«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə37/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Nazorat savollar
1. Donning naviga izox bering?
2. Uruglarni sifatiga tushuncha bering?
3. Mavsummi iklim sharoiti donlarga ta’sirini izoxlab bering?

  1. Saklashga kabul kilinadigan donning tarkibiga ta’sir kiladigan omillarga izox bering?


  1. Donni saklash korxonalarining turkumlanishini tushuntirib bering?


  2. Donning sifatiga qanday omillar ta’sir etadi?


  3. Don massasini pasayishiga nimalar ta’sir etadi?


  4. Hosilni yig’ib olish sharoitlari haqida so’zlab bering.


  5. Donning shaklanish sharoitlari.


  6. Donning yig’ib olingandan keyingi dastlabki saqlash va uni korxonalarga tashish sharoitlari.




6-MA’RUZA. DON UYUMINI SAQLASH USULLARI VA TARTIBI
Reja:

6.1. Donlarni saqlash tartibi

6.2. Donlarni saqlash usullari.

6.3. Don massasini sovitilgan holda saqlash.

6.4. Don massasini quruq xolda saqlash.

6.5. Don massasini havosiz (germetik) joyda saqlash.

Don uyumlarini saqlash tartibi va usullari
Don uyumlarini saqlash tartib va usullari uziga xos hususiyatlarga asoslangan. Saqlashni muvaffaqiyatli tashkil etishda don uyumining xar birini aloxida hususiyati va ahamiyatini tushunish kamlik qiladi. Ular orasidagi o’zaro bogliklik hususiyatlarini fakat tugri ishlata bilish hamda don uyumi bilan uning atrof muxiti urtasidagi uzaro xarakat ko’prok texnologik va iqtisodiy samaradorliknn ta’minlaydi.
Don uyumlarini saqlash ob’ekti sifatida urganilishi lozim bo’lgan ularning xolati va saqlanishiga ta’sir etuvchi omillar kuyidagilar xisoblanadi:
don uyumining namligi va uning atrof-muxiti;
don uyumi va atrof-muxitning xarorati;
don uyumiga xavoni yetib borishi (uning aeratsiya darajasi).
Ushbu omillar don uyumlarini saqlash tartibi asosida quyilgan. Xozirgi paytda quyidagi saqlash tartibi qo’llaniladi:
don uyumini quruk holda saqlash;
don uyumini sovutilgan holda saqlash;
don uyumini havosiz joyda saqlash.

Don uyumlarini saqlashda uning barqarorligini oshirish uchun saqlash tartibiga zaruriy ravishda qo’shimcha yordamchi tadbirlar qo’llaniladi. Bunday tadbirlarga don uyumini omborlarga joylashtirishdan avval begona aralashmalardan tozalash, faol shamollatish kimyoviy moddalar bilan konservalash, don zararkunandalariga qarshi kurashish hamda kompleks operativ tadbirlarga rioya qilish va boshqalar kiradi.


Turli ekin donlarini qancha muddatgacha saqlash imkoniyatini bilish juda muhimdir. Saqlanish muddatlari don turlariga qarab emas, balki foydalanish soxalariga qarab ham farq qiladi. Donning iste’molga yaroqli bo’lgan don tayyorlashdagi hamma sifat ko’rsatkichlari, unuvchanligi va boshqa hususiyatlarining to’liq saqlanish davriga donning saqlanish muddati deyiladi.

Urug’lik donlarning saqlanish muddati iste’mol uchun foydalaniladigan donlarning saqlash muddatidan biroz qisqa bo’ladi. Urug’lik donlarni saqlanishiga qarab ikki muddatga bo’linadi.


Birinchisi — u biologik saqlanish muddati bo’lib, donning oxirgi saqlanish muddati deyiladi yoki bir dona bo’lsa ham ning unuvchanlik qobiliyatini saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan muddatdir.
Ikkinchisi esa xo’jalik uchun ahamiyatga ega bo’lgan saqlanish muddati bo’lib, don turiga qarab davlat standartlari talabiga javob beradigan, unib chikish qobiliyatini saqlagan muddatga aytiladi.
Bulardan tashqari, donlarda yana texnologik saqlanish muddati ham xisobga olinadi. Bu muddat don uyumining foydalanish soxasiga qarab (iste’mol uchun va texnik maksadlarda) davlat standarta buyicha konditsiya talabiga to’liq javob beradigan muddatdir.
Donning saqlanish muddati ko’pgina omillarga:
botanik turiga, ustirilgan sharoitga, pishish darajasiga, shlov berish sifatiga (tozalash, kuritish) va saqlash sullariga boglik.
Biologik saqlanish muddatlariga qarab hamma ekin donlari asosan mezobiotik va mikrobiotik guruxlarga bo’linadi.
Mezobiotik guruxga unuvchanligi, kukarish qobiliyati bir necha kundan uch yilgacha,
mikrobiotik guruxga kiradiganlari uch yildan 15 yilgacha, yana bir guruxi esa 15 yildan 100 yil va undan uzok muddat saqlanish qobiliyatiga ega bo’lgan donlar kiradi.
Don ekinlarining ko’pchiligi mezobiotik guruxga taalluqli bo’lib, qulay sharoit yaratilganda besh-o’n yilgacha saqlanadi.
Masalan, bugdoy va javdar donlari qulay saqlash sharoitida yetti-un yil saqlangandan keyin ham non tayyorlashdagi sifat ko’rsatkichlari, un chikish miqdorini yukotmaydi va tegirmonda maydalash uchun ishlatiladi. Ayrim tashki sharoit omillari, ya’ni xavo xaroratining tez o’zgarishi va mexanik ta’sirlar donning tezda buzilishiga olib keladi hamda dondan olinadigan mahsulot sifatining pasayishiga ta’sir etadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə