«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-Amaliy mashg’ulot Un va boshqa mahsulotlar chiqishini hisoblash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə220/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

15-Amaliy mashg’ulot Un va boshqa mahsulotlar chiqishini hisoblash.
Donning texnologik xossalarini tayyor mahsulotning chiqishi va sifati ob’ektiv baholaydi. Bu ko‘rsatkichlar har xil omillar ta’sirida ancha o‘zgaradi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: donning yirikligi, donning to‘laligi, endospermning (mag‘izning) nisbiy miqdori, namlik va boshqalar.
Yirik donda mag‘izi ko‘proq, qobig‘i yupqa va kamroq bo‘ladi. Mayda donda aksincha, shuning uchun mayda don tarkibida kletchatka, gemitsellyuloza, kulchanlik va oqsil miqdori ko‘proq bo‘ladi. Un tortishda mayda dondan un kam va sifati past chiqadi. Yirik donning qobiqlari engil ajraladi, un va oraliq mahsulotlar ko‘proq chiqadi.
Javdar donidan un tortishda (70% li) unning chiqishi va kuldorlik ko‘rsatkichiga donning yirikligini ta’siri 6.1 – jadvalda keltirilgan.
20.1. – jadval
Javdar donining unboplik xossalari

Don partiyasi


Donning yirikligi bo‘yicha fraksiyalari


Unni chiqishi, %


Unning kulchanlik ko‘rsatkichi, %


Texnologik ko‘rsatkich, K= I % / Z %



1 chi

2a -2,5x20 elak qoldig‘i


63,7

0,88

72




64,3

0,94

68

2a - 2,2x20 elakdan o‘tgan

61,8

1,09

57

2 chi

2a -2,5x20 elak qoldig‘i


65,8

0,84

78




65,6

0,86

76

2a - 2,2x20 elakdan o‘tgan

65,3

1,08

60

Birinchi don partiyasida javdar donini mayda fraksiyasidan un tortishda unning chiqishini kamayishi va kulchanlikni ko‘payishi sezilarli darajada bo‘lyapti. Ikkinchi don partiyasida unning chiqishi o‘zgarmay, unning kulchanligi juda tez oshyapti. Ikkala don partiyasida ham mayda don fraksiyasining unboplik xossalarini sezilarli darajada yomonlashgani kuzatilmoqda. Buni texnologik ko‘rsatkich qiymatlarining pasayishi ko‘rsatib turibdi.
YOrma ishlab chiqarishda donlarning texnologik xossalariga don yirikligi juda katta ta’sir qiladi, asosan donlarning qobig‘ini ajratish va mag‘izni silliqlash jarayonlari samaradorligiga.
SHoli donining qobig‘ini ajratish samaradorligiga donni yirikligi bo‘yicha aylana teshikli elaklarda saralashning ta’siri 6.2– jadvalda keltirilgan.
20.2. – jadval
Har xil yiriklikdagi sholi doni fraksiyalarining qobig‘ini ajratish samaradorligi ( Kuban – 3 navi).

Yiriklik fraksiyalari (elakda qol-gan) don


Butun mag‘izning chiqishi, %


Koeffitsientlar


qobiq ajratish


Eq.A , %


mag‘izning butunlik


Eb.m , %


texnologik samaradorlik


E, %

Ø 4,0 mm


87,2

100

0,96

96,0

Ø 3,6 mm


83,7

99,8

0,95

95,7

Ø 3,4 mm


82,3

99,6

0,95

94,6

Ø 3,2 mm


80,7

99,4

0,94

93,4

Ø 3,0 mm


78,6

99,3

0,93

92,5

Fraksiyalarga ajratilmagan boshlang‘ich don


78,6

100

0,95

95,4


6.2 – jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sholi donining yirikligini kamayishi bilan butun mag‘izning chiqishi va qobiq ajratish jarayonining texnologik samaradorligi kamaymoqda.
Donning texnologik xossalariga namlik sezilarli ta’sir qiladi. 70 % li un tortishda don namligini unning kulchanligi va solishtirma energiya sarfiga ta’siri 6.1 – rasmda keltirilgan. Un tortishdan oldin bug‘doy doni namligini ko‘payishi bilan unning kulchanligi kamayadi. Ammo don namligini ko‘payishi un tortish uchun solishtirma energiya sarfini ko‘payishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bunda donning texnologik xossalari ancha yomonlashadi.
20.1.– rasm I – tipli bug‘doyning texnologik xossalariga don namligini ta’siri: 1-unning kulchanligi; 2-solishtirma energiya sarfi; 3- nonni hajmiy chiqishi.
20.2.- rasm. SHoli doni namligini silliqlangan yormaning chiqishiga ta’siri:
SHoli donining boshlang‘ich namligini silliqlangan guruch yormasining chiqishiga ta’siri 6.2-rasmda keltirilgan. Namlik 15 % dan oshganda sholi donining texnologik xossalari yomonlashadi, ya’ni yormaning umumiy chiqishi kamayadi. Bu sholi endospermi konsistensiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, namlikni oshishi bilan endospermning mustahkamligi kamayadi. Natijada sholi donining qobig‘ini ajratish va silliqlashda mag‘iz maydalanadi va butun yormaning chiqishi kamayadi.

1. Donning texnologik xossalari qanday aniqlanadi?


2. Donning texnologik xossalariga donning qaysi sifat ko‘rsat­kichlari ta’sir qiladi?
3. Dondan olinadigan un va yormaning chiqishiga qaysi omillar ta’sir qiladi?
4. Un va yormaning sifat ko‘rsatkichlariga donning qaysi ko‘rsatkich­lari ta’sir qiladi?
5. Un va yormaning chiqishiga donning sifat ko‘rsatkich­lari qanday ta’sir qiladi?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə