Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə7/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Janubiy Koreyada ta’lim haqidagi qonun 1948 yilda qabul qilingan. Ta’lim tizimiga asos qilib an’anaviy g‘arb modeli olingan. 6 yil — quyi maktab . 3 yil — o‘rta maktab . 3 yil — oliy maktab. 4 yil- kollej. 2 yil -magistr. 3 yil - fan doktori Koreyada 104 ta oliy o‘quv yurti bor, Ularning 80 foizi xususiydir. Maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o‘qishga kiradi. Talabalar soni bo‘yicha Koreya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 1982 yilda maktabgacha tarbiya haqida Qonun qabul qilindi Shu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Boshlang‘ich maktab bu maktabga olti yoshlilar kelishadi. Sinflarning tig‘izligini kuzatish mumkin.
Har sinfda 50 nafargacha bola o‘Qiydi. o‘yinlar dam olish o‘quv dasturiga kiritilgan. Dars nagruzkalari ham ko‘proq. Oliy maktabda darsning davomiyligi 50 minut. O‘rta maktabda darslar 45 minut. Boshlang‘ich maktabda dars 40 minut Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi Bu maktablarning 45 foizi bo‘lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari etishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisoslari o‘zlashtiriladi.
Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So‘nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Koreyada nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik quyidagilar. Aravachalar yordamida harakatlanuvchilar uchun er osti liftlari mavjud. Maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon-avtomatlardan nogironlar bemalol foydalanadilar. Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Koreyada nogironlarga alohida turdagi avtomashinalar yo‘lga qo‘yilgan. Davlat maktablarida din o‘qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan.
• Koreyadagi barcha talabalarning 6,5 foizi bo‘lajak pedagoglardir
• Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar kollejlari mavjud.
• Har bir provinsiya o‘z kollejiga ega
• Koreyada o‘qituvchining ish haqi 700 dollarga teng
• Fan o‘qituvchisi birmuncha ko‘proq o‘qiydi.
• Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lish uchun 2 yil o‘qish kerak.
Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab chiqaruvchilar foydaning ma’lum foizini maorifga yuboradilar. Davlat byudjetining 24 foizi ta’limga sarflanadi. Mamlakat prezidenti (u xalq ta’limi Davlat kengashini boshqaradi) shaxsan provinsiyalar ta’lim boshqarmalari (bizdagi xalq ta’limi boshqarmalari kabi) boshliqalarini tayinlaydi. Bu ham ushbu mamlakatda maorifga qanchalar zo‘r ahamiyat berilishini ko‘rsatib turibdi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə