Tarbiyaviy ishlar metodikasi ”


Asosiy qism 1-Bob: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 82,03 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü82,03 Kb.
#141602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-sinda Arifmetika

Asosiy qism
1-Bob: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari.
1.1 Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Matematikaga bo’lgan qiziqish insonlarda tobora ortib, ularning ehtiyojiga ham aylanib bormoqda. Chunki bu fan barcha jabhalarni qamrab olgan bo’lib, matematikadan foydalanmasligimizning iloji yo’q. Bugungi kun talabidan kelib chiqib maktab darsliklari xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda. Mavzularga o’zgartirishlar kiritilmoqda. Chunki maktab o’quvchilari zamon bilan hamnafas bo’lmoqdalar, fan yangiliklarini osongina o’zlashtirmoqdalar. Endilikda fan olimpiadalarida ham o’z bilimlari bilan qatnashib Vatanimiz nufuzini oshirmoqdalar. Vaholangki, puxta bilimlar poydevori boshlang’ich sinfda olgan ta’lim hisoblanadi. Shunga ko’ra, o'quvchilarda og'zaki va yozma ko'nikmalarni tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo'nalishlardan biridir. Arifmetik amallarni o'rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o'tkaziladi. U: "o'nlik" mavzusini qo'shish va ayirish amallarning ma'nosi ikki to'plam elementlarini birlashtirish va to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko'paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish asos bo'lib hizmat qiladi. Demak, o'qitishning 1-bosqichida abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo'lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o'zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishninazarda tutadi. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amalhadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi zanjir hosil qilinadi. Muhim vazifalaridan birihisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va yozma usulda hisoblashlar sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan. Masalan: yozma:
276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708
Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari Iva2- sinflarda shakllanadi. Og'zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan
kelib chiqadigan natijalarni amallar kompanentlari bilan natijalari orasidagi
bog'lanishlarni o’rganadi. Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga
o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning xossalari, natijalar va komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, komponentlardan biri o‘zgarganda; amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, arifme-tikani boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko‘zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1 000000 gacha sonlar».



Yüklə 82,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə