Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə3/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

1-bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar).
2-bosqich: Jurnal tarmoq a’zolari tomonidan «skaner»lanadi. Ushbu jurnalning xronologiyasini taxlil qilish asosida tarmoq a’zolari sotuvchining haqiqatan ham e’lon qilingan aktivlarga yoki fondlarga ega ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
3-bosqich: Agar barcha ishlar joyida bo‘lsa, u xolda tranzaksiyalar tasdiqlanadi va blok zanjirining oxiriga qo‘shiladi.
4-bosqich: Jurnal barcha tarmoq ishtirokchilariga tarqatiladi. Uning tarqoq xolatdaligi himoyasini ta’minlab beradi. Istalgan tranzaksiyani falsifikatsiya qilish uchun tarmoq (tugun)lari a’zolarining jurnallarini ham o‘zgartirish talab etiladi. Bu esa tabiiyki, mumkin emas.Muhokamaga oydinlik kiritish uchun quyidagi ta’kidlovni keltiramiz: «Bitkoinning blokcheyni birinchi marta bloklar zanjiri sifatida aniqlangan edi. Unda har bir tranzaksiya bloklardan biri bo‘lishi uchun shifrovka qilinadi. Keyingi tranzaksiya ham o‘z navbatida undan oldingi blok asosida shifrlanadi va xokazo – xuddi shu amallar ketma-ketligi bloklar zanjiri tushunchasiga yoki boshqa so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn tushunchasiga olib keldi».Shunday qilib, ishonchli degan statusni olish uchun har bir kelishuv (yoki operatsiya) asimmetrik kriptografiya (ochiq yoki yopiq kalit) yordamida imzolanishi lozim.

Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir vaqtning o‘zida internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning sonidan qat’i nazar yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar reyestrini o‘z o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham xarakterlanadi. Kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, blokcheyn texnologiyasida konsensus tushunchasini tatbiq etishgan. Bir qator foydalanuvchilar agar kompyuterlari o‘chirilgan bo‘lsa ham, agar ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa, ishonchsiz ma’lumotlar foydlanuvchilarda aks etmaydi hamda kompyuterlarning ishlash faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Konsensus jarayoni, ya’ni rozlikni olish bosqichi, haqiqiy ma’lumotlarni tiklashdir. Blokcheyn texnologiyasida barcha ma’lumotlarning tranzaksiyasilari haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi.


Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan bo‘ladi. Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi. Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni qo‘shish mumkin. Ushbu holat bilan, har qanday holatda muayyan aktivlarning o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarixini tiklab, uning olgingi egasini aniqlash imkoniyati mavjud.



Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə