«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri


Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə56/62
tarix11.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#82792
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri

Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
1. Kimlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko`targanlar va qanday ataganlar?

*A) Qadimgi yunonlar, «Etika»

B) Qadimgi rimliklar «Moral`»

C) Qadimgi misrliklar «Etika»

D) Arablar «Axloqshunoslik»

2. Axloqshunoslik predmeti

A) insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmui, fe’li, tabiati

*B) axloqning kelib chiqishi va mohiyati, kishilik jamiyatidagi axloqiy munosabatlar

C) Insonlar o`rtasidagi muloqat mazmuni

D) Odob-axloq to`g`risidagi donishmandlar o`gitlari

3. «Etika» atamasini fanga kiritgan olim -

A) TSitseron

B) Platon

*C) Aristotel`

D) Sokrat

4. «Moral`» atamasini fanga kiritgan olim -

A) Platon

B) Aristotel`

C) Sokrat

*D) TSitseron

5. Inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. Bu -

*A) Odob


B) Xulq

C) Axloq


D) Etos
6. Oila, jamoa, mahalla-qo`y miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko'rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui – bu:

A) Odob


*B) Xulq

C) Axloq


D) Etos

7. Jamiyat, zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa – bu:

A) Odob

B) Xulq


*C) Axloq

D) Etos


8. Bugungi kunda axloqshunosiik falsafiy fan sifatida qaysi yo`nalishda ish olib boradi: 1) axloqni bayon qiladi; 2) axloqni tushuntiradi; 3)axloqni o ‘rgatadi?

A) 1, 2


B) 2, 3

C) 1, 3


*D) 1, 2, 3

9. Aristotel` fikricha, inson kamolotga, yuksak ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirs-u ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi. Bu esa insonda … mavjudligini ko`rsatadi.

*A) ixtiyor erkinligi

B) Iroda


C) Ehtiyojlar

D) Axloqiy ong

10. Nima uchun Aristotel` qullarni axloqdan tashqaridagi mavjudot deb e`tirof etgan?

A) CHunki qullar aql jihatdan past saviyaga ega

*B) polis fuqaroligi huquqiga ega bo`lmagan qullar odam hisoblanmaydi

C) Chunki qullar aql jihatdan saviyasiz

D) Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.

11. Epikur talqinida. fazilatlarning mohiyati-

A) insonni adolatli jamiyat sari yo`naltirishdan iboratdir.

B) Insonni axloqiy erkinlikka yetaklashdan iboratdir

*C) insonni lazzatga olib borishdan, xotiijamlikka hamda ruhning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir

D) Ijtimoiy munosabatlar doirasini kengaytirishga yo`naltirishdan iboratdir

12. Qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta ’kidlagan faylasuf kim?

A) Lukretsiy Kar

B) TSitseron

C) Epikur

*D) Seneka

13. «Erkin inson faqat o`zi to`sqinliksiz hukmronlik qila oladigan narsalar ustidangina hukmron bo`ladi. Hech qanday to`sqinliksiz esa yolg‘iz o`z ustidan hukmronlik qilishi mumkin. Shu sababli o'zining emas, boshqalarning ustidan hukmron boiishni xohlagan kishi, bilginki, erkin emas: u o`zining odamlar ustidan hukm yurgizish istagiga quldir» - ushbu fikrlar kimniki?

*A) Epiktet

B) Seneka

C) Lukretsiy Kar

D) TSitseron

14. Temuriylar davrida yaratilgan eng ajoyib va o`ziga xos pandnomalardan biri, uning o`ziga xosligi shundaki, undagi qalamga olingan barcha fazilatlar bir buyuk inson – Alisher Navoiy

qiyofasi misolida ochib beriladi, talqin etiladi, - bu:

A) Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari

*B) Xondamirning «Makorim ul-axloq» asari.

C) Saadiyning «Guliston» asari

D) Xondamirning «Turkiy guliston yohud axloq» asari.

15. Falsafiy-axloqiy oqimlar borasida musulmon Sharqida qaysi yo`nalish alohida o`rin tutadi: 1) diniy-hadisiy, 2) mashshoiyyunlik, 3) tasavvuf axloqshunosligi.

A) 2, 3


B) 1, 3

*C) 1, 2,3

D) 1, 2

16. Axloqshunoslikda ixtiyor -

A) Zaruriyat

B) Iroda


C) Istak

*D) Erkinlik

17. Axloqiy anglash, axloqiy hissiyot va axloqiy xatti-harakatlar – bular:

*A) Axloqning tuzilishi

B) Axloqning tamoyillari

C) Axloqning kategorilari

D) Axloqning shakllari

18. Axloqning o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsating:1) qat’iyamrlik, 2) me’yoriylik, 3)baholash, 4)umuminsoniylik, 5) mintaqaviylik va milliylik.

A) 1, 2, 3

*B) 1, 2, 3, 4,5

C) 1, 2, 3, 5

D) 1, 2, 3, 4

19. Axloqning asosiy vazifalari – 1) tarbiyaviy, 2) kommunikativ, 3)bilish, 4) boshqarish, 5) insoniylashtirish

A) 1, 2, 3, 4,

B) 1, 2, 3, 5

*C) 1, 2,3, 4, 5

D) 1, 2, 3, 4

20.Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablaming eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro'yobga chiqadi – bu:

A) Axloqiy fazilatlar

B) Axloqiy tushunchalar

C) Axloqiy amallar

*D) Axloqiy me`yorlar

21. Muhabbatning obyekti doimo -

*A) go`zallik, manfaatsiz go zallik.

B) Vafodor yor

C) Xudo


D) Vatan, ota-ona

22.Quyida axloqning qaysi kategoriyasi ifodalangan: «u insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo`lishidir, u zo`ravonlik yoki zo`rma-zo`rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo`ysunmaydi, lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transtendental olam bilan bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch.

A) Oriyat

*B) Muhabbat

C) Ideal

D) Ma`suliyat

23. Insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi – bu:

A) Muhabbat

B) Ma`suliyat

*C) Ezgulik

D) G`urur

24.Axloqning qaysi kategoriyasi so`z etilmoqda: «Uning o`zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan»?

A) Tenglik

B) Ezgulik

C) Muhabbat

*D) Adolat

25. Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, qaysi sohada darhol ko'zga tashlanadi?

*A) Huquq

B) Siyosat

C) Ma`naviyat

D) Iqtisodiyot

26. Ezgulik va yovuzlikning yana bir o`ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini … xususiyatiga ega.

A) O`zgartirish

*B) Baholash

C) Tarbiyalash

D) Yumshartish

27. Qaysi javobda baholashtabiatiga ega bo`lgan tushunchalar aks ettirilgan?

A) Ideal, hayot mazmuni, baxt, qadr-qimmat

B) Ideal, hayot mazmuni, baxt

*C) Ezgulik va yovuzlik, nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat

D) nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat, hayot mazmuni, baxt,

28. Burch – bu:

A) shaxsning o z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tom onidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo'ladigan munosabati bilan belgilanadi.

B) Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o`matib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men.

C) insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligi

*D) jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.

29. Nomus – bu:

*A) shaxsning o z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tom onidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo'ladigan munosabati bilan belgilanadi.

B) Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o`matib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men.

C) insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligi

D) jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.

30. Quyida qaysi tushuncha tasvirlangan: «shaxsdan o`zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o`ziga nisbatan qo'llashlarini talab qiladi»?

A) Nomus

*B) Qadr-qimmat

C) Obro`

D) Or


31. Qadr-qimmat insoniy … jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda in’ikos etish shaklidir.

A) Iftixorning

B) Nomusning

*C) G‘uruming

D) Vijdonning

32. Muammolilik xususiyati bilan ajralib turadigan tushunchalarni ko`rsating:

A) Ideal, hayot mazmuni, baxt, qadr-qimmat

B) Ezgulik va yovuzlik, nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat

C) nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat, hayot mazmuni, baxt,

*D) Ideal, hayot mazmuni, baxt

33. Undagi nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo`q narsa bilan o`lchanadi – bu:

*A) Ideal

B) Orzu

C) Maqsad

D) Istak

34. Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni … yetkazadi.

A) Baxt-saodatga

*B) Komillikka

C) Insoniylikka

D) Buyuklikka

35. Inson o`z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishi – bu:

A) Muhabbat

B) Ezgulik

*C) Baxt

D) Iftixor

36. «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», deb ta`kidlagan faylasuf -

A) Aristotel`

B) Ibn Sino

C) Beruniy

*D) Forobiy

37. Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o`rganadigan yo`nalish–bu

*A) Evdemonizm

B) Utilitarizm

C) Gedonizm

D) pragmatism

38. Insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo`lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch – bu:

A) Millatparvarlik

*B) Insonparvarlik

C) Erkparvarlik

D) Vatanparvarlik

39. Insonning eng oily huquqi — erkin, ozod yashash huquqini himoya qilish – bu:

A) Insonparvarlik

B) Vatanparvarlik

*C) Erkparvarlik

D) Millatparvarlik

40. Har bir shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashishi -

A)Inson huquqlarining kafolati

B) Fuqarolik burch

C) Konstitutsiyaviy huquqning namoyon bo`lishi

*D) Insonparvarlikning asosiy vazifasi

41. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeriga, binosining har bir g'ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko`z qorachig‘idek asrab-avaylash bular hammasi

*A) Vatanparvarlik

B) Erkparvarlik

C) Insonparvarlik

D) Millatparvarlik

42. Boshqalarni kamsitmagan holda, o`z millati ravnaqi uchun kurashish, buyo`lda, lozimbo`lsa, o`z hayotini ham fido qilish– bu:

A) Erkparvarlik

*B) Millatparvarlik

C) Insonparvarlik

D) Vatanparvarlik

43. O`z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish – bu:

A) Vatanparvarlik

B) Millatparvarlik

*C) Millatchilik

D) Insonparvarlik

44. Mehnatdan maqsad -

A) rivojlanish

B) O`zgalarga nafi tegish

C) O`zligini namoyish etish

*D) ehtiyojni qondirish

45. Kishidagi o`z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, mohiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. O‘z manfaatidan o`zga manfaatini ustun qo'yib, «o`z og‘zidagini o'zga og'ziga tutib» yashash– bu:

*A) Jo`mardlik

B) Insonparvarlik

C) Millatparvarlik

D) O`zbekchilik

46. «...Xohi zulm bilan olingan bo`lsin (kuchishlatib, xoinona undirish va bosqinchilik-ogrilik yo`llari bilan olish); xoh zavq va o`yin yo`Ii bilan olinsin (qimor va shunga o'xshash narsalar bilan bo`lganiday); xoh hiyla va nayrang yo`llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o`z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlanishi – hammasi harom yeyishga kiradi» - ushbu misralar kimga tegishli?

A) Imom Buxoriy

*B) Imom G`azzoliy

C) Imom at-Termiziy

D) Imom al Motrudiy

47. Rostgo`ylik -

A) insonning keyinchalik kasb etgan fazilati

B) insonning o`z ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy-hayotiy xususiyati

*C) insonning mohiyatida berilgan fazilat

D) insonning davriy-tajribaviy xususiyati

48. Bu me’yor xulqiy go`zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan o xshash bo lsa-da, aslida o`zini ko`proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat — nafosat bilan

uyg‘unlashib ketadi.

A) Insoflilik

B) Kamtarinlik

C) Pokizalik

*D) Hayolilik

49. «Hayo – dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdur... Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir» - ushbu misralar kimning qalamiga mansub?

*A) A. Avloniy

B) A.Navoiy

C) Kaykavus

D) A.Fitrat

50. U o`z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo`yadigan axloqiy xislatillatni anglatuvchi tushuncha; biror-bir insonning moddiy-maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo`yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o‘z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti-harakatlar majmuyidir. Bu -

A) Mag`rurlik

*B) Xudbinlik

C) Shuhratparastlik

D) Kibru-havo

51. Shon-shuhrat ketidan quvadigan va bu yo`lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xislati – bu:

A) Kibru-havo

B) Xudbinlik.

*C) Mag`rurlik

D)SHuhratparastlik

52.Axloq tuzilmasi necha omildan iborat?

*A) axloqiy anglash, axloqiy hissiyot, axloqiy xatti-harakat.

B) ma’suliyat, vijdon, insof

C) odob, hurmat, izzat

D) rostgo’ylik, kamtarinlik, insoflilik

53. Axloqning o’ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunamiz?

A) O`zgalarga nafi tegish

*B) qat’iy amrlik, me’yorlik, baholash

C) O`zligini namoyish etish

D) ehtiyojni qondirish

54. Axloqning asosiy vazifalari,quyidagi javoblarning qaysi birida to’g’ri berilgan?

*A) tarbiya, axloqiy qadriyatlar, axloqiy kommynikativ, axloqiy bilish,axloqiy boshqarish, insoniylashtirish

B) muomala majmui, fe’l, tabiat, muloqat

C) e’yiqod, ezgulik, shafqat, adolat

D) ixtiyoriy erkinlik, axloqiy tanlov,axloqiy ravnaq

55. Nitshe odamlarni necha toifaga bo’lgan?

*A) oxirgi odamlar, yaxshi odamlar, odamdan yuksak odam

B) bilimdon odam va nodon odam

C) axloqiy darajasi yiksak va axloqiy darajasi past odam

D) yovoyi odamlar, ibtidoiy odamlar, hozirgi odamlar

56. Axloq deganda nimani tushunamiz?

A) xudoning insonga bergan in’omi

B) insonlar o’rtasidagi turli xil munosabatlari

*C) ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonnig yurish-turish qoidalari va xulq-atvor me’yorlari

D) yaxshilik va yomonlikning mezoni

57. Axloq ko’proq qaysi fanlar bilan bog’liq?

A) manbashunoslik va siyosatshunoslik

*B) pedagogika va huquqshunoslik

C) ijtimoiy-psixologiya va iqtisodiyot

D) san’atshunoslik va dinshunoslik

58. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan ihorat?

A) insonga omad va baxt-saodat keltiradi

B) kishini hato qilmasga undaydi

*C) insionni ma’naviy kamolatga yetkazadi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlatdi

D) yoshlarni o/z nafsini tiyishga va insofli bo’lishga undaydi

59. Insonning har bir qilmishi, xatti-harakatlarining ibtidosi?

A) insonnig to’g’ma qobiliyatlari

*B) axloqiy tanlov

C) aql-zakovati, bilimlari

D)ota-onasi bergan tarbiyasi

60. Axloqning ijtimoiy manbalari nimaga bog’liq?

A) jamiyatning siyosiy tuzumiga

B) insonnig shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari o’rtasidagi uyg’unlik darajasiga

*C) ijtimioy muhit va jamoatchilik fikriga

D) ta’lim-tarbiya xususiyatlariga

61. Axloqning ma’naviy manbalari nimaga bog’liq?

A) insonnig diniy dunyoqarashiga

B) hayotiy tajribalarga

C) insonnig hayot mazmuni va hayotiy maqsadini qanday tushunishiga

*D) ijtimoiy faolligi, maqsadlari va intilifhlariga

62. Axloqiy me’yor-qoidalar qachon paydo bo’lgan?

A) odamzodning paydo bo’lishi bilan

*B) insoniyat jamiyatining shakllanishi bilan

C) din bilan bir davrda

D) quldorlik tuzumi shakllanadigan keyin

63. Axloq va siyosat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik qanday namoyon bo’ladi?

A) yuksak maqsadlarga axloqiy pok vositalar bilangina erishish kerak

B) yuksak maqsadlarga erishish uchun har qanday vositadan foydalanishi mumkin

*C) maqsad yuksak ideallar bilan bog’liq bo’lsa yetarli, qolgani myhim emas

D) maqsad- vositani belgilaydi

64. Nima uchun , Sharq mutafakkirlari, shaxsning axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar?

A) axloq iqtisodiy munosabatlarni tartibgasoladi

*B) axloq ijtimoiy barqarorlik va rivohlanishning garovidir

C) axloqsiz oilada totuv yo’q

D) axloq yoshlarni zararli odatlardan asraydi

65. Axloq shaqs ma’naviyati bilan bog’liqmi?

A) ular orasida farq yo’q

*B) axloq shaxs ma’naviyatining o’zagini tashkil etadi

C) ma’naviyat-inson ruhiyati bilan, axloq- harakatlarp bilan bog’liq

D) bu- shaxsning bilim darajasi bilan belgilanadi

66. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qayerda yuzaga kelgan?

*)Qadimgi Misr, Hindiston va Xitoyda

B) Qadimgi Yunon va Rimda

C) Angliya, Fransiya va Italiyada

D) AQSH da

67. Eng qadimgi taniqli axloqshunos mutafakkirlarni aniqlang?

A) Fales, Anaksimandr, Geraklit

*B) Sokrat, Aristotel, Epikur

C) Demokrit,Anaksimen,Lukresiy

D) Gelvesiy, Spinoza, Kant

68. Axloqshunoslik bo’yicha birinchi darslikni kim yozgan?

A) Geraklit

*B) Aristotel

C) Demokrit

D) Epikur

69. Axloq-bu baxt-saodatga erishish yo’llarini o’rgatuvchi fandir” –degan fikrning muallifini aniqlang?

A) Geraklit

*B) Aristotel

C) Demokrit

D) Epikur

70. Axloqning asosida shaxsiy manfaat yotadi, degan fikrni kim birinchi bor ilgari surgan?

A) Golbax, Gelvesiy

B) Forobiy, Alisher Navoiy

C)Platon, Aristotel

*D)Kant, Feyerbax

71. Axloqiy taraqqoyot g’oyasiga kim asos slogan?

A) Kant

B) Gegel


*C) Ibn Sino

D) Jomiy


72. “Axloqiy amr” tushunchasini kim yaratgan?

*A) Kant


B) Gegel

C) Sokrat

D) Platon

73. Axloqning asosida sevgi va muxabbat yotadi, degan fikrning muallifi kim?

A) Feyerbax

B) Platon

C) Sokrat

*D) Sa’diy Sheroziy

74.Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qanday yozma manbada ifoda etilgan?

A)Kaykovusning “Qobusnoma”sida

*B) “Avesto”da

C)”Injilda”

D) Aristotelning “Axloqi kabir”ida

75. Eng qadimgi xalqlarning o’z Vatani va o’z xalqiga muhabbat fazilatlarini ifodalaydigan ogzaki ijodiyot namunalarini aniqlang?

A) “Guro’g’li” dostoni

B) “ASlpomish” dostoni

*C) “To’maris” va “ Shiroq” afsonalari

D) “Qirqqiz” dostoni

76. Axloqiy ongning o’ziga xosligi, betakrorligi nimada?

*A) bevosita insonga bog’liqligida, uning mohiyatini belgilashligida

B) doimligida, kishining kundalik hayoti bilan chambarchas bog’liqligida

C) tarixiy jihatdan eng qadimiyligida

D) ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan uzviy bog’liqligida

77. Siyosiy va axloqiy ongning bir-biriga ta’sirini aniqlang?

A) siyosiy mafkura axloqqa ta’sir qilmaydi

B) siyosat nafaqat axloqqa, ijtomoiy ongning boshqa shakllariga ham ta’sir ko’rsatadi

C) siyosiy ong va siyosiy qarashlar yuksak axloqiy me’yorlarni o’zida mujassamlashtirmog’i lozim

*D) insonparbarlik g’oyalarini o’zida mujassam etgan siyosat ijtimoiy taraqqiyot va baxt-saodatning asosidir


78. Axloqiy va huquqiy me’yorlarning bir-biriga ta’sirini aniqlang

A) Har ikkisi ham kishilarning muayyan jamiyatda rioya qilishlari lozim bo’lgan yurish-turish qoidalarini ifoda etadi

*B) huquqiy me’yorlar axloqan yuksak adolat tamoyillariga asoslanmog’i lozim

C) huquqiy me’yorlarning axloqiy qoidalarga hech qanday ta’siri yo’q

D) huquqiy qonunlar jamiyat a’zolarining hayotiy ichki ehtiyojlariga aylanib bormog’i lozim

79. Axloq va fannig bir-biriga munosabatini aniqlang?

*A) ilm-fan axloqiy barkamollik negizidir

B) yuksak axloqiy me’yorlarni o’zida mujassamlashtira olgan odamgina ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladi

C) fanning axloqqa hech qanday aloqasi yo’q

D) axloq fan rivojiga ta’sir qilmaydi

80. Axloq va san’atning bir-biriga ta’sirini aniqlang?

*A) haqiqiy san’at insonni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalaydi

B) yuksak axloqiy g’oyalarni o’zida mujassamlashtirmagan san’at asarlari hech qanday qiymatga ega emas

C) mumtoz san’atgina axloq uchun xizmat qiladi

D) ba’zi san’at asarlari axloqqa ta’sir ko’rsatadi

81. Axloq va din o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlang?

A) diniy qarashlar to’la-to’kis o’zida axloqiy ta’limotlarni mujassamlashtiradi

*B) har ikkilasining maqsadi insonni to’g’ri yo’lga boshlashdir

C) yuksak axloqiy komillik-maqsad, din esa-vositadir

D)diniy axloq va umuminsoniy axloq bir-biridan mustaqil mavjud bo’ladi

82. Axloq bilan tarbiyaning bir-biriga munosabatlarini aniqlang?

A) axloq tarbiyaning nazariy asosi

*B) tarbiya axloqiy me’yorlarning ideal asosi

C) axloq va tarbiya bir butun yagona jarayon bo’lmog’ilozim

D) axloq va tarbiya jamiyat bilan birga paydo bo’lgan

83. Vatanparvarlik tuyg’isini qanday tushunasiz?

A) tug’ilib o’sgan yerni sevish va e’zozlash

B) o’z xalqi va millatni sevish va ardoqlash

C) bunday tuyg’u nisbiy xarakterga ega, kishining tug’ilib o’sgan joyi emas, uning farovan yashagan joyi uning Vatani

*D) insoningo’z ona tili, tarixi va madaniyatiga, xalqi va millatiga bo’lgan muhabbati, ularni e’zozlash

84. Insonparvarlik tuyg’usini qanday tushunasiz?

A) insonning o’zi uchun, o’z urug’-aymog’i uchun qayg’urishi

B) imkoniyati cheklangan insonlarga g’amxo’rligi

*C) insonlarni sevishi, yordamga muxtoj kishiga mehr-shavqat qilib yordam bera olishi, rostgo’y, adolatparvar, axloqan barkamol insonparvar degan nomga sazovar bo’la olishi

D) insonparvar bo’lish qiyin, chunki bu mavhum tushuncha, chiroyli ibora xolos:odamlar o’rtasidagi raqobat hissi kuchliroqgir

85. Mehr-oqibat deganda nimani tushunasiz?

A) insonlar o’rtasidagi mehr-oqibat beg’araz tarzda bo’lishi lozim

B) mehr-oqibat moddiy farovanlikka bog’lik, xotamtaylik ozi quruq joyda bo’lmaydi

*C) insonning o’z kasbiga, mehnatiga, ota-onasi va farzandlariga, qarindosh-urug’lariga hamda muhtoj barcha kishilarga sidqidildan qilgan munosabati va beg’araz yordami

D) mehr-oqibat kishining ma’naviy etukligi va yuksak madaniyatining natijasidir
86. Axloqiy erkinlik deganda nimani tushunasiz?

*A) axloqiy qonun-qoidalarga bo’yruqsiz, ichki ehtiyojasosida rioya qilishni

B) nimani xohlasang shuni qilish

C) ijtimoiy qonunlarga itoat qilmaslik

D) anglangan zaruriyatni

87. Axloqiy mas’uliyat nima?

A) insonning o’z xatti-harakatiga javobgarlik

B) inson faoliyatining tagdirga bog’liqligi

C) insonning vaziyatni boshqarishga yo’naltirilgan harakati

D) insonning o’z shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaatlar bilan uyg’un bo’lishiga mas’ulligi

88. Axloqiy me’yorlar insonning qanday munosabatlarida namoyon bo’ladi?

*A) mehnatga, o’z Vatani va xalqiga, o’z kasbi-kori va oilasiga munosadatlarida

B) har qanday vaziyatda g’olib bo’lib chiqishga intilishida

C) o’z do’sti va sevgilisiga sadoqatli bo’lishida

D)ilm olishga, kasb-hunar o’rganishgaintilishida

89. Axloqiy barkomillik negizida nima yotadi?

A) taqdir taqozasiga amal qilish

B) o’qish, o’rganish va yangilikka intilish

*C) mehnat qilish,yangiliklar yaratish,jamiyatga foyda keltirish va bundan ma’naviy qoniqish hosil qilish

D) moddiy boylik va ma’naviy etuklik

90. Oddiy axloq me’yorlarini aniqlang?

A) o’z burchiga sadoqatliligi

B) hayot mazmunini to’g’ri anglash

C) halollik, haqiqatguylik, insonparvarlik,saxiylik, mehmondo’stlik, xo’shmuomalalikkamtarlik

D) o’z hayot maqsadini to’g’ri tanlash

91. Axloq qanday kuchga ega?

A) muayyan siyosiy tuzum tomonidan himoya qilinadi

*B) bilim va tarbiyaga

C) zo’rlik kuchiga

D) mafkuraviy immunitetga

92. Axloqiy me’yorlarni buzgan shaxslarga qarshi qanday chora va tadbirlar ko’riladi?

A) huquqiy jazo beriladi

B) mahalla tomonidan javobgarlikka tortiladi

*C) jamoatchilik hukmi asosiy vosita hisoblanadi

D) ota-ona tegishli tanbeh bermog’i lozim


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə