Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin


Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə5/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada faqat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin.
Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar yoki aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A shaxs chet davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar, xakerlik atakalari, firibgarlik va boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir.

Bu kabi operatsiaviy holatlarning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar va jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi.


Blokcheyn zanjiridagi bloklarni maynerlar ko‘shishadi. Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi: • Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi; • Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi; • Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni tekshiradi. Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p bo‘lishi, tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la olishi mumkin. Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda dasturiy ta’minot kerak. Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot olishadi. Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim mukofotlarni taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar tomonidan muayyan masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib matematik masalani yechadigan bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, maynerlarning kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi. Olingan mukofotlar tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi. Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib, ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Shifrlash tushunchasi ham blokcheyn texnologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kriptografiyani metodlaridan biri ham shifrlash hisoblanadi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ushbu holat o‘z o‘rnida blokcheyn texnologiyalarni bu turdagi texnologiyalar ichida yaxshilardan biri bo‘lishiga olib keladi3 .
Tranzaksiyalar amalga oshirilayotganda virtual hamyonni internetga ulangan holda ishlatish, qolgan vaziyatlarda internet tarmog‘idan o‘chirilgan holda saqlash tavsiya etiladi, bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarni xakerlar atakasidan muhofaza etishiga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning intellektual mulk himoyasidagi axborotlarni saqlashida, ishlash tartibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha bora aytilganidek, blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Ushbu zanjirlar, ya’ni bloklar doimiy ravishda o‘sib boradi va uning o‘sib boruvchi ro‘yxati tizimda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilar nafaqat ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmagan yopiq kalitlar mavjudligi ma’nosida «egalik» qiladigan bloklar zanjirlari qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi. Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir blokda o‘zining va o‘zidan oldingi blokning xesh qiymati bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida bloklarga o‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi. O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlashdan iborat. Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, markazlashtirilmagan ma’lumotlar ba’zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari yoki o‘tkazmalarini o‘zida zanjir ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o‘z o‘rnida, minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo‘lib, foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun alohida yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan4 . Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ketma-ket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas. Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga takomillashib kelayotganligi sababli, raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH olimlari Styuart Xaber va V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi. Ularning ilk tadqiqotlari kriptografik jihatdan himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim yordamida hujjatlarga qo‘yilgan vaqtinchalik belgilarni hech kim qalbakilashtira olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z ichiga olgan holda takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta blokda ko‘proq hujjatlarni to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya qilingan. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiyasining asoschisi hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli hisob-kitob texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur texnologiyaning imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas balki turli boshqa yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini bildirdi. Satoshi Nakamoto mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda Nakamoto blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan aspektini hisobga olgan holda raqamli ishonchni oshirish uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu hech kim hech narsani nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan.
Braziliyadagi xolangizga bank jo‘natmalari orqali 100 rubl yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni Braziliyaga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit xolangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib xolangiz 97 rublni oladi (barcha banklarning komissionlari olingandan so‘ng). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz va na sizning xolangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki haqerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa katta muammo.
Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq u turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda.

Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə