«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Almashinuvchi energiya va oziq birliklari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə222/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Almashinuvchi energiya va oziq birliklari. energiya almashinuvining manbai sifatida oziq bilan hayvon organizmiga qabul qiluvchi uglevodlar, yoglar va proteinlar hisoblanadi. energiya almashinuvining miqdori ratsiondagi asosiy to`yimli moddalar, ularning hazm bo`lish va uzlashtirish nisbatiga va kontsentratsiyasiga bog`liq bo`ladi.
CHorva mollarini oziqlantirishning yangi normalarida ularning energiya almashinuviga bo`lgan ehtiyoji bilan birgalikda vaqtincha energiyani suli oziq birligida normalashtirish ham koldirilgan.


Protein. Hayvonlarni to`yimli oziqlantirishda protein juda katta ahamiyatga ega. Har bir tirik organizmning asosiy tarkibiy qismini oqsillar tashkil etadi.hayvonlarning tiriklik faoliyati ular organizmida oqsil moddalarning vujulga kelishi va parchalanishi bilan bog`liq bo`ladi. Sigirlar uz tanasi oqsilini va so`t oqsilini vujudga keltirish uchun oziq bilan etarli miqdorda oqsil ham qabul qilishlari lozim. Proteinlar deb nomlangan oziq oqsilining sifati turlicha bo`ladi.
Ho`l protein tarkibida oqsillar va amidlar, ya`ni oqsil harakteriga xos bo`lmagan azotli birikmalar mavjud bo`ladi. Oziqlarda aminokislotalar faqat oqsil tarkibida uchramasdan, balki erkin holatda ham uchraydi. erkin aminokislotalar zootexnika analizi bo`yicha amidlarning shartli gruppalariga kiradi.
Ayrim aminokislotalar almashmaydigan bo`lib hisoblanadi, ya`ni oziqalarda ular urnini boshqalari koplay olmaydi va ularning yetishmasligi hayvonlar mahsuldorligining pasayishiga modda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Almashmaydigan aminonokislotalarga lizin, triptofan, gistidin, leytsin, izoleytsin, fenilalanin, treonin, metionin, valin, arganin kiradi. Bu kislotalar hayvon organizmida boshqa azotli moddalardan hosil bo`lmaydi. Ular hayvonlar organizmiga faqat oziq bilan qabul qilinadi. Bu aminokislotalarga kam miqdorda yoki umuman ega bo`lmagan proteinlar to`liqsiz qiymatli, deb nomlanadi.
Ba`zi aminokislotalar, masalan glitsin, serin, tsistin, prolin, tirozin esa hayvon organizmida oziq bilan qabul qilingan azotli birikmalardan hosil qilishi mumkin.
Kavsh qaytaruvchi mollarda almashmaydigan aminokislotalar mikroorganizmlar tomonidan old oshkozonda hosil qilinadi. SHuning uchun ham bunday hayvonlar oshkozon bilan kamerali hayvonlar va parrandalarnikiga nisbatan protein sifatiga kam ta`sirchan bo`ladi. Sermahsul qoramollarning ovqatlanishida metionin, triptofan va lizining ahamiyati nixoyatda kattadir. Cho`chqalarni oziqlantirishda lizin va metionin miqdorini tsistin bilan normalashtirish lozim.
Erkin aminokislotalardan tashqari amidlar gruppasi tarkibiga azot saklovchi glyukozidlar, aminokislotalarning amidlari, organiq asoslar, nitratlar va ammiak tuzlari kiradi. Amidlarning to`yimliligi turlichadir. Aminokislotalar to`yimliligi bo`yicha oqsillarga yaqin tursa, ular amidlarining to`yimliligi esa past bo`ladi. YAshil, silos va ildizmevali oziqlarda protein umumiy miqdorining 25 – 30 protsenti va undan ko`progi amidlar xissasiga to`g`ri keladi, omixta yemlarda esa protein asosan oqsillarga iborat bo`ladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oziqning azotli moddalarini uzlashtirishda katta korin va undagi bakteriya va infuzoriyalarning roli kattadir. Bu mikroorganizmlar oziqlanish uchunt hayvon ovqatidagi azotli moddalardan, uglevodlardan va mineral moddalardan foydalanishadi. SHuni ham aloxida kayd qilish kerakki, bakteriyalar azotli moddalardan ammiakni uz tanasining oqsilini hosil qilish uchun foydalanishadi.
Xalok bo`layotgan bakteriyalar ximusga kushilib oshkozonga va ichakka tushadi va parrchalanmagan oziq proteini bilan birgalikda hazm bo`ladi.
Ba`zi hollarda ammiakning ma`lum qismini bakteriyalar uzlashtira olmaydi va bunda ammiak katta korin devori orqali konga suriladi. Jigarda bu ammiak mochevinaga aylanadi va ma`lum vaqt buyrakda ushlanib turgandan keyin siydik bilan tashqariga chiqariladi. Bundan tashqari, mochevinining ma`lum qismi sulak bilan ajratiladi.
Ammiakning katta korinda hosil bo`lishi ko`p omillarga: ratsiondagi protein miqdoriga, oqsilli va oqsilsiz azot nisbatiga, azotli moddalarning eritish darajasiga, azotli moddalarning va yengil hazm bo`luvchi uglevodlarning nisbatiga bog`liq. Kand va kraxmalning etarli miqdorda bo`lishi mikroorganizmlar faoliyatini tezlashtiriladi.
Qishloq xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishning yangi normalarida ularning xom va hazm bo`luvchi proteinga bo`lgan ehtiyoji hisobga olingan.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə