«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə224/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Yog`lar. Oziqlar zootexnika aniliz qilinganda ulardagi xom yog` ham aniqlanadi. Xom yog`ga xakikiy yog`dan tashqari mum, xlorofill, smola (o`simlik shirasi), rang beruvchi moddalar, organiq kislotalar, fosfatitlar, sterin va boshqa birikmalar kiradi. Yog`lar tarkibida turlicha birikuvda uglorod, vodorod va kislorod bo`ladi. Yog`lar tarkibida boshqa to`yimli moddalarga nisbatan kislorodning kam va uglerod hamda vodorodning ko`pligi tufayli ular oksidlanish jarayonida uglevodlarga nisbatan 2,25 marta ko`p energiya ajratadi. SHuning uchun ham yog`lar yuqori kaloriyaga egadir.
Yog`larning roli faqat ularning energiya qiymati bilan chegaralanib kolmaydi. Yog`lar struktura ashyosi sifatida xujayralarning protoplazmasi tarkibiga kiradi. Ayrim yog` kislotalari (linol, araxidon, linomen) hayvonlarning o`sish va rivojlanishida, modda almashinuvi protseslarining normal kechishi uchun zarurligi tufayli ular tomonidan oziqa bilan birga qabul qilinishi shart. Oziq yog`ining o`rtacha miqdori hayvonlarning yaxshi ishtaxasi, ovqat hazm bo`lishi va ichakka surilishini normallashtirish uchun muhimdir. Ovqat yog`i bilan birga organizmga yog`da eruvchi vitaminlar qabul qilinadi.
Oziqlarda yog`ning yetishmasligi tufayli hayvonlar organizmi yog`da eruvchi A.D.E.K vitaminlari tanqisligiga uchraydi.
Mineral moddalar. Mineral moddalr energetik qiymatga ega bo`lmasalarda chorva mollarini oziqlantirishda juda katta ahamiyatga ega. CHunki ular organizmda o`tayotgan modda almashinuvining barcha jarayonlarida aktiv ishtirok etadilar.
Hayvonlarni maqsadga muvofiq oziqlantirishni tashkil etishda ratsiondagi kal’tsiy, fosfor, natriy, xlor, magniy kaliy, oltingugurt, temir, rux, marganets, mis, kobal’t, yod miqdorini normalashtirish lozim. Ayrim hollarda esa ratsiondagi ftor, brom, selen, molibden miqdorini ham hisobga olish shart. Bundan tashqari, keyingi yillarda tashqi muhitning ifloslanishi va qo`shimcha oziqa ishlab chiqarishda ximik va mikrobiologik texnologiyaning qo`llanilishi tufayli ratsionlagi simob, qo`rg`oshin, strontsiy miqdorini ham hisobga olish muhim ahamiyatga kasb etmoqda.
Hayvonlarni to`la qiymatli oziqlantirishni tashkil etishda mineral moddalarning bir – biri bilan va boshqa ovqatlantirish omillari bilan murakkab aloqada ekanligini ham hisobga olish lozimdir. Kal’tsiy, fosfor va magniy o`rtasida, rux bilan mis, kaliy bilan magniy, natriy bilan kaliy, mis bilan temir, oltingugurt, mis bilan molibden o`rtasida juda yaqin bog`liqlik borligi aniqlangan.
Hayvonlarning mineral moddalarga bo`lgan ehtiyoji juda ko`p omillarga, avvalo ayrim elyementlarning almashinuv jarayonida bir – biriga munosabatiga, ularning surilish va ajratilish darajasiga, organizmda tuplanish miqdoriga bog`liq bo`ladi.


Vitaminlar. Vitaminlar organizmning normal faoliyatini ta`minlash, hayvonlarning soglom o`sishi, ularning yuqori mahsuldorligi va qayta ishlab chiqarish funktsiyalari faoliyatini normallashtirish uchun juda zarur hisoblanadi. CHorvachilikni jadal rivojlantirishda vitaminlarning roli ayniksa kattadir. Agar ratsionda biron bir vitamin yetishmasa, mollarning mahsuldorligi pasayadi va ular organizmida modda almashinuvining buzilishi kuzatiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni oziqlantirishda karotin, vitamin A (renitol), D (kal’tsiferol), E (tokoferol) normallantiriladi. Cho`chqalarni vitaminli ovqatlantirishni normallashtirishda vitamin A (renitol) eki karotin, D2 (ergakal’tsiferol) E (tokoferol’), V1 (tsiamin) V2 (riboflavin), V3 (pantoten kislotasi), V4 (xolin), V5 (nikatin kislotasi), V12 (tsianokobalamin), muhim ahamiyatga egadir.
Parrandalarni oziqlantirishda yuqoridagi vitaminlardan tashqari ratsion qo`shimcha ravishda K (naftoxinon), V6 (pirodoksin), Vs (foliy kislotasi), S (askorbinka kislotasi), va V7 (biotin kislotasi) vitaminlari bilan ham normallashtiradi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə