Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin


Unda ICO nima? U haqda ham tez-tez eshitish mumkin



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə8/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

Unda ICO nima? U haqda ham tez-tez eshitish mumkin
Attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni harid qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u bilan to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar chiqaradi. Ular tanga yoki token deb ataladi. Haridor ana shunday token harid qilib, uni yordamida loyihaning biror xizmati, aytaylik, ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qila olishi uchun bozorga joylashtiradi.


Bitkoinning o‘ziga xos jihatlari:

  • markazlashmagan tizim – bunda har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega;

  • hisob-kitoblarning to‘liq shaffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaksiyani ko‘rishi mumkin;

  • nazoratning yo‘qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi;

  • sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini so‘ramaydi;

  • tangalarni emissiya qilish cheklangan – jami bo‘lib 21 000 000 BTC (bitkoin tangasi) chiqariladi;

  • balans ikki yoqlama yozuv asosida bo‘lmaydi, balki barcha tranzaksiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko‘rinadi;

  • inflyatsiyaga uchramaydi, qiymati talab va taklifga qarab o‘zgaradi;

  • yuridik jihatdan hech qanday asos mavjud emas.

Yuqorida bitkoin bilan amalga oshiriladigan to‘lovlarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi. Endi nima uchun uning qiymati so‘nggi vaqtlarda yuqori sur’atlar bilan oshayotgani haqida to‘xtalsak. Aslida bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar bunchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani singari bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holda butun bir boshli «mayning fermalari»dagi bir necha kunlik to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil bo‘layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21 000 000) narxning ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi ushbu bitkoin tangalariga nisbatan talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 yilning o‘zida yil boshiga nisbatan 510 foizlik o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (998 AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha o‘sdi).
Shunday qilib, blokcheyn texnologiyalari bank-moliyadan boshqa quyidagi sohalarga ham asta-sekin kirib borishni boshladi:
 Moliya, bank va kredit (ikki tomon o‘rtasida tezkorlik bilan amalga oshiriladigan va narxi juda arzon bo‘lgan to‘lovlar)
 Sugurta (mikrokontraktlar, mikroto‘lovlar, guruxiy sugurtalash, tovarning kelib chiqishini ko‘rsatadigan sertifikatlar, mijozlar va ular bilan bog’iq bo‘lgan ma’lumotlarni identifikatsiya qilish asosida samaradorroq boshqarish)
 Davlat boshqaruvi (soliqlarni yig’ish, kadastr xizmatlari, ovoz berishning shaffof va xavfsiz tizimi)
 Elektron tijorat (internetdagi oddiy va xavfsiz to‘lovlar)
 Narsalar interneti (internet orqali savdo, virtual savdo maydonlari, maxsulotlarning virtual taqdimoti va virtual xizmat ko‘rsatish).
 Ishlab chiqarish (jarayonlarni avtomatik va yarim avtomatik boshqarish, oldi-sottilarni amalga oshirish uchun ob’ektlarni avtomatlashtirish).
Barmoq izlarini, ko’zlar to’rini va shunga o’xshash shaxsiy ko’rsatgichlarni identifikatsiya qilish.
 Logistika (maxsulot yetkazib berish jarayonlarini va kontraktlarning bajarilishini algoritmik usulda boshqarish).
 Oziq-ovqat sanoati va ommaviy ovqatlanish tarmoqlari (maxsulot partiyalarini tayyorlash yoki yigishdan boshlab, to uni saqlab-joylagunchabo’lgan ma’lumotlarni uzluksiz kuzatuv)
 Intellektual mulk (maqolalar, kitoblar, ixtirolar, patentlar, rasmlar, tasvirlar, musiqaviy kliplar va turli xil illyustratsiyalar)
 Yer kadastrini yuritish va u bo‘lmagan xududlarda ko‘chmas mulk bilan oldi-sottini hisobga olish.
 Turli predmetlar, qiymatli buyumlar va yaratilgan san’at asarlarini autentifikatsiya qilish.
 Ta’lim (diplomlarning haqiqiyligini tekshirish).

Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə