«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don massasini quruq xolda saqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə38/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don massasini quruq xolda saqlash. Don massasi turlari bo’yicha kritik namlikdan past holda saqlanganda don tarkibidagi barcha tirik komponentlar anabiotik holda bo’ladi, ya’ni modda almashininsh jarayonlari, nafas olish va boshqa barcha fiziologik jarayonlar keskin pasayadi. Don massasi bu usulda saqlanganda xo’jalik ahamiyatga ega bo’lgan barcha ko’rsatkichlari (unuvchanligi, texnologik belgilari) uzoq muddatgacha to’liq saqlanadi. Tashqi sharoit omillaridan yaxshi muhofaza qilinib, tozalanib saqlansa, donlarni omborlarda 4-5 yilgacha, siloslarda 2-3 yilgacha hech qanday qo’shimcha ishlov bermasdan saqlash mumkin.
Bu usulda saqlangan donlarda hamma vaqt kuzatuv ishlarini olib borish tavsiya etiladi, chunki sal qulay sharoit tug’ilsa don tarkibida zararkunanda va turli mikroorganizmlar rivojlanib, don massasining o’z-o’zidan qizishiga olib keladi. Don massasini quruq holda saqlashda havoning namligi juda katta ahamiyatga ega.
Don va dukkakli donlarning namligi 12-14% bo’lganda omborlarda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Moyli ekinlar doni esa tarkibidagi moyning miqdoriga qarab Urug’ning namligi 6-11% bo’lganda yaxshi saqlanadi.
Don massasini qizdirilgan havo, atmosferaning quruq havosi va quyosh nuri yordamida quritiladi. Bundan tashqari don massasi turli xil sorbentlar (xlorli kaltsiy, sulfat, natriy silikagel va boshqa moddalar) yordamida quritiladi. Issiqlik yordamida quritishda vakuum, yuqori chastotali tok, infraqizil nur, namligi sun’iy kamaytirilgan havodan keng foydalaniladi.
Don massasi qaysi usulda quritilishidan qat’i nazar, uning sifat ko’rsatkichlari to’liq saqlanishi lozim. Shu sababli don massasini quritishda uning fizik va fiziologik hususiyatlarini hisobga olish kerak.
Don massasini quritish donchilik xo’jaliklarida tabiiy va sun’iy issiqliklardan foydalanib olib boriladi. Tabiiy usulda quritish quyosh nuri yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda donni quritish o’rta osiyoda keng qo’llaniladi. Donni qo’yoshda quritishda uning yuza qismida joylashganlari obdon quriydi, uning ichki qismdagilari esa yaxshi qurimaydi. Demak donni quyoshda quritishda uning uyum qalinligi muhim ahamiyatga ega ekan. G’alla ekinlari donini quyoshda quritishda uning qalinligi 10-20 sm, dukkakli don ekinlari donini 10-15 sm, tariq doni esa 4-5 sm qalinlikda yoyib qo’yish tavsiya qilinadi.
Donni quritish uchun foydalaniladigan maydonchalar asfaltlangan yoki yog’ochdan pol qilingan bo’lishi lozim. Donni sementlangan yoki brezent to’shalgan maydonlarda quritish tavsiya qilinmaydi.
Quritish maydonchalari janubga qarab biroz qiyalikda bo’lgani ma’qul bo’lib, bunda donning qurishi ancha tezlashadi. Donni quyoshda quritishda uni muntazam ravishda (har 2-3 soat mobaynida) ag’darib turish kerak. Agar donni quyoshda quritish texnologiyasi to’g’ri amalga oshirilsa, uning namligi bir kunda 1-3% ga kamayishi mumkin. Quritiladigan don massasi kechasi albatta uyib brezent va boshqa material bilan yopib qo’yilishi lozim.
Don massasini quyoshda quritish uning pishib yetilish jarayonini tezlashtiradi va saqlashga chidamliligini oshiradi. Don massasi quyosh nurida ma’lum miqdorda sterilizatsiya bo’ladi. Mikroorganizmlar, hasharotlar va kanalar miqdori don massasida keskin kamayib ketadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə