Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Metall materiallar

m a x s u s l a t u n l a r
hosil boʻladi, masalan, temir-fosfor-marganesli
latunlar va hokazolar. 
Misga qaraganda latunning mustahkamligi, korroziyaga chidamliligi katta, 
yaxshi ishlanadi (kesib, quyib, bosim ostida ishlanadi). Latun tarkibida 40—45% 
rux boʻladi. Rux miqdori bundan koʻp boʻlsa, latunning mustahkamligi kamayib
moʻrtligi ortadi. Maxsus latunlarda legirlovchi elementlar miqdori 7—9% dan
oshmaydi. 
Qotishma latunning bosh harfi L bilan belgilanadi. Undan soʻng 
qotishmaning asosiy tashkil etuvchilarining bosh harflari yoziladi: S — rux (sink), 
O — qalay (olovo), Ms—marganes, J— temir (jelezo), F — fosfor, B-berilliy va 
xokazo. Harfdan keyin keluvchi raqamlar legirlovchi elementlarning protsentda 
berilgan miqdorini bildiradi. Masalan, LAJMs 66-6-3-2 markali alyuminiy-temir-
marganesli latun tarkibida 66%) mis, 6% alyuminiy, 3% temir, 2% marganes boʻlib
qolgani ruxdan iborat. 
Boshqa rangli metallar qotishmasiga oʻxshash latunlar ham texnologik 
belgilariga 
koʻra quymabop 
va 
deformatsiyalanadigan 
xillarga 
boʻlinadi. Qoʻymabop latunlar (GOST 17711—72) shakldor quymalar uchun, 
moʻljallangan boʻlib, ular quyma parchalari koʻrinishida yetkazib beriladi (11-
jadval). 
D e f o r m a t s i y a l a n a d i g a n l a t u n l a r
(GOST 15527—70) L90 
(tompak), L80 (yarim tompak) kabi oddiy latunlar, LAJ 60-1-1, LS63-3 kabi 
murakkab latunlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Latunlar sim, chiviq, tasma, 
polosalar, listlar, trubalar va boshqa prokatlangan hamda presslab tayyorlangan 
buyumlar koʻrinishida yetkazib beriladi. Latunlar umumiy va kimyo 
mashinasozligida keng qoʻllaniladi. 
Bronzalar.
Misning qalay, alyuminiy, kremniy, marganes, qoʻrgʻoshin, 
berilliy bilan hosil qilgan qotishmalari bronza (birinch) deb ataladi. Kiritilgan 
elementga qarab, qalayli, alyuminiyli va boshkalar boʻladi. 


Bronzalarning korroziyaga chidamliligi yuqori, quyilish va antifriksion 
xossalari yaxshi, kesib yaxshi ishlanadi. Mexanik xarakteristikalarini koʻtarish va 
alohida xossalar berish uchun bronzalar temir, nikel, titan, rux, fosfor bilan 
legirlanadi. Marganesning kiritilishi bronzaning korroziyaga chidamliligini, nikel 
plastikligiii, temir mustahkamligini, rux quyish xossalarini, qoʻrgʻoshin kesib 
ishlanuvchanligini yaxshilaydi (12-jadval). 
Bronzalar
“Br» harflari bilan markalanadi, undan ung tomonda turuvchi 
darflar bronza tarkibiga kiruvchi elementlarni bildiradi: 
O — qalay, S — rux, S — qoʻrgʻoshin (svines), A — alyuminiy, J — temir (jelezo), 
Ms—marganes va hokazolarni bildiradi. Soʻngra ularning protsentlardagi miqdorini 
bildiruvchi raqamlar yoziladi (bronzadagi mis miqdorini bildiruvchi raqam 
yozilmaydi). Masalan, bronzaning BrOSS5-5-5 markasi uning tarkibida 5% dan 
qalay, qoʻrgʻoshin va rux borligini, qolgani (85%) misdan iborat ekanligini bildiradi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə