Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə6/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning imkoni yo‘q. Chunki u butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi – ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullar yoki ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati.
Blokcheyn texnologiyasining tuzilishi quyidagi yetti tamoyildan tashkil topadi:

  1. Tarmoq yaxlitligi. Ishonch tizimning ichkida paydo bo‘ladi, u tashqaridan uqtirilmaydi. Ishtirokchilar so‘zida ham, ishida ham rostgo‘y bo‘lishadi, boshqalarning manfaatlarini hurmat qilishadi o‘z harakatlarining oqibatlari uchun javob berishga tayyor turishadi, ularning qarorlari shaffof bo‘ladi. Yaxlitlik jarayonning har bir bosqichida kodlangan va barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan bo‘ladi, ya’ni bir kishiga tegishli bo‘lmaydi.

  2. Yuklanishlarni taqsimlash. Yagona o‘chirish yo‘li mavjud emas. Energoharajatlar butun piring tarmog‘i bo‘yicha taqsimlangan. Ishtirokchilarning hech qaysisi tizimni o‘chira olmaydi. Agar markaziy organ birorta odam yoki guruhni bloklab qo‘ysa, tizim o‘z ishini davom ettiraveradi. Agar tarmoqning taxminan yarmi tarmoq ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, qolganlar nima bo‘layotganini ko‘rib turishadi.

  3. Rag‘bat uchun qiymat. Tizim barcha manfaatdor tomonlarni teng ko‘radi. Satoshi Nikamoto ilovani shunday dasturlaganki, unda dasturni rivojiga hissa qo‘shganlar rag‘batlantirib boriladi. Tarmoqning faol foydalanuvchisi 4 yil o‘tishi bilan har bir yakunlangan blok uchun 50 bitkoindan oladi. Yana 4 yildan so‘ng – 25 bitkoin, keyin 12,5 va h.k.

  4. Xavfsizlik. Tarmoqning har bir ishtirokchisi shifrlashdan foydalanishi zarur. Xavfsizlik choralari tarmoqqa o‘rnatilgan. Ular maxfiylikni va asl nusxaning saqlanishini ta’minlaydi. Foydalanuvchida ikkita kalit bo‘ladi: bittasi shifrlash uchun, yana bittasi shifrni ochish uchun. Bu usul “ochiq kalitlar infrastrukturasi” (PKI) nomini oldi.


  5. Yüklə 45,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə