Tarbiya 10-12-2020. indd


Do‘stlik – barcha boylikdan afzal



Yüklə 17,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/100
tarix11.03.2022
ölçüsü17,49 Mb.
#84433
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
tarbiyam content

Do‘stlik – barcha boylikdan afzal.
DO‘STLIK LAFZI
(Bo‘lgan voqea)
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi Ik-
kinchi jahon urushi qatnashchisi Nikolay otaning xonadonida 
meh mon bo‘ldik. Bizni ko‘ksi medallarga to‘la, qotmadan kel-
gan nuroniy otaxon qar 
shi oldilar. Ismidan ruslarga o‘xshab 
#HGXUWPBX]


101
Tarbiya,  7-sinf  
Ijodiy  faoliyat
1. Do‘st qanday qilib oyna bo‘lishi mumkin?
2. 
Do‘st bo‘lish uchun do‘stlikning hamma qonun-
qoidalariga rioya qilish, do‘stiga har qanday yo‘l bi-
lan yordam ko‘rsatishga intilish kerakmi? Har doim 
do‘stingizning 
¿
 krini  ma’qullaysizmi?
3. Fikringizni «Do‘stlik lafzi» hikoyasi bilan bog‘lang.
ketadigan Nikolay otani ko‘rishni tax-
min qilganim uchun avvaliga biroz
ikkilandim. Gapdan gap chiqib, ismiga 
qiziqib qoldim.
«Qishloqda meni Qurbonboy cha-
vandoz deyishardi. Navqiron yoshimda 
urushga ketdim. Nikolay ismli moskva-
lik yigit bilan og‘a-ini tutindik. Bir kuni 
yonginamizda mina portlab, ikkalamiz 
ham o‘raga quladik. O‘zimga kelganim-
da Nikolay tuproq ostida qolgan ekan. 
Uni chiqarib olib, ikki cha 
qirim olisdagi bo‘linmaga ko‘tarib olib 
keldim. Do‘stim o‘ziga kelgan kuni menga nom alma 
shishni taklif 
qildi. Xullas, kim tirik qolsa, halok bo‘lgan inisining nomini olish-
ga ont ichdik», – shu yerga kelganda Nikolay otaning ko‘zlari 
namlandi.
Oradan bir fursat o‘tib, daladagi otishmada battol o‘q uning 
moskvalik do‘stining ko‘ksiga tekkan. Urushdan tirik qaytgan Qur-
bonboy qishloq 
doshlari oldiga kutilmagan talabni qo‘ygan. «Meni 
endi Qurbonboy emas, Nikolay deb chaqiringlar. Qurbon urush-
da o‘ldi», – deydi. Avvaliga hamma hayron bo‘lib, uning 
¿
 kriga 
qarshi chiqdi. So‘ng voqeani  
eshitganlar ta’sirlanib, uni qo‘llab-
quvvatladilar. Shu tarzda Qurbonboy  
«Nikolay Rahmetov»ga ay-
langan edi. Bu o‘zbek o‘g‘loni do‘stlik hurmati, inilik onti bois 
dushmanga qar 
shi kurashib jon bergan askarning nomini asr 
osha shon-sharaf bilan ko‘tarib yuribdi.
Bu voqeani yozar ekanman, ko‘ksim g‘ururga to‘lib, shunday 
tanti farzandlari bor xalqim bilan faxrlanib ketdim.
#HGXUWPBX]


102

Yüklə 17,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə