Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə8/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal Qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi.
• Xususiy maktablar;
Davlat maktablari;
• Oraliq maktablari
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar.14 Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi.Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan.
Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar.
Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshyil bo‘lib, eng kichik gacha) 4 sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: umumiy bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi. Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. Uchinchi turkum: o‘qish 1—2 yil davom etadi.
Uchinchi turkum siklida:
• - biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil;
• - ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom 1-yil;
• - uchinchi turkum doktorlik dissertatsiyasi 1—2 yil;
• - davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir sohani mukammal o‘rganib dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi. Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. O‘qituvchilar o‘z nazariy — uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari hisobiga malaka oshiriladi 2000 yilda Fransiya maktablaridagi ahvol sinchiklab o‘rganilib, o‘quvchilarning ko‘pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Politsiyani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo‘yish yuklatiladi. O‘z farzandlarini maktabga yubormogan ota-onalarni esa sud hukmi bilan jazolanadi. Unda hatto qamoq jazosi ham belgilab qo‘yilgan.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə