Tarix o’qitish metodikasi


 Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü42,7 Kb.
#180925
1   2   3   4
Tarix fakulteti “Tarix o’qitish metodikasi”kafedrasi-fayllar.org

1. Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. 


Baqtriya,Sug’d va Ustrushona bosqini. 
Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr, 
Makedoniya podshosi Filip II ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir
hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo, Arabiston hududlarini qudratli 
harbiy kuch bilan egallab, o'sha joylarda o'z hukmronligini o'rnatgan Iskandar
mil. av. 331yil oktyabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotomiya) 
bo'lgan jangda Eron qo'shinlarini engadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan
uzil-kesil engilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U erda esa Baqtriya 
satrapi Bess tomonidan o'ldiriladi. Tez orada Iskandar qo'shini ortiqcha
qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn
Drapsak singari mustahkam qal'alarni egallaydi. Ko'p o'tmay Bess qo'lga olinib,
qatl etiladi. Mil. av. 328 yilda Xorazm shohi Farasman Baqtradagi Iskandar 
qarorgohiga tashrif buyuradi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan
Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329 yilda Oks (Amu) daryosi 
sohiliga etib kelgan Yunon qo'shinlari bu azim daryodan o'tish uchun kema
topolmadi. Ko’prik quray desa tevarak- atrofda yog’och yo’q edi. Shuning 
uchun askarlarga somon tiqilgan mesh tarqatishdi. Shu meshda suzib, bor Askar
olti kun deganda daryodan o’tib oldilar va Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning 
Kesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradilar. Navtaka bosqinidan to’rt kun o’tib
Yunon qo’shinlari o’z harakat yo’nalishlarini Sug'diyona paytaxti - Marokanda 
(Samarqand)ga qaratishdi.

Maroqanda - Samarqand ning bosib olinishi. 
Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar qo`shinlari Oks — Amudaryodan o`ta 
boshladi. Pishqirib oqayotgan daryo ularning sollarini surib ketardi, gupsarlarni
bir-biriga ulab turgan qayishlar uzilardi. Somon to`ldirilgan gupsarlar suvga 
botib ketardi. Hurkib ketgan otlar tizginlarini uzib, o`zlarini suvga otishar va
qirg`oq tomon suzib ketishardi. 


7
Iskandar qo`shinlarining bir qismi g`arq bo`ladi. Olti kun deganda ular 


kechuvdan o`tib bo`ladilar. Yana So`g`diyonaga yetguncha ancha tog`-u toshdan


oshish kerak edi. Ular yo`1 yurib, Navtaka (Nautaka) viloyatiga yetadilar. U 
Qashqadaryo vodiysining sharqida joylashgan edi. Iskandar Navtakadagi
qo`rg`onlarni egallab, Maroqandaga shoshiladi. Bu vaqtda shahar yetmish stadiy 
uzunlikdagi mustahkam devor bilan o’ralgan edi. Shahar arki Yana bir
mustahkam devor Bilan o’ralgan edi.Shunga qaramay yunon-lar shaharni 
egalladilar va uni ayovsiz talon-toroj qildilar. Tevarak-atrofdagi qishloqlarni
ham talab, keyin yoqib yubor-dilar. 
U qo`shinlarining bir qismini qoldirib, o`zi asosiy kuchlar bilan Sirdaryo
qirg`oqlari sari ketadi. Iskandar u yerdagi Kurushkat (Kiropolis) shahrini 
egallamoqchi edi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga qadimgi fors shohi Kir II asos
solgan.
Rim olimi Kurtsiy Rufning ma'lumot berishicha, Iskandar armiyasi
Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va 
«shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni
yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. 
O'shanda Iskandar Zul-qarnayn So'g'diyonada yana yettita shaharni bosib 

oldi. Shundan keyin u Tanais daryosi boylanga qarab qo shin tortdi. Tanaisni


mahalliy xalq Yaksart deb atardi. Uning boshlanishi Tyanshan tog'larida bo'lib, 
Gurgon dengiziga kelib quyilar edi. Tanais bo'ylaridagi mahalliy xalq oziq-ovqat
va yem-xashak qidirib yurgan makedoniyaliklarni tutib o'ldirdilar. 
Shu yerda Iskandar Zulqarnayn huzuriga saklarning elchilari kelishdi.
Iskandar ham ular bilan sulh tuzish uchun o'z elchilarini yuborgan edi. Aslida 
esa Iskandar Zul-qarnaynning elchilari skiflar mamlakatining umumiy ahvoli,
skiflarning turmush tarzi, din-e'tiqodi, fe'l-atvori, askarlarining umumiy soni va 
qanday qurollanganliklarini bilib kelishi kerak edi. Iskandar Zulqarnayn o'sha
Tanais bo'yida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) degan katta bir 
shahar qurdirdi. Shahar hozirgi Tojikistonning Xo'jand shahri yaqinida



8
joylashgandi. Bu shahar Iskandar uchun skiflarga qarshi urush olib borishda 


tayanch bo'lib xizmat qilishi kerak edi. Lekin Iskandarning skiflar ustiga


qilmoqchi bo'lgan yurishi amalga oshmay qoldi. So'g'diyonada katta qo'zg'olon 
ko'tarilganligi va ularga ergashib baqtriyaliklar ham qo'zg'olon ko'targanliklari
haqida bir-biridan tashvishli xabarlar kela boshladi. Shu payt Iskandar 
Zulqarnayn endi Aleksandriya Esxataga kelib tushgandi. Shahar juda katta
bo'lib, 60 stadiy uzunlikdagi devor bilan o'ralgandi. Skiflar tez-tez katta 
shaharning ro'parasiga kelib, uni qattiq o'qqa tutar edilar. Shu payt Baqtriya ham
Iskandar Zulqarnaynning tasar-rufidan chiqib, o'z mustaqilligini qo'lga kiritib 
oldi. Iskandar esa ikki o't orasida: bir tomondan mustaqilligini qo'lga kiritib
olgan Baqtriya bilan qo'zg'olon ko'targan So'g'di-yona, ikkinchi tarafdan yunon 
askarlariga tez-tez hujum qilib, ularga katta talafotlar yetkazib turgan saklar
orasida qolgandi. Yarador bo'lib qolgan, sogiig'i borgan sari yomonlashib 
borayotgan Iskandar Zulqarnayn buning oqibatidan qo'rqardi. Ushbu
bosqinchilarga qarshi iste'dodli harbiy rahbar, so'g'dlik Spitamen boshchiligida 
baqt-riyaliklar, sak va massagetlar qo'shilib qo'zg'olon ko'tar-dilar.


Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə