Tasdiqla yman



Yüklə 3,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/89
tarix06.05.2023
ölçüsü3,7 Mb.
#108815
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
ГЕОГРАФИЯ-ТУГУРАК-34-САОТ (1)

XI-Yangi mavzu bayoni:
Asosiy xususiyatlari. Barcha yarimsharlarda joylashgan. Buyuk geogra- 
fik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qirg‘oqsiz dengizi bor, 
afsonalarga boy, meridional yo^nalgan eng uzun 0 ‘rta okean tizmasi 
bor, eng yirik port shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko‘p, eng 
sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi, eng baland qalqish 
ham shu okeanda kuzatiladi, materiklar drcyfi gipotezasiga asos bo‘lgan, 
dengiz transportida dunvoda birinchi o‘rinda turadi.
Geogrftlk o‘mi, Atlantika okeani beshta materik orasida joylashgan. 
Shimoldanjanubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning maydoni 
91 mln km2, eng keng jovi mo‘tadil kengliklarga (9450 km) va eng tor 
joyi (2620 km) shimoiiy qismiga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oqlari Shimoliy 
yarimsharda kuchli parchalangan, Janubiy yarimshardagi sohillari ancha tekis.
0 ‘rganish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga kolra, 
yelkasida
osmon gumbazm ко ‘tarib turuvchi pahlavon)
atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 
1507- yilda geografik xaritaga „Atlantika okeani“ nomi yozilgan. Atlantika 
okeani dengizlari qirg‘oqlarida — Qadimgi Grctsiya, Karfagen, Misr, 
Skandinaviyada dastlabki port-shaharlar vujudga kelgan. Miloddan oldin- 
gi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
25
■- 
- — 

- ------------ 


-
----


-


- A-- —


Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb, J. Kabot, 
Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika 
okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi.
Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asming oxiridan boshlanadi. 
„Chellenjer” kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalqaro geofizika yili 
(1957—1958), Jak Iv Kusto ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va 
tabiat komponentlariga taalluqli juda ko‘p m a’lumot to‘plandi. Hozir 
ham bir qator mamlakatlarning ilmiy ekspeditsiyalari iqlim xusu- 
siyatlarini, okean tubi relvcfini, organizmlarini o‘rganmoqdalar.
Geologik tuzilishi va rclyefi. Gondvana va Lavraziya materiklari- 
ning gorizontal yo‘nalishdagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani 
paydo bo‘Igan. Okean botig‘ining hosil bo‘lishida mantiya moddalarining 
uyurma harakati va bazalt jinslarning 0 ‘rta okean tizmalarida yuzaga 
chiqishi muhim o‘rin egallagan.
Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumladan, 
0 4rta okean tizmalarida bazaltli va vulkanik jinslar, materik sohillarida 
daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar tarqalgan.
Dengiz sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida yarimoroli, 
Folklend orollari yonida katta maydonlarni egaliaydi, Afrikaning 
g‘arbiy sohillarida esa tor yo‘lakni hosil qiladi. Materik yonbag‘ri 
ancha tik. Okean tubida 0 ‘rta Atlantika suvosti tog4 tizmasi shimoldan 
janubga 15000 km masofaga cho‘zilgan. Bu ulkan tog‘ tizmasi okeanni 
g‘arbiy va sharqiy qismlarga bollib turadi. O 'rta Atlantika tizmasi o‘z 
navbatida Shimoliy va Janubiy Atlantika tizmalariga bo‘linadi. Bu 
tizmalarning g4arbiy qismida Labrador, Shimoliy Amerika, Braziliya 
va Argentina botiqlari, sharqiy qismida G ‘arbiy Yevropa, Gvineya, 
Kanar, Yashil burun va Angola botiqlari, janubda esa Afrika-Antarktida 
botig‘i joylashgan. Mazkur botiqlarning chuqurligi 3000 m dan 
7000 m gacha yetadi. 0 ‘rta okean tizmasining tepa qismini ko‘nda!ang 
va bo'ylama chuqur daralar — riftlar kesib o ‘tgan. Okeanning eng 
chuqur qismi P uerto-R iko cho'km asi b o ‘lib, 9218 m pastda 
joylashgan.
Shimoliy subtropik mintaqada tabiati o ‘ziga xos bo4lgan Sargasso 
dengizi joylashgan. Dengiz suvining shobrligi 37%o ga teng, harorati 
yuqori, qishda 23°C ni va yozda 28°C ni tashkil etadi.

Yüklə 3,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə