiladigan mavzu (muammo) ustida ish olib boradi. Guruh har bir a’zosining vazifasi birgalikda muammoni hal qilib, birgalikda bilish asosida komandaning har bir a’zosi zarur bilimlarni egallab, kerakli ko‘nikma va malakalar shakl lanishiga erishiladi. Bunda butun komanda har bir o‘quvchining nimaga erishganini bilishi muhim hisoblanadi. Butun guruh o‘quv materialini uning har bir a’zosi egallashidan manfaatdor. Chunki butun komanda muvafaqiyati har bir a’zoning qo‘shgan ulushi va guruhning hamkorlikda o‘z oldiga qo‘ygan masalani yichishiga bog‘liq.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi quyidagi uch asosiy printsipga asoslanadi22.
«Taqdirlash» - butun guruh ball tariqasida yoki taqdirlash sertifikat, maqtov, maxsus mukofot sifatida birgalikdagi ishiga baho oladi. Buning uchun butun guruhga berilgan bitta topshiriq bajariladi. Har bir o‘quvchining shaxsiy mas`uliyati butun guruhning yutug‘i va kamchiligini belgilaydi. Bu esa guruh a’zolarining har biri faoliyati, shuningdek, boshqalar faoliyatini nazorat qilishi, o‘quv materialini o‘rtog‘ining o‘zlashtirishi va tushunishiga yordamlashishiga zamin hozirlaydi. Guruh a’zolarining o‘z bilimlarini turlicha baholash va nazorat qilishga tayyor turishlarini ta’minlaydi.
Guruhlar har bir o‘quvchining o‘zlashtirishdagi teng imkoniyatlari o‘z komandasiga olib keladigan ochkolari avvalgi natijalarini yaxshilash asosida amalga oshiriladi. O‘zlashtirish natijalarini avvalgilari bilan taqqoslash aynan shu guruh o‘quvchilari erishgan natijalarini baholash imkoniyatini beradi.
Ta’limni bunday tashkil qilishda asosiy narsa butun komandani taqdirlash va har birining shaxsiy mas`uliyati hissini shakllantirishdan iborat. Bunda o‘quvchilarning birgalikda ishlashi uchun ko‘rsatma berish muhim bo‘lmasdan, balki har bir o‘rtog‘ining bilim egallashida manfaatdorlikni shakllantirish asosiy hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘quv chilarning hozirgi egallagan bilimlarini avvalgi bilimlari natijalari bilan taq qoslash ularni taqdirlashga nisbatan ancha ta’sirchan hisoblanadi. Bu esa shaxsiy natijalarni yanada chuqurlashtirishga olib ke ladi.
Guruhlarda ma’lum topshiriqning zaruriy tayanch tomonlarini fahmlash beriladi. Bunda topshiriqni ayrim qismlarga bo‘lib, har bir o‘quvchi o‘z qismini o‘rganishi yoki aylanma tariqasida har bir o‘quvchi undan keyingi qismni bajarishi tarzida bo‘lishi mumkin. Topshiriqni bajarishni kuchli yoki bo‘shroq o‘zlashtiruvchi o‘quvchi boshlashi, ammo har bir topshiriqni bajarishi, oshkora, ovoz chiqarib tushuntirishi va butun guruh nazorat qilishi lozim.
Agar topshiriq guruh uchun bir xil bo‘lsa, butun guruh topshiriqni bajarib bo‘lgach, o‘qituvchi darsni turli guruhlarning ishini umumiy holda muhokama qilsa bo‘ladi. Agar topshiriq turlicha bo‘lsa, har bir guruh alohida yakunlashi mumkin.
O‘quv materiali o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga o‘qituvchi ishonch hosil qilgach, ularning tushunganligi va o‘zlashtirishni aniqlash uchun test sinovi o‘tkazadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga individual yondashib, ularning bilim darajasini hisobga olgan holda, topshiriqni ta’minlaydi. Har bir o‘quvchi olgan baholari umumlashtirilib, guruhning umumiy bahosi e`lon qilinadi.
Bunda kuchli o‘quvchilar bo‘sh o‘quvchilar bilan musobaqa qilmay, balki har bir o‘quvchi o‘zi bilan musobaqa qilib, o‘z vazifasini bajarib, guruhga ochkolarni ko‘paytirishga intiladi. Ta’limni bunday tashkil qilish turli aniq va tabiiy fanlarni ta’lim muassasalarida o‘rgatishga qo‘llash mumkin.
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarining yana bir ko‘rinishi - o‘yin faoliyati. Bunda ham avvalgidek, o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi va o‘quvchilar o‘quv materialini guruh o‘zlashtirishiga guruhli yo‘naltiradi. Ammo o‘zlashtirish natijalarini baholashda komanda lar o‘rtasida haftalik musobaqalarni tashkil etadilar. Buning uchun uch nafar o‘quvchidan iborat «turnir stollari» tashkil qilinib, unda bir-biriga teng o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar musobaqani tashkil etadi. Bunday o‘qitish matematika, tabiiy fanlarda ko‘proq ijobiy natija beradi.
O‘qitishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarga e`tibor berish lozim:
– ta’lim oluvchi tajribasi, bilimning guruhligi, fanga qiziqish, bilim saviyasi;
– ta’lim oluvchining psixik xususiyati (xotira, idrok, tafakkur, o‘z hissiyotini boshqara olish);
– xarakter va mijozning xususiyati. Bir so‘z bilan aytganda, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos belgilarini e`tibordan soqit qilmaslik lozim.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə