«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-jadval Don massasining tabiiy qiyalik burchagi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə46/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

6.1-jadval

Don massasining tabiiy qiyalik burchagi.

O‘simlik


Tabiiy qiyalik burchagi grad


O‘simlik


Tabiiy qiyalik burchagi grad




-dan

-gacha



-dan

-gacha

Tariq

20

27

Arpa

28

45

No‘xat

24

31

Makkajo‘xori

30

40

Soya

25

32

Kungaboqar

31

45

Vika

28

33

Kanakunjut

34

46

Oziq. Dukkak


29

35

Sholi

27

48

Yasmiq

25

32

Suli

31

54

Zig’ir

27

34

Ajriqbosh


29

45

Javdar

23

38

Esparset

39

57

Bug‘doy

23

38







Jadvaldan ko‘rinib turibdiki nisbatan kattaroq bo‘lgan shunday don massasida ifodalangan bu donlarning sochiluvchanligiga boshqa omillar ham sezilarli ta’sir etadi.


Tabiiy qiyalik burchagining o‘simlik turi va namlikka bog‘liq xolda o‘zgarishi.
Namlik ko‘pgina donlarning sochiluvchanligiga kuchli ta’sir etadi. Namlik ta’sirida donning ishqalanish burchagi hamda koeffitsiyenti ham o‘zgaradi (jadval 6.2)
6.2-jadval.

Donning turi va namlikka boglik xolda don uyumi tabiiy kiyalik burchagini uzgarishi

O‘simlik turi


Don namligi, %


Tabiiy kiyalik burchagi, grad.


O‘simlik turi


Don namligi, %


Tabiiy kiyalik burchagi, grad.


Bugdoy

15,3
22,1

35,0

30,0
35,0

38,0

Suli

14,6
20,7


32,0
41,0


Javdar

11,1
17,8

23,0
34,0


Burilukkak


(lyupin)

12,7
21,2


30,5
30,5


Arpa

11,9
17,8

28,0
32,0


Nuxat

13,0
35,0

27,0
31,5




6.3 jadval.

Turli namlikda donlarning ishqalanish burchagi va

Koeffitsiyenti.

O‘simlik turi


Don namligi,%


Ishqalanish burchagi, grad.


Ishqalanish koeffitsiyenti


Po‘lat yuzada


Randalangan taxtada


Transportyor tasmasida


Po‘lat yuzada


Randalangan taxtada


Transportyor tasmasida


Bug‘doy

13-35

17-35

19-38

25-40

0,306-0,700

0,344-0,781


0,445-0,839


No‘xat

15-35

4-22

5-23

6-27

0,070-0,404

0,087-0,425


0,105
-


0,510


Bahori vika (xashaki no‘xat)


11-35

6-27

6-29

10-36

0,105- 0,510


0,105-0,554


0,176 –
0,726


Soya

13,4-35

6-26

8-27

6-33

0,105-0,488

0,140-0,510


0,105
-


0,650


Ozuqaviy dukkaklar


13-35

5-23

6-26

8-31

0,087-0,425


0,105-0,488


0,140
-


0,600


Donning sochiluvchanligi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u don omborlari, un, yorma va omuxta yem zavodlari, yuklash-tushirish uskunalari va boshqalarni proyekt qilish va ularni ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyatga egadir.


O‘z-o‘zidan saralanish. Ma’lumki saqlashga qabul qilingan don massasi hech qachon bir turli bo‘lmaydi. Uning tarkibida turli ogir va yengil aralashmalar mavjud bo‘ladi, shuningdek donlar bir xilda yetilmagan va 1000 donasining vazni hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Bu esa donni qabul qilishda, ya’ni ombor yoki elevatorlarga joylashtirishdagi to‘kilish jarayonida don ogirligi va tarkibidagi turli aralashmalar miqdori hamda turiga qarab, o‘z-o‘zidan saralanib qolishiga olib keladi. Don massasini tashishda, joylashtirishda va transportyor lentalaridagi xarakatidan turli tebranma ta’sirlar natijasida yengil aralashmalar, gulqobiqli urug‘lar, puch donlar saralanib don uyumining yuqorisiga to‘planib qoladi. Ogir aralashmalar, yirik va to‘liq pishgan ogir donlar(1000 donasining vazni bo‘yicha) uyumning pastki qismiga joylashib qoladi.
Donlarning o‘z-o‘zidan saralanishi ko‘pincha ularni silos elevatorlarga joylashda kuzatiladi

6.4 jadval.

Don massasini silosga joylashtirishda o‘z-o‘zidan saralanishi.

Chiqarish



Hajm ogirligi


g\l

Begona o‘t urug‘lari %


Chiqindi organik fraksiya-lar %


Yengil aralashmalar %


Ezilgan don-lar %


Puch donlar, %


1

704,0

0,32

0,14

0,55

1,84

0,09

2

706,5

0,34

0,04

0,51

1,90

0,13

3

708,5

0,21

0,04

0,36

1,57

0,11

4

705,0

0,21

0,04

0,35

1,99

0,10

5

677,5

1,01

0,65

2,14

2,20

0,47

Bunda yirik va ogir donlar va aralashmalar elevator tubiga tez to‘kiladi. Yengil aralashmalar va donlar sekinlik bilan to‘kiladi. Natijada uyumning ustki qismiga shuningdek havoning uyurma harakati ta’sirida markazdan atrofga tarqalib elevator devorlarida to‘planib qoladi. Bu don hajmiy ogirligining o‘zgarishiga ham olib keladi. Masalan silosning markazida joylashgan suli donining hajmiy ogirligi 1 g\lda 55,2-66,0 kg periferiyasida esa 40,8-44,0 kgni tashkil etadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki elevator devorlari yaqinidagi donlarning namligi ham boshqa qismlardagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bularning barchasi bu joylarda hasharot va mikroorganizmlarning faoliyati uchun qulay muhitni yuzaga keltiradi.
O‘z-o‘zidan saralanish oqibatida don uyumining silos devorlariga yondoshgan qismida ko‘plab puch, yengil, ezilgan donlar, chang, begona aralashmalar va boshqalar to‘planadi. Albatta, bunday yerlardagi don uyumining hajm og‘irligi past bo‘ladi. Misol uchun, suli donining hajm og‘irligi silosning markaziy qismida joylashgan uyumlarning 1g/1 55,2-66,0 kg, periferiyada (silos devorlarida) esa 40,8-44,0 kg ni tashkil etgan.
Ma’lumki, silos devorlaridagi donlarning namligi ham uyumning umumiy namligiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Bularning barchasi turli mikroorganizmlar va kanalarning rivojlanishiga qulay sharoit hozirlaydi.
Don uyumini silos elevatorlarga yuklashdagi o‘z-o‘zidan saralanishni sxematik tarzda 2-rasmda aks ettirilgandek ifodalash mumkin. Bu ayniqsa, donni o‘z oqimi bilan bo‘shatish uslubiga asoslangan omborxonalar uchun maqbuldir.

6.1.-rasm. Don uyumini silos elevatorlarga joylashtirishdao‘z-o‘zidan saralanishi sxemasi.

Donni silos elevatorlardan chiqarishda ham o‘z-o‘zidan saralanish ko‘plab kuzatiladi. Silosdan turli vaqtlarda chiqarib olingan donlarning sifati bir-biridan keskin farq qiladi. Misol tariqasida quyidagi tajriba ma’lumotlarni keltiramiz.


Diametri 6,2m; balandligi 22m bo‘lgan silos elevatordan javdar donini bo‘shatib olishda turli vaqtlarda namunalar olinib o‘rganilgan. Donni bo‘shatishdagi dastlabki vaqt (3,5 soat) oralig‘ida olingan namunalar deyarli farqlanmagan (5-jadval). Bo‘shatish boshlangandan 3,5 soat vaqt o‘tgach olinmalar orasidagi farq sezilarli darajada namoyon bo‘la boshlagan. Donni sifati silosdan bo‘shatish yakunida keskin pasayib ketgan. Buni ayniqsa, oxirgi 30 minutda yaqqol ko‘rish mumkin.


6.5-jadval

Javdar donini silos elevatordan bo‘shatib

olishda o‘z-o‘zidan saralanishi.

Namuna tartib raqami


Namuna olingan vaqt


Hajm og‘irligi g/l


Ezilgan donlar, %


Puch donlar, %


Begona o‘t urug‘lari, %


Yengil organik chiqindilar, %


1

Bo‘shatish boshida

658

0,9

1,1

2,2

0,2

2

30 minut o‘tgach


666

1,8

1,5

1,8

0,7

3

>>1 c

669

1,6

3,4

2,4

0,2

4

>>2>>

658

2,3

3,9

3,5

0,6

5

>>3>>

651

1,3

3,8

2,8

0,4

6

>>3>>30>>

660

3,5

5,0

1,9

1,0

7

>>3>>50>>


654

4,3

4.8

2,7

0,4

8

>>4>>05>>


632

1,8

5,6

4,2

1,1

9

>>4>>20>>


632

1,4

2,9

2,1

0,8

10

>>4>>27>>


576

2,5

13,9

6,5

9,1

11

>>4>>31>>


496

1,7

9,0

11,5

8,4

Silos elevatordan oqib tushayotgan don uyumi sifatining so‘nggi bosqichlarida keskin tushib ketishi xuddi yuklashdagi singari bo‘shatishda ham o‘z-o‘zidan saralanishi bilan tushuntiriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, silos elevatordan tushirishda don uyumining o‘z-o‘zidan saralanishi silosning shakliga, balandligining ko‘ndalang kesimiga bo‘lgan nisbatiga hamda chiqarish teshigining joylashgan o‘rniga bevosita bog‘liqdir.
S.G.Gerasimov o‘z tajribalarida turli silos elevatorlardan quruq bug‘doy doni oqib tushishining uchta holatini asoslab berdi: meyoriy, assimetrik va simmetrik (6.2.-rasm).

Meyoriy oqimda (6.2.-a rasm) birinchi navbatda chiqarish teshigining yuqorisida joylashgan vertikal qatlamdagi donlar oqib tusha boshlaydi. Oqim uzluksiz ravishda yuqorigi yon qatlamlarga tomon siljib boradi. Bunday oqim yuklash va chiqarish teshiklari simmetrik joylashgan, hamda diametri balandligiga mos kattalikda bo‘lgan siloslarda yuzaga keladi. Shuning uchun bunday siloslarning markaziy ustunida joylashgan don uyumi sifati yon tomondagilarga nisbatan ancha yuqori sifatga ega bo‘ladi.


Asimmetrik oqim (6.2.-b rasm) diametri katta bo‘lgan, hamda yuklash va chiqarish teshiklari nosimmetrik joylashgan siloslarda kuzatiladi. Bunday siloslardan donni chiqarishda markaziy ustun bilan bir qatorda unga jipslashgan yon devordagi don uyumi ham oqib tusha boshlaydi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, markaziy ustunning o‘ng tomonga bo‘lgan yuqori bosimi natijasida mazkur tomondagi donlar chap tomonga nisbatan ilgariroq chiqib ketadi.
Simmetrik oqim (6.2.-v rasm) asosan tor siloslarda kuzatiladi. Bunday siloslardan donni tushirishda don uyumi bir tekis pastga harakatlana boshlaydi. Markaziy ustundagi qatlam yon tomonlarga nisbatan bir oz tez harakatlanadi. Don uyumi silosning yarmiga yetganda oqim tobora meyoriylashib boradi.
Rim raqamlarida don uyumi bo‘limlarining oqish navbati aks ettirilgan.
Ko‘pgina mutaxassislarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki donni silosdan chiqarishda faqat bitta markaziy oqim harakatlanadi. Oqimning holatiga donning namligi bevosita ta’sir etadi. Yuqori namlikka ega bo‘lgan donni chiqarishda simmetrik oqim kuzatilmaydi.
Shunday qilib o‘z-o‘zidan saralanish oqibatida omborlarda saqlash uchun joylashtirilgan donning bir jinsliligi buziladi. Bu esa donning qisman yoki butunlay nobud bo‘lishiga olib keluvchi salbiy fiziologik jarayonlarni vujudga keltirishi mumkin. Yetarlicha nazorat bo‘lmaganda fiziologik jarayonlar faol kechib, don butunlay o‘z-o‘zidan qizib qoladi.
Shuni esda tutish lozimki, o‘z-o‘zidan saralanish salbiy fizik xossa bo‘lib, uni yo‘qotishga qaratilgan bara tadbirlar hali-hanuz o‘z yechimini topgani yo‘q. Shuning uchun donning sifat ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, shu bilan bir qatorda namunaning aniq bo‘lishida mazkur fizik xususiyatni e’tiborga olish lozim.
Don massasining g‘ovakligi. G‘ovaklik deganda don uyumidagi donlararo havo bilan to‘lgan bo‘shliq tushuniladi.
Don uyumining g‘ovakligi uni saqlash davrida kechiladigan barcha fiziologik va biologik jarayonlarga ta’sir etadi.
G‘ovaklik faqatgina donning marfologik tuzilishiga yirikligiga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki uning namligi, begona aralashmalar miqdori,qalinligi hamda uning bir tekisligiga bog‘liqdir.
Don uyumining g‘ovaklaridagi havo uyumdagi har birtirik organizmni uzoq muddat havo bilan ta’minlab turadi. Shuningdek bu havo urug‘lik donlarning unish qobiliyatini saqlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Don uyumiining joylashishida zichlik qanchalik kam bo‘lsa g‘ovaklik shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu esa amalda ko‘p joyni talab etadi.
Don uyumidagi g‘ovaklikning hajmi don turi, namligi va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Masalan bug‘doyni 1,2-1,4 2sm3 hajmda zichlaganda uning asl ogirligi shunga muvofiq 730-820 g.l bo‘ladi. Donning zichlanishi bilan natura orasidagi farq g‘ovaklik hajmini aniqlaydi. Shunday qilib, donning g‘ovakligi oraligidagi hajmi don uyumini egallagan umumiy hajmga nisbatan belgilanadi. Don uyumi g‘ovakligini (S) quyidagi formula bilan topish mumkin.
bu yerda: W- don uyumining umumiy hajmi, ml;
V-don uyumi qattiq jismlarining haqiqiy hajmi; ml.
G‘ovaklikni shuningdek, quyidagi formula yordamida ham aniqlash mumkin:
Bu yerda,t-don massasining zichligi, g/ml
Don uyumining ichida yirik va mayda donlar aralash bo‘lsa, don uyumi zich joylashib, g‘ovaklik nisbatan kichik bo‘ladi, donlar yirik-maydaligi bir tekis bo‘lsa, shuningdek yumaloq hamda po‘sti notekis bo‘lgan donlarda g‘ovaklik nisbatan yuqori bo‘ladi (6.6 jadval). Don uyumida namlik qanchalik ko‘p bo‘lsa, to‘kiluvchanlik shuncha qiyinlashadi va uyumning zichligi oshadi.
Bu hol don uyumi g‘ovakligining kamayishiga olib keladi. Donlarning saralanishi don uyumi g‘ovakligining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi,hosil bo‘lgan farq shamollatish, quritishda turli qavatlarda havoning notekis taqsimlanishiga olib keladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə