Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Yoshlarning ta’lim jarayonidagi kompetentligini rivojlantirishda



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə9/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Yoshlarning ta’lim jarayonidagi kompetentligini rivojlantirishda
muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati

Mamlakatimiz taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday o‘zgarishlar ta’lim tizimiga ham innovatsion yondashuvni talab qiladi. Bugungi kunda oliy ta’lim professor-o‘qituvchisining vazifasi – ta’lim jarayonini talabalarda faqat reproduktiv fikrlashni emas, balki ijodiy-kreativ fikrlashni ham shakllantiradigan yo‘sinda tashkil qilishdir. Bu masalaning nechog‘lik dolzarb ekanligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev respublikamiz o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigida: «... o‘quv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, yangi o‘quv metodikalarini joriy etish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab dolzarb vazifalar turganini yaxshi anglaymiz va ularning yichimi ustida doimiy ish olib boramiz»15, deya ta’kidlagan.


Ta’lim jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish uchun ularni doimo savol berishga undash lozim. Yo‘q joydan savolning qanday paydo bo‘lishini ko‘rsatish, dars oxirida qarama-qarshiliklar oydinlashtirilib berilishi zarur. Hozirgi davrda talabalarga ma’lumot va tavsiyalarning ma’lum to‘plamini berish unchalik ahamiyatli emas, ularning ma’lumotlarni mustaqil olishi va o‘z bilimiga aylantirishi uchun aniq yondashuvlarga ega bo‘lishi muhimdir. Bunda muammoli ta’lim texnologiyasi qo‘l keladi.
Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida eng samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – muammoli ta’lim texnologiyasidir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli ta’lim texnologiyasi ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyasi muammoli ta’lim texnologiyasi deb ataladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi – o‘quv materialini talaba ongida ilmiy izlanish asosida bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rgatishga qaratilgan texnologiyadir. Ta’lim jarayonida talabaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular ob`ektiv ravishda izlanish va mantiqiy to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishga da’vat etadi.
Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha taniqli olimlar M.Ochilov, N.Saidaxmedov, N.Azizxo‘jaevalar tomonidan to‘plangan tajribalar asosida16 muammoli o‘qitishning mohiyati va mazmuni haqida quyidagilarni aytishimiz mumkin. Muammoli o‘qitishning mohiyati shundaki, talabalar o‘zlari muammoni mustaqil yichishga kirishishlari kerak. Shu sababli ham talaba uchun materiallar va topshiriqlar tizimi shunday tuzilishi kerakki, ular asosan, mustaqil fikr yuritish va o‘rganishga qaratilishi lozim.
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Muammoli ta’lim texnogogiyasining asosiy xususiyati – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil ijodiy izlanish, o‘zi uchun yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlari mavjud bo‘lib, tayyor bilimlarni talabalar ongiga yitkazish, xotiralash, xotirada saqlash, qayta xotiralash, so‘zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajasini ifodalaydi.
O‘zlashtirishning keyingi darajalarida olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritishi, to‘ldirishi,
boyitishi, o‘zgartirishi, o‘zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo‘lishi talab etiladi. Muammoli ta’lim texnologiyasining ilk g‘oyalari amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda o‘qitish o‘quv rejasi bo‘yicha emas, balki o‘yin va mehnat asosida olib boriladigan tajriba maktabini tashkil etgan. J.Dyui muammoli ta’lim texnologiyasi asosi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni belgilagan17:
1) ijtimoiy;
2) konstruktiv;
3) badiiy-ifodaviy;
4) ilmiy-tadqiqot.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ta’limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan foydalangan:
1) so‘z;
2) san`at asarlari;
3) texnik qurilmalar;
4) o‘yinlar;
5) mehnat.
Muammoli o‘qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:
- talabaning fikrlash doirasi va qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- muammoni mustaqil yichish va faol izlanish davrida olingan bilim va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko‘nikmalar an`anaviy o‘qitishdagidan ko‘ra ancha mustahkam bo‘ladi;
- nostandart muammolarni ko‘ra oluvchi, qo‘ya oluvchi va echa oluvchi o‘quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
- kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o‘zining xususiyatlariga ega.
Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yichishni taqozo etadi.
Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yichimlar izlashga qaratiladi.
Ma’lumki, muammoli ta’limning maqsadi «ilmiy bilish, bilimlar tizimi natijalarini o‘zlashtirishgina emas, balki natijalarga erishish yo‘lini ham o‘zlashtirishdir»18. U talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish dagi aqliy izlanish, ijodiy faolliklariga xizmat qiladi.
Muammoli ta’limdan foydalanib o‘tkaziladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda quyidagilar rejalashtiriladi:
1) o‘rganiladigan mavzuning maqsad va vazifalari, uni muammoli ta’lim vositasida o‘rganish imkoniyatlari;
2) mavzuni o‘rganishda talabalarga beriladigan muammoli savollar yoki topshiriqlar mazmuni;
3) talabalarning muammoli topshiriqlarni yichishga xizmat qiluvchi, avvalgi o‘rgangan bilim zaxiralari;
4) muammoli topshiriqlarni hal etishga yordam beruvchi talabalarning ko‘nikma va malakalari;
5) topshiriqlarni yichishga qanday ko‘rgazmali qurollar, vositalar kerak bo‘lishi;
6) muammoli topshiriqlarni yichish natijasida bilim va malakalarning taxminiy hajmi;
7) qilingan ishlar va ularning natijalaridan qanday xulosalar chiqarish lozimligi haqidagi ishlar.
O‘quv materialining muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ular yichimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar vaharakat usullar sari o‘zi yo‘lga boshlaydi hamda ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Har qanday savol o‘quvchi-talabalarning ayni savolni hal etishga bo‘lgan qiziqishlari, ichki intilishlarini hosil qilavermaydi. Shu bois savollar qiziqarli, o‘zida qandaydir qarama-qarshiliklarni ifodalovchi, talabani hayratga soluvchi, fikrlashini faollashtiradigan tarzda tuzilishi lozim.
Haqiqatan ham, muammoli o‘qitish texnologiyasi ta’limning eng samarali texnologiyalaridan bo‘lib, unga ilmiy bilimlar asosida muammoli vaziyatlar kiritilib, o‘quv materiali an`anaviy shaklda bayon etiladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosini muammo (yunoncha «to‘siq», «qiyinchilik») yoki muammoli vaziyat tashkil yitib, muammoli ta’lim texnologiyasi ularning yichimini topishga xizmat qiladi. Ko‘p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari:
1) ma’lum bilimlar;
2) noma’lum bilimlar;
3) mavjud tajriba.
Pedagogik muammo – hal qilinishi zarur, biroq, hali yichish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala.
Muammoni qo‘yish quyidagi bosqichlarda kechadi:
1. Muammoni izlash.
2. Muammoni qo‘yish.
3. Muammoni hal qilish.
Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi. Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub`ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob`ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat. Ma’lumki, o‘tgan asrning 60-yillarida ma’lumot berish (informativ) xarakteridagi o‘qitishga e`tirozlar ancha kuchaygan edi. Chunki bunday o‘qitishda talabalardan faollik talab qilinmasdi. O‘sha yillar o‘qitishda faollik psixologiyasi va u asosida o‘quv faoliyati nazariyasi rivojlandi. Natijada ta’limda o‘qitishning yangi-yangi usullari qo‘llanila boshlandi. Ulardan biri talabalarni faol fikrlashga o‘rgatishdir. Bu qiyin ish emas, albatta. Buning uchun dars vaqtida talabalarga turli savollar beriladi. Lekin savol bilan savolning farqi bor. Chunki masalalar jiddiyligi, xarakteri va yo‘nalishi bo‘yicha turlichadir. Ularni bir-biridan farqlash kerak bo‘ladi. Bu masala qo‘yib o‘qitish deb ataldi. Lekin «masala» so‘zi yunon tilidan «muammo» deb tarjima qilingan. Holbuki, «muammo» so‘zining ma’nosi «masala» so‘zi ma’nosidan ancha teranroqdir.
Ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish samarali, maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun uni o‘quv jarayoni, o‘quv-tarbiya ishlari asosining bir qismiga aylantirish zarur. Muammoli ta’lim yordamida talabalarda o‘quv muammolari va mutaxassislik masalalarini yichishga tadqiqiy yondashish, mustaqil tarzda o‘rganish mahoratini shakllantirishni tarbiyalaydi.
Muammoli o‘qitish texnologik yo‘l bilan rivojlandi. Natijada muammoli o‘qitishning to‘rt bosqichdan iborat mantiqiy shakli paydo bo‘ldi. Lekin talaba javobini bilmagan savollarning hammasi ham muammoli vaziyatni vujudga keltirmaydi. Masalan, «Toshkentda qancha odam yashaydi?», «Doira yuzini hisoblang» kabi masalalarni yichishni qo‘yish hali muammoli vaziyat bo‘la olmaydi.
O‘qituvchi o‘quv-bilish jarayonida qarama-qarshiliklarga duch kelsa, uning bilishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi, ya’ni motivatsiya paydo bo‘ladi. Masalan, jismlarning suzishini o‘rganishda «Nima uchun suvga tashlangan temir mix botib ketadi, temir kema esa suvda suzib yuradi?» degan savol muammoli hisoblanadi (chunki bu savolda qarama-qarshiliklar bor). Bu savol talabani qiyoslash va talqin etish, tahlil qilishga undaydi va hatto majburlaydi, ya’ni jismlarning su yuq likda suzish qonuniyatini tushunishga olib keladi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish usullarida asosiy yitakchi funktsiyalar:
– o‘rgatuvchi: bilimlarning dolzarbligini aniqlashga asoslanadi;
– rivojlantiruvchi: tahliliy tafakkur, alohida faktlar orqali hodisa va qonuniylikni ko‘ra bilishni shakllantiradi;
– tarbiyalovchi: kommunikativ ko‘nikmalar ni shakllantiradi. Demak, muammoli vaziyatlar talabalarning mustaqil ishlarini takomillashtirishga asoslangan bo‘lib, ular ilmiy tushunchalar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish, boshqa materiallarni chuqur mantiqiy tahlil qilishga asoslangandir. Agar siz muammoli dars o‘tishni istar ekansiz, avvalambor, muam moli vaziyatlarni yaratish yo‘llarini bili shingiz kerak bo‘ladi. Bunda quyidagilarga e`tibor bering:
– aniq savollar qo‘yasiz: umumlashtirish, isbotlash, aniq mantiqiy fikr yuritishga undovchi;
– talabalarga fikrlashga undovchi savollar berilib, uning yichimini mustaqil ravishda topishni taklif etasiz;
– nazariy va amaliy topshiriqlar orqali talabalarni taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, berilgan faktlarni solishtirishga da’vat qilasiz;
– bir savolga turli nuqtai nazardan qarash lozimligini tushuntirasiz va berilgan javoblarni asoslashga undaysiz;
– talabalarga hodisani turli vaziyat orqali ko‘rib chiqishni taklif etasiz hamda amaliy ish jarayonida duch keladigan qarama-qarshiliklarni ma’lum qilasiz.
O‘qituvchi ta’lim loyihasini amalga oshirishda, eng avvalo, talabaning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni chiqarish va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishni nazarda tutmog‘i lozim.
Muammoli o‘qitish jarayonida o‘qituvchi, avvalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalar, eksperimental topshiriq-larni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yichishga qaratilgan muhokamani u yushtiradi, xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Talabalar oldingi bilim va tajribalariga tayanib, muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risida o‘ylashadi va taklif kiritishadi. Oldin olgan bilimlarini umumlashtirib, hodisalarning sabablarini aniqlashadi, ularning kelib chiqishini tushunib etishadi, muammoli vaziyatni yichishning eng oqilona variantini tanlashadi. Muammoli vaziyat – muayyan qiyinchilik tufayli vujudga kelgan holat bo‘lib, uni bartaraf etish yo‘li topilishi shart. Vazifa yingil hal etiladigan yoki aksincha, hal etilishi mumkin bo‘lmagan paytda muammoli vaziyat vujudga kelmaydi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar o‘ziga xos amaliy asosga ega. Ta’lim loyihasini tayyorlash o‘qituvchi va talabaning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyatini oldindan belgilaydi. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlar, ularning xususiyatlari, talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Bir xil yoshdagi talabalarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko‘ra tushunishi, fikr lashi, ishni bajarish qobiliyati turlicha bo‘ladi. Shuning uchun muammoli vaziyatni yaratishdan avval talabani ruhiy jihatdan puxta tayyorlash zarur.
Shunday qilib, muammo hech qanday tayyorgarliksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi. U butun darsdagi bosh masala sifatida bayon qilinadi. Qo‘yilgan muammolarning murakkabligi tabiiyki, talabalar saviyasiga mos bo‘lishi kerak. Tanishtiriladigan materiallar uncha katta bo‘lmasligi lozim. Materiallar, xususan, masalalarni talabalarning o‘zlari hal qila olsalargina, ularning muammolarni hal qilishdagi salohiyati ortadi.
Albatta, ayrim ma’lumotlarni ma’ruza vaqtida yitkazish imkoni bo‘lmay qoladi, lekin tejalgan vaqtlar hisobiga xulosalar chiqariladi, umumlashtiriladi, dunyoqarash shakllantiriladi, ya’ni o‘qitishning muammoli xarakteri ochib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil va tanqidiy fikr yuritib, har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilishi ahamiyatlidir. O‘qitishning oxirgi maqsadi bilimlarni quruq yodlab olish emas, balki kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Talabalar bilan o‘qituvchi keng muloqotga kirishishi lozim. Ularga darslikdagi tayyor bilimlarni berish bilan birga hayot va bilimlardan qanday foydalanish haqida so‘zlash zarur. Muammoli o‘qitish orqali talabani o‘z fikrini aytish, uni himoya qilish va bahslashishga o‘rgatish mumkin. O‘qitish jarayonida qarama-qarshilik bo‘lmasa bahs ham, munozara ham bo‘lmaydi. Munozarasiz esa muammoning yichimi topilmaydi. Dars jarayo-nida bir-biriga hurmat, ishonch va ishchanlik ruhi hukmron bo‘lishi kerak. Talaba o‘qituvchining o‘rgatishga samimiy intilayotganini bilishi zarur. Bu esa, shubhasiz, o‘qitishda shaxs omilini hisobga olish, birga ishlash pedagogikasini qo‘llash va ta’limni insoniylashtirish bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘qituvchi talabalarni muammoning faol yichimi jarayoniga jalb etgandagina talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati rag‘batlantiriladi. O‘qituvchi yordamchi savollarni qo‘yadi, talabalarning ular muhokamasida faol ishtirokini ta’minlaydi. Munozara boshlanishi rag‘batlantiriladi, hammani birgalikda fikrlashga jalb etadi va fanda aks ettirilgan ma’lum yichim yo‘llarini ko‘rsatib, muammo yichimiga olib keladi.
Talabalarning muammo yichimi jarayoniga qatnashuvi darajasiga ko‘ra ta’limning turli darajada muammoli tashkil etilishi farqlanadi. Birinchi daraja o‘qituvchining shunday faoliyatini ko‘zda tutadiki, bunda o‘quv materialini bayon etishda uning o‘zi muammoni to‘liq yoritadi hamda uning yichimi yo‘lini ochib beradi va talabalarni qarshi savollar yordamida birga fikrlashga jalb etadi. Muammoli ta’limning ikkinchi darajasi o‘qituvchi tomonidan muammoning qo‘yilishi va ifodalab berilishiga yo‘l ochadi, keyin talabalarni uning yichimini mustaqil izlashga yo‘naltiradi. Uchinchi daraja muammoni ifodalamay, o‘qituvchi tomonidan muammoli vaziyatning yaratilishi va talabalarning keyingi mustaqil faoliyatni ko‘zda tutadi. Muammoli o‘qitishni tashkil etishning to‘rtinchi darajasida o‘qituvchi izlanish sohasini belgilaydi, xolos, muammoga «yaqinlash tiradi», lekin uni ko‘rsatmaydi va talabalarni mustaqil izlanishga yo‘naltiradi.
Darsni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda talaba bahs-munozara yuritish, fikrlarini erkin bayon etish, tanqidiy munosabat bildirishga tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun qo‘yiladigan muammolarga bog‘liq bo‘lgan tushunchalar yuzaga chiqariladi. So‘ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma’lum xulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr-mulohazalarda ifodalanadi.
Ta’lim jarayoniga o‘ziga xos psixologik jihatdan yondashuv talabalarni mustaqil fikr lash, o‘z fikrini erkin bayon etishga undaydi. Shu bilan birga qo‘yiladigan muammoni ijodiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida muammoli ta’lim texnologiyasining qo‘llanilishi o‘qitish jarayonining samarali kechishini ta’minlash bilan birga talabalarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga nisbatan qo‘yi layotgan ijtimoiy talablar o‘qituvchilardan loyiha va muammoli ta’lim texnologiyalarini o‘qitish jarayonida maqsadli, samarali qo‘llashni talab etadi. Xullas, muammoli ta’lim talabalarda fikrlash, qaror qabul qilish, o‘z fikrini asoslash qobiliyatini shakl lantirish ko‘nikma, malakalarini samarali shakllantirishga yordam beradi. Zero, bilimlarni fikrlash, tahlil qilish asosida o‘zlashtirish ularning mustahkam, puxta bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, talabalarning ta’lim jarayonidagi faolliklarini oshirish, ularning mashg‘ulotlarni diqqat bilan tinglab, o‘quv materialini tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish kabi aqliy faoliyatlarini rivojlantirishga yor dam beradi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə