Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin


–2010 yillar: Bitkoin blokcheyni va uning bitkoin deb nomlangan valyutasining paydo bo’lishi



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə9/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

2007–2010 yillar: Bitkoin blokcheyni va uning bitkoin deb nomlangan valyutasining paydo bo’lishi.
Endi bitkoin ixtirochisi Satosi Nakomoto kimligini bilishga harakat qilamiz.
2007 yilda Satosi Nakomoto ismli bir sirli inson ushu texnologiya bilan ishlay boshlagani haqida ma’lumot berdi.
2008 yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org deb nomlangan domen nomini reservatsiya qildi.
2008 yil 31 oktyabrda bitkoin yaratilgani haqida ma’lum qilindi. Satosi Nakomoto esa: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System deb nomlangan maqolani nashr ettirdi. Ushbu maqolada u olimlar bir necha asrlardan beri bosh qotirib yurgan kriptografiya masalasini, ya’ni, vizantiya generallari masalasini yoki ikki marta to’lov muammosining yechimini hal qilib berdi. Ushbu muammo ishonchni insonlar ishtirokisiz ikki kontragentlar orasidagi aktivlar (masalan, pullar) almashinishini hal qilishga halaqit berayotgan edi.
2009 yil 3 yanvarda birinchi (boshlang’ich) blokcheyn blok hosil qilindi.
2009 yil 12 yanvarda birinchi bitkoin-tranzaktsiya amalga oshirildi.
2009 yil fevralda Satosi Nakomoto P2PFoundation saytida Bitkoin dasturining birinchi versiyasini tarqatadi va birinchi bitkoinlarni yaratadi.
2009 va 2010 yil: Satosi Nakomoto Bitcoin-Qt dasturiy ta’minotini yaratdi va bitkoin chiqardi.
2010 yil: Bitkoin hamjamiyati va uning ishtirokchilari asta-sekin Satosi Nakomoto bilan aloqani yo’qota boshlaydilar.
2010 yil 12 dekabr: Nakomoto Bitcointalk forumida oxirgi xabarni yozdi va o’zining yo’q bo’lib qolishidan biroz oldin Gevin Andersenni o’z vorisi qilib tayinlaydi va unga Source Forgedagi Bitkoin loyihasini topshiradi hamda unga avariyaviy kalitining nushasini beradi. Bu kalit shaxsiy kriptografik kalit bo’lib, bitkoin tizimiga potentsial hujumlarning oldini olishga imkon beradi. Bular masalan, quyidagilar bo’lishi mumkin: biror bir inson bitkoin bloklaridagi operatsiyalarni o’zgartirishga imkon topsa yoki tarmoq tugunlarining 51% dan ortig’ini egallab olsa. Agarda tugunlar operatorlari bu haqda ma’lumot olsalar, barcha operatsiyalarni to’xtatishlari yohud o’z foydalanuvchilarini bu haqda ogohlantirishlari kerak bo’ladi.
Birkoin” atamasi ikki ingliz so’zlarining qisqartmasidan iborat: bit – ikkilik sanoq tizimidagi informatsiya birligi va coin – tanga.
Yana bosha bir tarafdan, bitkoin internet tarmog’ining protokolini hamda ushbu to’lov tizimida ishlatiladigan hisob birligini anglatadi.
Bitkoin blokcheyni ochiq va erkin texnologiya bo’lib, bir rangli (per-to-peer yoki P2P) tarmoqda markaziy hokimiyatsiz (moliyaviy organlar ishtirokisiz) faoliyat ko’rsatadi.
Bu texnologiya har bir tranzaktsiyani vaqti va sanasini hisobga olgan holda katta buxgalteriya kitobi (ledger)ga yozib qo’ygan holda bitkoin yoki BTC ob’ektlarini o’zaro almashinishga imkon beradi va ushbu elektron kitobda hech nimani o'zgartirish mumkin bo'lmaydi. Tranzaktsiyalarni boshqarish va bitkoinlar hosil qilish tarmoqda kollektiv ravishda amalga oshiriladi va ushbu boshqaruvning tuzilishi ochiqdir. Bitkoin bloklari zanjiriga hech kim ega bo’la olmaydi va uni hech kim boshqara olmaydi ham. Ammo istalgan shaxs unga qo’shilib olishi mumkin. Bitkoin o’zining bir qancha unikal hossalari tufayli, zamonaviy to’lov tizimlari amalga oshirib bera olmaydigan bir qancha imkoniyatlarning amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Boshqa turdagi valyutalardan farqli-o’lariq, bitkoin-valyuta qandaydir davlat organini, bankni yoki biror-bir kompaniyani o’zida mujassam qila olmaydi. Unda har bir bitkoin o’zi yaratilganidan boshlab ishtirok etgan barcha amallar vositasida hisob-kitob jurnalida qayd qilinadi.



Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə