«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don massasini havosiz (germetik) joyda saqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə40/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don massasini havosiz (germetik) joyda saqlash. Bu usul anoksianabioz qonuniyatiga asoslangan bo’lib, don massasining oralig’ida kislorod bo’lmasligi natijasida don va boshqa har qanday tirik aralashmalarda aerob nafas olish jarayoni susayadi. Don massasi tarkibidagi turli xil aerob mikroorganizmlar hamda zararkunandalarning rivojlanishi uchun imkoniyat bo’lmaydi. Don massasi bu usulda saqlanganda uning barcha sifat ko’rsatkichlari uzoq muddat davomida to’liq saqlanibgina qolmasdan, balki saqlash davrida bo’ladigan nobudgarchilik miqdori ham keskin kamayadi.
Don massasi germetik sharoitda sifatli saqlanishi uchun uning namligi kritik namlikdan kam bo’lishi lozim. Aks holda don qorayadi, ta’mi o’zgaradi va yoqimsiz hidga ega bo’ladi, natijada uning texnologik va ozuqaviylik hususiyatlari birmuncha pasayadi.
Germetik sharoit karbonat angidridning tabiiy to’planishi va tirik organizmlarning nafas olishi natijasida kislorodning kamayishi hisobiga, don massasiga turli xil gazlarni yuborib, don oralig’idagi havoni siqib chiqarib va don massasida vakuum hosil qilish yo’li bilan yaratiladi. Don massasini germetik sharoitda saqlash uchun maxsus germetik omborlar bo’lishi talab qilinadi. Hozir amalda don massasini germetik usulda saqlash uchun qazilgan zovurlardan foydalaniladi. Don saqlanadigan zovurlarning chuqurligi 3,5 m, eni 3 m, uzunligi keragicha bo’lishi mumkin.
O’rta osiyo respublikalarida yem-xashak uchun ajratilgan donlar zovurlarda yaxshi saqlanadi. Don massasini saqlash zovurlarni germetiklashtirish darajasiga bog’liq.
Namligi yuqori bo’lgan don massasini quritmasdan faqat germetik sharoitda sifatli saqlash mumkin.
Don saqlanadigan omborxonalar ta’rifi.
Saqlash tartibini ta’minlash uchun salbiy ta’sir ko’rsatadigan atrof muxitdan don uyumlarini ximoya qilish, don miqdori va sifatini asossiz yukolishiga yul kuymaslik hamma don tuplamlarining va ayniksa Urug’liklarni saqlashni maxsus omborxonalarda tashkil etish lozim. Don va Urug’lik saqlanadigan omborxonalar don uyumlarining fizik va fiziologik hususiyatlarini inobatga olib kuriladn. Bundan tashtsari, omborxonalarga ko’plab talablar kuyiladi. Jumladan, texnik, texnologik, foydalanish buyicha va iqtisodiy talablar. Shunga kura omborxonalar yogoch, tosh, pint, temir-beton, temir va boshqa xar xil kurilish materiallaridan foydalanib barpo qilinadi. Bulardan foydalanish don omborxonalarini kaysi maksadlarga belgilanganligiga, maxalliy sharoitga, donlarni saqlash muddatiga qarab ham iqtisodiy imkoniyati e’tiborga olinib amalga oshiriladi.
Tosh, gisht va temir-betonlardan foydalanib kurilgan don omborxonalarining issiklik utkazuvchanligini xisobga olib, don uyumlarida sodir bo’ladigan keskin o’zgarishlardan kutilish mumkin. Don omborxonalari yetarli darajada pishik. Va mustaxkam bulishi, polga (taxtaga) tukilgan, devorlarga tirband don uyumi bosimi hamda shamol bosimiga va xokazolarga bardosh bera olishi kerak. Xar taraflama tugri bajarilib barpo qilingan don omborxonalaridan me’yorida foydalanilganda zax bulmaydi, shu boisdan bugdoy omborxonalarida xavoning namligini deyarli yil davomida mu’tadil 60—75 foiz darajasida bemalol ushlab turish mumkin. Bu esa hamma ekim turining bir xildagi namligini 13—15 foiziga tugri keladi.
Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini xar xil kemiruvchilar, kushlar zararkunanda xasharotlar hamda kanalardan yaxshi ximoyalanishini ta’minlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini zararsizlantnrish va changlardan tozalash uchun kulan bulishi, mexnat sarfini kamaytirish maksadida mexanizatsiyalashtirish ishlarini olib borish katta ahamiyat kasb etmokda. Qishloq xujaligida don ishlab chikarish to’liq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsada, ayrim jamoa va fermer xo’jaliklarida donlarga ishlov berishda texnikaga yetarli e’tibor berishmayapti. Don yerga tukilgan xolda va taralarga solib saqlanadi. Yerga tukib saqlash asosiy usul bo’lib kengrok tarkalgan. Don uyumlarini yaxshi tuqiluvchanlik hususiyati ularni xar xil xajmdagi va shakldagi ulkan yashiklarni tuldirishni osonlashtirishga imkon beradi. Don uyumlarn yerga tukib saqlanganda, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib joylashtirish ishlarini to’liq, mexanizatsiyalashtirish mumkin.
Bundan tashqari ko’pchilik omborxonalarning satxi va xajmidan
(sigimidan) samarali foydalaniladi. Bu ishlar arzonga tushadi va idish — tara olishga ortikcha xarajat talab etilmaydi. Birok bir kism Urug’larni taralarda caklashga tugri keladi. Masalan, elita Urug’larni, ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan olingan birinchi renroduktsiyali Urug’lar, makkajuxori Urug’lari zavodlarda ishlov berilgandan sung, texnik va moyli usimliklarning mayda tuqiluvchi Urug’lari hamda ut, efir chikaruvchi ekinlar Urug’lari va poliz-sabzavot Urug’lari koplarda saqlanadi. Koplar pishik, dagal gazlamalardan, ichiga gazlama tukilgan kogoz koplardan hamda kraft-koplardan va boshqa turlardan iboratdir.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə