Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Amerika Qo‘shma Shtatlari



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə3/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o‘z ichiga oladi.
3. To‘liq bo‘lmagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo‘ladi. Yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo‘lmaydi .9-sinfgacha asosiy e’tibor tabiiy fanlarga qaratiladi. Amerika maktablari texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan Sinflar kompyuterlashtirilgan. O‘quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar bor. Maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. Davlat maktablarida tekin o‘qitiladi. Shaxsiy maktablar esa — pullik o‘qitiladi. Yuqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. Faqat shu o‘quvchiga mos alohida reja tuziladi, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi11. Shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bo‘lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo‘ladi: SAT (Sxolastik aptityud test);
• SAT sinovlari murakkabroq bo‘ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo‘ladi.
• Bulardan tashqari murakkablashtirilgan sinov ham bor. AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. • Amerika kollejlari ikki yillik va to‘rt yillik bo‘ladi.
Ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog‘onasidagi eng birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar.
Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to‘rt yillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari kiradi. Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari bizning aspiranturaga to‘g‘ri keladi. Bu o‘quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertatsiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə