Tarbiya 10-12-2020. indd



Yüklə 17,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/100
tarix11.03.2022
ölçüsü17,49 Mb.
#84433
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
tarbiyam content

Mulohaza  uchun
Bilimingizni  mustahkamlang
BAG‘RIKENGLIK
Rossiyalik  teatr  va  kino  akt yori  Yuriy 
Stoyanov  o‘zbek  xalqining  bag‘rikengligi 
haqida  quyidagilarni  aytadi:
«Urush 
yillarida 
onamning 
oila-
si  Stalingrad  (hozirgi  Volgograd)dan 
O‘zbekistonga 
eva kuatsiya 
qilingan. 
Yo‘lda  poyezd  bombardimon  qilinib, 
onamning  oilasi:  5  yoshli  tog‘am,  buvim 
va  7  yoshli  onam  bir-birlarini  yo‘qotib 
qo‘yishgan.  Onamga  7  nafar  farzandi 
bo‘lgan  o‘qituvchi  ayol  o‘z  uyidan  joy  beradi.  Uydagi  yagona 
bo‘lgan  karavotda  onam,  o‘zlari  esa  yerda  yotishgan.
Onam  maktabga  borishi  uchun  oiladagi  qizning  sepiga  atab 
olib  qo‘yilgan  matodan  ko‘ylak,  dasturxondan  esa  sumka  ti-
kib  berishgan  ekan.  Eng  asosiysi,  o‘zbek  xalqi  onamni  oilasi 
bilan  topishishiga  yordam  bergan. 
Urush  tugaguniga  qadar  ular  Tosh-
kentda  yashashgan.  O‘zbek  xalqi 
bu  kabi oilalarga  nafaqat  boshpa-
na  berdi,  balki  onam  kabi  bolalarni 
yashashga  o‘rgatdi.
Men  hozirgacha  onam  pi shirgan
o‘zbek palovini suyib tanovul qilaman. 
Onamdagi  bag‘rikeng lik,  pazandalik, 
mehmondo‘stlik  kabi  fazilatlar  o‘zbek 
zaminida  olgan  tarbiyasining  natijasi, 
deb  bilaman.  Biz  oilamiz  bilan  o‘zbek 
xalqidan  minnatdormiz».
1.  Xalqimizning  bag‘rikengligi  haqida  xorijliklarning  fi krla-
rini  to‘plang.
2.  Yuriy  Stoyanov  o‘zining  intervyusida  xalqimizga  xos 
qanday  fazilatlar  haqida  to‘xtalgan?
3.  Tinchlik-totuvlikni  saqlash  uchun  yurtimizda  qanday 
ishlar  olib  borilmoqda?

Yüklə 17,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə