«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə43/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Urug’lik donlarni saqlash.
G’alla ekinlarining Urug’lari saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. Qishloq xo’jaligini sifatli Urug’ bilan ta’minlashda uni saqlash muhim tadbirdir. Eqiladigan g’alla Urug’lari uchun davlat standarti belgilangan.
Birinchi va keyingi reproduktsiya Urug’lari nav tozaligiga ko’ra uchta darajaga ajratiladi. Urug’lik ekilgan maydonlardagi Urug’ning nav tozaligi ko’rsatmaga asosan aniqlanadi.
Agar Urug’ning nav tozaligi 99,5% bo’lsa, ular birinchi, 98 va 95% bo’lsa ikkinchi va uchinchi kategoriyaga ajratiladi. Elita Urug’larining nav tozaligi 99,7% bo’lishi lozim.
G’alla ekinlari Urug’ining sifat ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Asosiy Urug’ miqdori (tozaligi), ifloslanganligi va unuvchanligi. Mana shu ko’rsatkichlarga qarab Urug’lar turli klasslarga ajratiladi.
Urug’ning muhim amaliy ahamiyatga molik sifat ko’rsatkichi uning unuvchanligi hisoblanadi. Urug’ning ekish me’yori va Urug’ sarfi, uning unuvchanligiga qarab belgilanadi. Ko’pgina don Urug’lari uchun unuvchanlik darajasi klasslar bo’yicha 95, 92 va 90% qabul qilingan. Urug’lik uchun qabul qilingan standartlarda ifloslanganlik me’yori ham berilgan. Bunda 1 kg Urug’da boshqa ekinlar Urug’i, shu jumladan begona o’simliklar Urug’larining soni ham hisobga olinadi. Standartda kasallangan Urug’lar miqdori ham hisobga olinadi.
Urug’lik donning namligi ham standart talablariga javob berishi kerak. O’zbekistonda don Urug’ining namligi barcha klasslarda 14% qabul qilingan.
Maxsus jihozlangan Urug’lik don saqlaydigan davlat tashkilotlarida don sotishgacha aniq belgilangan sharoitlarda saqlanib, uning unish hususiyatini faqatgina saqlashga erishibgina qolmasdan, balki birmuncha yaxshilanadi hamda ekishga tayyorlash jarayonlarini ham o’tkazish imkoniyatlariga ega bo’linadi.
Urug’lik donlari saqlashda uning unuvchanligi bilan nav tozaligiga e’tibor berish talab etiladi. Bu donlar qaerda saqlanishidan qat’i nazar, ya’ni xo’jaliklarda yoki davlat don saqlaydigan tashkilotlaridami shu ko’rsatkichlarni davlat standarti talabiga to’liq javob beradigan darajada saqlash imkoniyatini yaratish lozim.
Saqlash davrida Urug’lik don unuvchanligining kamayishi xo’jalik uchun juda qimmatga tushadi, ya’ni ekish me’yorining oshishiga va g’alla ekinlari hosildorligining keskin kamayishiga olib keladi.
Donni saqlash davrida o’tkaziladigan texnologik jarayonlarning sifatli o’tkazilishi ham donning unuvchanligiga kuchli ta’sir etadi. Donni quritishda uning biologik hususiyatlariga, dastlabki namligiga, fizikaviy xossalariga va boshqa bir qancha ko’rsatkichlariga e’tibor berilmasa Urug’ning unuvchanligi pasayadi.
Urug’lik donlarni saqlashda sifat ko’rsatkichlaridan unuvchanligiga qarab 3 ta partiyaga bo’lamiz. Bu partiya Urug’lik donlarni saqlashni to’g’ri tashkil etish bir-biridan farq qiladigan bir qator ko’rsatkichlarga ega.
Birinchi partiyaga kiradigan Urug’lik donlarning unuvchanligi yuqori bo’lib, davlat standarti talabi bo’yicha birinchi klassga taalluqli bo’ladi. Bu Urug’lik donlarni saqlashda asosiy e’tiborni Urug’ning dastlabki unuvchanligini to’liq saqlashga qaratiladi.
Ikkinchi partiyaga kiradigan Urug’lik donlarning unuvchanligi birmuncha past bo’lib, bunday donlarni saqlash qulay sharoit yaratish, ya’ni qayta yetilish jarayonining o’tishi bilan unuvchanligini birmuncha yaxshilashga erishishdan iboratdir.
Uchinchi partiyadagi donlar unuvchanligi juda past darajada bo’lganligi sababli, Urug’lik uchun yaroqsiz hisoblanib, boshqa sohalarda foydalanish to’g’risida aniq bir ko’rsatma berilishi lozim.
Urug’lik donlarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda tahlil uchun olinadigan namunalarni juda aniqlik bilan, ya’ni davlat standartida ko’rsatilgan qoida bo’yicha olish talab etiladi. Chunki don massasining yuqori qismidagi don uning ko’pgina ko’rsatkichlari, ya’ni unuvchanligi, namligi, zararlanish darajasi bo’yicha ma’lum don partiyasi uchun umumiy ko’rsatkich bo’la olmaydi.
Urug’lik donlarni quritilgan, tozalangan hamda sovitilgan holda saqlash tavsiya etiladi, chunki donning namligi kritik namlikda bo’lsa, unda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar susayadi. Bu esa don unuvchanligini to’liq saqlashga olib keladi. Umuman Urug’lik donning namligi saqlash davrida kritik namlikdan 1-1,5 % past bo’lishi lozim.
Urug’lik donlarning unuvchanligini to’liq saqlash uchun donni yig’ishtirgandan so’ng tezda tozalab, quritish lozim. Bunda turli xil mikroorganizmlar hamda zararkunandalar rivojlanishining oldi olanadi. Donni quritmasdan kuchli sovitish qat’iy man etiladi, chunki bunda uning faqatgina unuvchanliga emas, balki texnologik ko’rsatkichlari ham keskin pasayadi. Masalan, boshoqli donlarning namligi 18-20 foizdan yuqori bo’lsa, 10-20s sovuqda saqlanganda uning sifati, unuvchanligi keskin pasayadi.
Urug’lik donlarni yig’ishtirib olishda, saqlashda va ishlov berishda barcha ishlarni davdat standarti talabi bo’yicha amalga oshirish lozim, aks holda Urug’lik donlarning sifat ko’rsatkichlari keskin pasayadi. Bu esa donli ekinlarning hosildorligiga va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
G’alla ekinlarining Urug’i omborlarda to’qilib yoki qoplarga solinib saqlanadi. Bir partiyaga mansub don xo’jalikda juda ko’p miqdorda bo’lsa, ular omborlarga to’qilib saqlanadi. Urug’liklar maxsus Urug’ ombordarida, elita va birinchi reproduktsiya Urug’lari qoplarda saqlanadi.
Har bir partiya Urug’lari qoplarga alohida solinib terib qo’yiladi. Qoplar ikki, uch va besh qator qilib joylashtiriladi.
Uyum balandligi, qoplarni joylashtirish balandligi ekinning turi, Urug’ning namligi va saqlanish muddatiga qarab o’ztaradi.
Namligi yuqori bo’lgan Urug’lar albatta faol ventilyatsiyali omborlarga joylashtiriladi.
Saqlashga qabul qilingan har bir partiya Urug’ning og’irligi aniqlanadi, nomerlanadi va Urug’larni hisobga olish daftariga yozib qo’yiladi. Har bir don uyumiga yoki joylashtirilgan qoplarga ma’lum o’lchamdagi yorliq osib qo’yiladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə